Ta‟lim texnologiyalari


o„qitish metodikasi  mavzusidagi ma‟ruza bayoni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

 o„qitish metodikasi  mavzusidagi ma‟ruza bayoni 
(1-qism) 
Reja: 
1.  Milliy g‗oya targ‗iboti texnologiyasi tushunchasi. 
2.  Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. 
3.  Milliy  g‗oya  va  targ‗iboti  samaradorligini  ta‘minlashda    Respublika  milliy 
g‗oya  ilmiy  amaliy  markazi  hamda  Respublika  ma‘naviyat  targ‗iboti 
markazining o‗rni. 
 
1-masalaning 
bayoni:О‗zbekistonda 
amalga 
oshirilayotgan 
tub 
о‗zgarishlarning  taqdiri,  sо‗zsiz,  insonning  faolligiga  bog‗liqdir.  Bu  esa 
islohotlarning  mohiyatini  xalqqa  tushuntirishni  talab  qiladi.  Shuning  uchun 
rivojlangan  mamlakatlarda  mafkuraning  targ‗iboti  «hukumat  siyosatining 
tashviqoti»  kо‗rinishida  amalga  oshiriladi.  Davlatning  bosh  islohotchi  ekanligi 
ham  О‗zbekiston  hukumatining  siyosatini  maxsus  targ‗ib  qilishni  talab  etadi.  
Bunday targ‗ibot islohotlarni «mafkuraviy ta‘minlash»ga xizmat qiladi. 
О‗zbekiston  hayotidagi  о‗zgarishlar  insonlar  ongida  ham  katta  о‗zgarishlar 
qilishni talab etadi. О‗tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat yangi 
insonni  tarbiyalash  haqida  jiddiy  qayg‗urishi  tabiiy.  Demak,  О‗zbekistonda  ham 
«komil  inson»  g‗oyasiga  mos  sifatlarni  fuqarolarda  qaror  toptirish   vazifasi 
kо‗ndalang  turibdi.  «Fuqarolik  ahloqi»ni  bunday  tarbiyalash   mafkuraviy 
siyosatning negizini tashkil etadi. 
Hozirgi  davrda  inson  ongi  va  qalbini  egallash  uchun  kurash  borayotgani 
hech  kimga  sir  emas.  Shuning  uchun  yot  mafkuraviy  ta‘sirlarga  qarshi  kurashda 
uzilishlarga  yо‗l  qо‗yib  bо‗lmaydi.  Bunday  sharoitda  begona  mafkuralarning 
qо‗poruvchi  ta‘siriga  qarshi  doimiy  va  uzluksiz  aksiltarg‗ibotni  tashkil  etish 
muhim  sanaladi.  Chunki  bunday  mafkuraviy  kurashni  nafaqat  mamlakatimiz 
ichkarisida, balki xalqaro maydonda ham olib  borish talab etiladi. 


Bundan tashqari, О‗zbekiston Faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi 
tomonidan  Milliy  istiqlol  g‗oyasining  asosiy  tushunchalari  va  tamoyillari
1
  ishlab 
chiqildi.  О‗zbekistonda  milliy  istiqlol  g‗oyasining  targ‗ibot-tashviqoti  ana  shu 
asosiy  g‗oyalar,  tushunchalar  va  tamoyillarga  tayangan  holda  amalga 
oshirilmoqda. 
Milliy  g‗oya  va  targ‗ibot,  tashviqot  tushunchasi,  milliy  istiqlol  g‗oyasining 
targ‗ibot-tashviqoti  haqida  tо‗xtalishdan  avval  ―targ‗ibot‖  va  ―tashviqot‖ 
tushunchalarining  о‗zagiga  e‘tibor  qaratish  zarur.  ―Targ‗ibot‖  tushunchasining 
о‗zagini  ―rag‗bat‖  sо‗zi  tashkil  etgani  bois  ham,  u  insonni  biror  harakatga 
rag‗batlantirishni nazarda tutadi. ―Tashviqot‖ tushunchasining о‗zagi esa ―shavq‖ 
sо‗zidan  olingan  bо‗lib,  u  kishida  biror  narsaga  shavq  uyg‗otishga  yо‗naltiriladi. 
Ochig‗i,  targ‗ibot  insonning  ongi  va  qalbini  egallashga  qaratilgan. 
Targ‗ibotchilarni  bekorga  «inson  qalbining  sozlovchilari»  deb  atamaydilar. 
Demak,  targ‗ibot-tashviqotdan  maqsad  –  bilim  orttirish  emas,  balki  kishini  biror 
harakatga undashdan iborat. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bо‗lsak, ―milliy 
istiqlol  g‗oyasi‖  haqida  ma‘lumot  berish  bilan  cheklanmasdan,  mafkuraviy 
maqsadlarni  aniq  vazifalar  shakliga  keltirishimiz,  milliy  istiqlol  mafkurasidagi 
asosiy  g‗oyalarning  amaliy  harakatlarga  aylanishiga  erishishimiz  zarur.  Chunki 
milliy g‗oya chuqur e‘tiqodga aylangan taqdirdagina u ulkan kuch va qudratga ega 
bо‗ladi.  Buning  uchun  esa  xalqda  mafkuradan  о‗rin  olgan  g‗oyalarga  kuchli 
ishonch,  e‘tiqod  va  unga  amal  qilish  bо‗lishi  lozim.  Demak,    yuqoridagilardan 
kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  milliy  g‗oya  targ‗iboti  texnologiyasi    deganda  
milliy  g‗oyani  xalq  qalbi  va  ongiga  singdirishning    muayyan  texnologiyalar 
asosida amalga oshirilishi tushuniladi. 
Milliy g‗oyani singdirish usullari, texnologiyalari, ustuvor yо‗nalishlari XXI 
asrda  insoniyat  о‗z  taraqqiyotining  sifat  jihatidan  yangi  pallasiga  qadam  qо‗ydi. 
Dunyoda  katta  о‗zgarishlar  sodir  bо‗layotgan  bugungi  kunda  ijtimoiy  makonni 
о‗zlashtirishning yangi usullari, jumladan, yangi texnologiyalar keng rasm bо‗ldi. 
Texnologiyalar  asri  deb  atalayotgan  XXI  asrda  ishlab  chiqarishda  joriy  etilgan 
yangi  texnologiyalar  mehnat  samaradorligini  misli  kо‗rilmagan  darajada  о‗stirib 
yubordi.  Biroq  yangi  texnologiyalar  faqat  sanoat  va  qishloq  xо‗jaligida 
qо‗llanilmayapti,  balki  ma‘naviy,  mafkuraviy  jarayonlarda  ham  о‗z  samarasini 
kо‗rsatmoqda.  Mamlakatimizdagi  mafkuraviy  jarayonlarga  ham  shu  nuqtai 
nazardan  yondoshish  milliy  istiqlol  g‗oyasini  targ‗ib  qilishda  zamonaviy 
texnologiyalardan  foydalanish  zaruratini  kо‗rsatadi.  Milliy  istiqlol  g‗oyasini  xalq 
qalbi  va  ongiga  singdirish  muayyan  texnologiya  asosida  olib  borilganida 
tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va meyori, davomiyligi va tamoyillari singari 
jihatlar  qamrab  olinadi.  Ularning  muhimligi  shunda  kо‗rinadiki,  masalan, 
targ‗ibotda  meyorning  buzilishi,  milliy  mafkura  tо‗g‗risida  hadeb  va  noо‗rin 
                                                                 
1
 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. -Т, «Ўзбекистон», 2000 йил. 
 


gapiraverish,  meyorni  bilmaslik  teskari  samara  berishi  mumkin.  Targ‗ibot 
texnologiyasi  milliy  g‗oya  va  milliy  mafkura  mazmun-mohiyatiga  mos  bо‗lgan 
taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling