Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

3-masalaning  bayoni:    Milliy  g‗oya  va  targ‗iboti  samaradorligini 
ta‘minlashda    Respublika  milliy  g‗oya  ilmiy  amaliy  markazi  hamda  Respublika 
ma‘naviyat  targ‗iboti  markazining  o‗rni  benihoya  katta.    Buni  birgina    mazkur  
markazlarning asosiy vazifalari misolida ko‗rishimiz mumkin bo‗ladi: 
 1.  Milliy  g‗oya  va  mafkura  masalasi  bilan  bog‗liq  dolzarb  muammolarni, 
bugungi  murakkab  mafkuraviy  jarayonlarni  ilmiy-amaliy  jihatdan  atroflicha  tahlil 
qilish  va  baholash;  ustuvor  yo‗nalishlarini  aniqlash,  ularning  aholi  turli 
qatlamlariga  ta‘sirini  o‗rganish;  milliy  manfaatlarimizga,  hayot  tarzimizga  zid 
bo‗lgan zararli g‗oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish. 
2.  Xalqimizning  ko‗p  asrlik  ma‘naviyati  va  milliy  qadriyatlari,  diniy 
qarashlari  va  hayotiy  udumlariga,  yoshlarimizning  ongini  zaharlab,  ma‘naviy 
jihatdan  qaram  etishga  qaratilgan  mafkuraviy  xatarlarga  qarshi  samarali  kurash 
olib borish bo‗yicha ilmiy-amaliy dasturlarni ishlab chiqish
3. Fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‗lom dunyoqarash asoslarini 
mustahkamlash, ularning ongli yashashga, o‗z fikriga ega bo‗lishga, turli ma‘naviy 
tajovuzlarga  qarshi  sobit  tura  olishga  qdir  bo‗lgan,  irodali,  fidoyi  va  vatanparvar 
insonlar  etib  tarbiyalashga  yo‗naltirilgan  amaliy  tavsiyalar  tayyorlash.  Bu  borada 
ma‘naviy-ma‘rifiy targ‗ibot ishlarining ta‘sirchanligini ta‘minlaydigan zamonaviy 
axborot  texnologiyalari  va  mexanizmlarini,  jamiyatimizning  mafkuraviy 
immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublar ishlab chiqish; 
4.  O‗z  faoliyati  doirasida  amalga  oshirilgan  ilmiy  izlanishlar  natijalarini, 
tahliliy materiallarning xulosalarini ommaviy axborot vositalarida  chop etib, keng 
jamoatchilikka yetkazishdan iborat. 
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2006 yil 25 
avgustda  imzolangan  «Milliy  g‗oya  targ‗iboti  va  ma‘naviy-ma‘rifiy  ishlar 
samaradorligini  oshirish  tо‗g‗risida»gi  qarori  shunday  jumla  bilan  boshlanadi: 
«Vatanimiz  mustaqilligining  ma‘naviy  asoslarini  mustahkamlash,  milliy 
qadriyatlarimiz,  an‘ana  va  urf-odatlarimizni  asrab-avaylash,  xalqimiz,  ayniqsa, 
yosh  avlod  qalbi  va  ongiga  ona  yurtga  muhabbat,  istiqlolga  sadoqat  tuyg‗ularini 
chuqur  singdirish  masalasi  bugungi  kunda  tobora  dolzarb  ahamiyat  kasb 
etmoqda»
1
.  Mazkur  qarorning  Vatanimiz  mustaqilligining  ma‘naviy  asoslarini 
mustahkamlash  tо‗g‗risidagi  jumla  bilan  boshlanishi  yoshlarni  ma‘naviy-ahloqiy 
tarbiyalashga  naqadar  katta  e‘tibor  berishimiz  zarurligini  kо‗rsatadi.  Shu  bilan 
birga,  yoshlarni  ma‘naviy-ahloqiy  tarbiyalashda  ma‘rifiy  tadbirlarning  ahamiyati 
ham Prezident qarorida aniq belgilab berilgan. Qarorning Milliy g‗oya va mafkura 
ilmiy-amaliy  markazining  asosiy  vazifalariga  bag‗ishlangan  qismida,  jumladan, 
shunday  deyiladi:  «Aholining  keng  qatlamlari,  avvalambor,  yoshlar  о‗rtasida 
Vatanga  muhabbat  va  sadoqat,  insonparvarlik  fazilatlarini  tarbiyalash,  milliy  urf-
odat, an‘ana va qadriyatlarning hayotimizdagi о‗rni va ahamiyatini har tomonlama 
ochib berishga yо‗naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma‘rifiy tadbirlar о‗tkazish»
2
 
–  zamonning  dolzarb  muammolaridan  biridir.  Prezident  qarorida  milliy  g‗oyani 
targ‗ib  qilishda  madaniy-ma‘rifiy  tadbirlarga  alohida  о‗rin  ajratilishi  mazkur 
                                                                 
1
 Халқ сўзи газетаси, 2006 йил 26 август. 
2
 Ўша жойда. 


tadbirlarning  bir  qator  xususiyatlari  bilan  bog‗liq.  Bu  tadbirlardan  milliy  g‗oyani 
targ‗ib  qilishda  samarali  foydalanish  uchun  mana  shu  xususiyatlar  haqida  aniq 
tasavvurlarga ega bо‗lish zarur.  
Bugungi  kunda  rivojlangan  davlatlar  qudratli  targ‗ibot  mashinasiga  ega 
bо‗lishga  intilayotganini  alohida  ta‘kidlash  lozim.  Masalan,  о‗z  faoliyatining 
targ‗ibotiga  AQSH  hukumati  yiliga  2,5  milliard  dollar  sarflashi  bejiz  bо‗lmasa 
kerak. Fransiya ham о‗z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million 
frankni  bekorga  sarflamayotgandir?  Bu  ma‘lumotlar  targ‗ibot  nafaqat  dinda, 
biznesda  muhimligini,  balki  siyosatda  ham,  ma‘naviy-ma‘rifiy  ishlarda  ham 
muhim ahamiyat kasb etishini kо‗rsatadi. Demak, rivojlangan demokratik davlatlar 
ham mafkuraviy faoliyatdan voz kechmagan. 
Puxta  ishlab  chiqilgan  strategik  yо‗nalish  davlatning  istiqbolini  belgilaydi. 
О‗zbekistonning  strategik  maqsadlari  Islom  Karimovning  qator  asarlarida, 
jumladan,   «О‗zbekiston  XXI  asr  bо‗sag‗asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik 
shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari»  hamda  «О‗zbekiston  XXI   asrga  intilmoqda» 
asarlarida  belgilab  berilgan.  Shu  maqsadlar  sari  insonlarni  safarbar  qilish  ularni 
g‗oyalar shaklida singdirish zaruratini keltirib chiqaradi. 
 
 
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR 
Milliy  g‗oya  va  targ‗iboti,  milliy  g‗oya    targ‗iboti  texnologiyalari, 
mafkuraviy  siyosat,    tashviqot  tushunchasi,  milliy  istiqlol  g‗oyasining  targ‗ibot-
tashviqoti, milliy g‗oyani singdirish usullari, texnologiyalari, ustuvor yо‗nalishlari, 
О‗zbekistonda  mafkuraviy  jarayonlar  va  g‗oyaviy  targ‗ibot,  milliy  istiqlol 
g‗oyasining targ‗ibot-tashviqotini tashkil etish, targ‗ibot tamoyillari 
 
 
 
 
 
 
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR 
 
1.  Milliy g‗oya targ‗iboti deganda nimani tushunasiz? 
2.  Ma‘naviy  yetuk  komil  insonni  tarbiyalashda  milliy  g‗oya  va 
milliy mafkuraning roli nimalardan iborat? 
3.  Milliy  g‗oya  va  mafkura  targ‗ibot  markazining  asosiy 
vazifalari nimalardan iborat? 
4.  Fanning maqsadi nimalardan iborat? 
5.  Fanning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling