Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

 
1-masalaning  bayoni:  Etnomadaniyat  har  doim  nihoyatda  muhim  mavzu 
bо‗lib  kelgan,  bundan  keyin  ham  uning  dolzarbligi  oshib  boraveradi.  Chunki,  u 
millat mavjudligining asosi, uning bugungi va istiqbolini ta‘minlaydigan ma‘naviy 
boylik hisoblanadi. 
Ayniqsa,  mustamlaka  va  qaramlik  azoblarini  о‗z  boshidan  kechirgan, 
etnomadaniyati  toptalgan  xalqimiz  uchun  uni  о‗rganish,  hali  yuzaga  chiqmagan 
imkoniyatlarini 
ochish, 
ommaviylik 
darajasiga 
kо‗tarilmagan  jihatlarini 
xalqimizga,  ayniqsa  yoshlarimiz  ongi  va  qalbiga  singdirish  milliy  tiklanishimiz 
jarayoni  ketayotgan  bugungi  kunda  uning  dolzarbligini  yana  ham  oshirib 
bormoqda.  Chunki,  ana  shunday  sharoitda  milliy  mentalitetimizni  zо‗ravon 
kommunistik  g‗oyalar  asosida  о‗zgartirish,  uni  mazmun  yagona,  shaklan  ―milliy‖ 
bо‗lgan  g‗ayri  ilmiy  va  g‗ayri  milliy  ―ma‘naviyat‖  asosida  rivojlantirishga 
qaratilgan siyosatning olib borilishi oqibatida etnomadaniyatimiz zaiflashdi, milliy 
urf-odat,  an‘ana,  qadriyat,  udum  va  marosimlarimiz  toptaldi,  millatimiz  ulardan 
nafaqat  mahrum  etildi,  shuning  bilan  birga  ulardan  uzilib  qoldi  va  buning 
natijasida millatimiz ongi va qalbida ―begonalashuv‖ ruhiyatini shakllantirish ham 
amalga oshirildi. 
Prezidentimiz  Islom  Karimov  mazkur  jarayonlar  haqida  shunday 
yozadi:―...biz  boshimizdan  kechirgan  sobiq  mustabid  tuzum  davrida  milliy 
ma‘naviyatimizni  rivojlantirishga  mutlaqo  yо‗l  qо‗yilmagan.  Aksincha, 
xalqimizning  tabiati,  yashash  tarziga  yot  bо‗lgan  kommunistik  mafkurani  har 
qanday yо‗llar va zо‗ravonlik bilan joriy etishga harakat qilishgan‖
6

Mamlakatimiz 
о‗z 
mustaqilligini 
qо‗lga 
kiritgandan 
keyingina 
millatimizning  ana  shunday  mustabid  yillarida  toptalgan  etnomadaniyat 
salohiyatimizni  qayta  tiklash,  milliy  mentalitetimizni  uning  boy  sarchashmalari 
bilan boyitish borasida yangi imkoniyatlar yuzaga keldi. 
Oliy o‘quv yurtlarida o‘tiladigan Etnomodaniyat fani yuqorida dasturulamal 
sifatida  qoyilgan  ulkan  vazifalarni  bajarishga  qaratilgan.  Bu  fan  asoslarini 
insonshunoslik  fanlariga  tayangan  holda  o‘rganamiz.  Yoshlarning  umuminsoniy 
dunyoqarshlarini  shakllantirish,  ma‘naviy-ma‘rifiy  faoliyatlarini  yuzaga  chiqarish 
kabi  omillarni  ilmiy  jihatdan  tadbiq  etib,  yoshlarni  Istiqlol  g‘oyalari  asosida 
tarbiyalash vazifasi yotadi. 
                                                                 
6
 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent: Ma‘naviyat, 2008. – 4-5 b. 


Demak,  Etnomadaniyat  fani  asoslariga  kirish  uchun  biz  xalqimizning  uzoq 
o‘tmish tarixiga e‘tibor berishimiz zaruratdir. Etnomadaniyat atamasi ikki iboradan 
tashkil  bo‘lib:  etno  va  madaniyat  so‘zlari  qo‘shilmasidir.  Etno  -yunon  so‘zi-elat, 
xalq  demakdir  va  shu  bilan  birga,  ma‘lum  bir  elat  yoki  xalqqa  bo‘lgan  ishora, 
ko‘rsatuv. Bu ibora biror xalqning kelib chiqishi (etnogenez)ni ifodalaydi. Bunday 
tarzda  biz  o‘zbek  xalqining  kelib  chiqishi,  uning  etnogenezi  (urug‘chilik, nasl)  ni 
tushunishimiz  kerak. Shu  bilan  bir  vaqtda  etno  iborasi  ko‘pchilik  ilmiy  -nazariy 
manbaalarda:  Etnografiya  -xalqlarning  kelib  chiqishi,  turmushi,  moddiy  va 
ma‘naviy  madaniyatini  o‘rganadigan  fan  sifatida  bo‘lib  biror  xalqning  turmushi, 
madaniyati  va  urf-odatlariga  xos  bo‘lgan  xususiyatlarini  ham  ko‘rsatadi.  Etnonim 
tushunchasi  ham  mavjud,  bu  xalq  nomi  yoki  xalq  nomini  ifodalovchi  so‘z 
sifatidagi  atamadir.  Bu  so‘zni  yanada  mukammallashtirish  maqsadida  Etnonimka 
iborasi  ham  ishlatilib  leksikologiyaning  xalq,  qabila  hamda  urug‘chilik  nomlarini 
o‘rganishga  qaratilgan  bo‘limiga  aytiladi.  Etnograf  iborasini  ham  biz  kundalik 
o‘quv  jarayonida  qo‘llaymiz  va  bu  iborada  biz  etnografiya  fani  boyicha  faoliyat 
ko‘rsatadigan  mutaxassisni  tushunamiz.  E‘tiboringizni  etnografiya  va  folklor 
faniga qaratib u:  
1. Xalqlarning kelib chiqishi, turmushi, moddiy va ma‘naviy madaniyatini;  
2.  Og‘zaki,  yozma  hamda  musiqiy  ijodini  o‘rganadigan  fan  ekanligini 
tushunamiz. 
Shunday  qilib,  biz  yuqoridagi  ta‘riflarga  qaritilgan  barcha  ilmiy-  tarixiy 
asoslarga tayangan holda Etonomadaniyat fani asoslarini quyidagicha izoxlaymiz. 
Binobarin,  fanni  to‘laligicha  o‘zlashtirish,  uning  nazariy  va  tarixiy-ilmiy 
asoslarini izohlash uchun bu fanni bilim tizimi ekanligini o‘rganib chiqishni taqozo 
etadi.  Vaxolanki,  bu  fanni  o‘rganib  unga  izox  berilganda  uning  madaniy  tarixiy 
jarayon  mazmuni,  tarixiy  takomili  va  ashyoyu-dalillari,  nazariy  hamda  amaliy 
(hayotiyligi  nuqtai  nazaridan)  qonuniyati  va  uslublari  asosida  taraqqiy  etishi, 
ijtimoiy-moddiy, 
ma‘naviy-ma‘rifiy 
saloxiyati, 
milliy 
etnik 
/genezi/ 
munosabatlaridagi o‘rni, madaniy aloqalar hamda umumbashariy va umuminsoniy 
qadriyatlardagi  xususiyati,  ijtimoiy  taraqqiyotdagi  o‘rni  kabi  serqirra  tomonlariga 
asosiy e‘tibor qaratiladi. 
Fanning  ilmiy  -  nazariy  sifatlari  va  boshqa  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  bilan 
aloqadorligi. 
Etnomadniyat fani bilimlar tizimi ekanligini har tomonlama isbotlash uchun 
quyidagi masalalarni yortishni taqozo etadi: 
- Etnomadaniyat fani gumanitar fanlar bilan uzviy aloqadadir. 
U  falsafa,  etika,  estetika,  sotsiologiya,  tarix,  psixologiya,  etnografiya, 
folklor,  musiqa,  tasviriy  san‘at,  arxitektura,  dinshunoslik,    pedagogika  hamda 
adabiyotshunoslik kabi fan asoslari bilan hamkorlikda olib boriladi. 
Etnomadaniyat  quyidagi  tamoyil  va  sifatlarni  yoritishni  o‘zida  aks  ettiradi: 
- etnomadaniyat tarixiy jarayon sifatida tarkib topib davrlar mobaynida ma‘lum bir 
yutuq 
va 
kamchiliklarni 
o‘zida 
namoyon 
bo‘lganligini; 
-  etnomologik  sifat  masalasida  jamiyat  ma‘anaviy-madaniy  hayotini  avloddan-
avlodga 
etkazib 
uning 
kelajagi 
uchun 
zamin 
yarata 
olganligini; 
-  o‘tmish  madaniyatni  ongli  ravishda  o‘rganish,  uni  o‘rganib  olmasdan  turib 


madaniy  merosni  yangi  jamiyat  farovonligi  yo‘lida  qo‘llashga  asos  bo‘lmasligini; 
-  diniy,  islomiy  merosni  chuqur  o‘rganish,  uning  milliy  ma‘naviyat  va 
madaniyatning oliy sifati ekanligini; 
-  Markaziy  Osiyo  xududi  moddiy-ma‘naviy  madaniyatning  shakllanish  va 
araqqiyot markazi ekanligini; 
-  Markaziy  Osiyo  xalqlari  ma‘naviyatining  tarixiy  tarqqiyoti  va  uning 
mohiyatini to‘g‘ri tushunishni; 
- Sharq xalqlari ma‘naviy madaniyatining asosiy tub negizlarini to‘laligicha 
(tadqiqotlar asosida) o‘rganish kabilarga e‘tibor qaratadi. 
Albatta yuqoridagi sifat va tamoillarni har tomonlama o‘rganish va kundalik 
faoliyatga  tadbiq  etish  maqsadida, 
birinchidan
,  ajdodlarimizning  tarixiy 
evalyutsiya  davrlarida  qo‘lga  kiritgan  yutuqlarini; 
ikkinchidan
,  xalqimizning 
madaniy-ma‘rifiy  merosi,  milliy  qadriyatlari,  urf-odatlari,  rasm-rusumlarini; 
uchinchidan
,  xalqimizning  axloq-odob  saboqlaridan  namunalarni  mukammal 
o‘zlashtirishdir. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling