Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

bayrami",  "Mehnat  bayrami"  uchun  zamin  yaratilgan.  Bunday  xol  insonning 
tabiatga  bo‘lgan  karamligiga  chek  qoyib,  "Yashash  uchun  kurash"  shiori  - 
mehnatning  natijasida  vujudga  keldi.  Bunday  xolat  mehnat  natijasi  yutuqlarini 
namoyon  etib  inson  madaniyati  va  san‘atini  rivojlantirish  uchun  zamin  yaratgan. 
Chunonchi,  bunday  mehnat  va  hosil  bayramlari  jarayonlarida    turli  chiqishlar: 
pantomima, erga ishlov berish, hosilni yig‘ish kabi oyinli harakatlar, raqslarga xos 
bo‘lgan  chiqishlar,  biroz  primitiv-soddagina  ko‘rinishlarda  bo‘lsada,  keyinchalik 
bunday  san‘at  turiga  xoslik  ma‘lum  darajada  rivojlana  borgan.Ibtidoiy  jamiyat 
davrida  jamoa  va  uning  a‘zolariga  bag‘ishlangan  tantanalar  asta-sekin 
shakllanagan. Bu davrda inson turli tosh  qurollar yasash va ulardan foydalanishni 
o‘rgandi,  kamon  va  o‘q-yoy,  ibtidoiy  sopol  idishlar  kashf  etdi.  Ibtidoiy  
chorvachilik  va dehqonchilik  shakllandi,ilk uy xayvonlari va madaniy o‘simliklar 
paydo  bo‘la  boshladi.  Bu  davrda  ajdodlarimizning  bunday  hayotiy  harakatlarida 
erga ishlov berish  va chorva  xayvonlarini  parvarishlash  nixoyatda  muqaddas bir 
yumush,  oliy  maqsadga    aylangan.Tarixdan  ma‘lumki, kishilar turli  davrlarda  har 
xil  tarzda  hayot  kechirib    kelganlar.  Moddiy  hayot  sharoitlari  o‘zgarishi  bilan 
ijtimoiy  tuzum,  ularning  ongi  va  hayot  tarzi  xam,  binobarin,  kishilarning  o‘zlari 
xam o‘zgara borganlar.Qadimgi ota-bobolarimiz turli-tuman dinlarga toinganlar, u 
bilan  bog‘lik  bo‘lib  kelgan  ko‘plab  rasm-rusumlarni  bajarganlar.  Ana  shulardan 
biri har bir qabila, jamoaning o‘z xudosiga qurbonlik qilish odati mavjud  bo‘lgan. 
Buyuk  adib,  tarixchi  mutafakkir  Abulqosim  Firdavsiy  "Shoxnoma"ning 
ayrim boblarida xamda "Gushtasp" dostonida Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining 
islomgacha  bo‟lgan  dini-zardushtiylik  xamda  uning  asoschisi  Zardo‟sht  haqida 
juda  iltifot  va  mexr  bilan  yozib,  uni  muhbadlar  muhbadi  -  donishmandlar 
peshvosi,  payg‟ambar  deb  ta‘riflaydi,  shu  bilan  u  asos  solgan  kitob  "Avesto"ni 
eslaydi. Xaqiqatda xam, Zardo‟sht  Sharqning   birinchi  faylasufi, notig‟i, shoiri, 
donishmandi, xalq doxiysi xisoblanadi. 
 Etnomadaniyat  fani  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  ma‘naviy  va  madaniy 
tarixini  o‘rganishning  ba‘zi  masalalari,  qadimiy  ma‘naviyat  va  madaniyat 
yodgorliklari, islomiy tafakkur muammolari, temuriylar davrida ma‘naviy-madaniy 
hayot, Markaziy Osiyo xalqlarining birinchi va ikkinchi Uyg‘onish davrlariga xos 
bo‘lgan  ilmiy-madaniy  merosini,  o‘zbek  va  o‘zbek  xalqining  kelib  chiqishi  tub 
negizlarini, bu  xalqning  jahon  va  boshqa  xalqlardan  farq  qiluvchi  xususiyatlarini, 


milliy  hamda  umuminsoniy  qadriyatlarini,  oila,  maxalla  turmush  madaniyatini, 
Turkistonda  ma‘rifatchilik  madaniyati,  jadidchilik  harakatinig  mohiyati  va  buyuk 
siymolar  ijodi,  tarixiy  ajdodlarimizning  mumtoz  merosini  o‘rganishga  sharoit 
yaratadi.  Bu  borada  biz  yana  bir  bor  e‘tiborimizni  O‘zbekiston  Resublikasi 
Prezidenti I. A. Karimovning quyidagi fikrlariga qaratamiz. 
"Biz istiqlol sharofati bilan ko‘p qadriyatlarni - iymonimizni, milliy 
g‘ururimizni,  ozodlik,  bir  so‘z  bilan  aytganda  Parvardigorni  qaytadan 
chinakam  tanidik.  Endigi  vazifamiz  -  bobolarimizning  paymol  etilgan 
orzu  umidlari  haqqi, avlodlarimizga, sizu-bizning  farzandlarimizga  butun 
dunyo  bilan  teppa-teng  boylashadigan  buyuk  O‘zbekistonni  meros  qilib 
qoldirmoqdir" 
(Vatan tuyg‘usi. Toshkent O‘zbekiston" 1996 yil). 
     
       Bu so‘zlardan tegishli saboq olib oldimizda turgan o‘ta mas‘uliyatli vaziflarni 
bajarishga  qaratilgan  ilmiy  hamda  amaliy  ishlar  Siz  va  biz  uchun  ishonchli  va 
sharaflidir. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling