Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

2-masalaning bayoni:  Ma‘lumki, О‗zbekistonda mafkuraviy jarayonlar va 
g‗oyaviy  targ‗ibotni  tashkil  etishning  ustuvor   yо‗nalishlari    sifatida  quyidagilar 
belgilangan: 
-  belgilangan  tadbirlarning  yuqori  darajada  uyushqoqlik  bilan  о‗tkazilishini 
ta‘minlash; 
- milliy istiqlol g‗oyasining targ‗iboti sifatini muntazam oshirib borish; 
- davr talablaridan kelib chiqqan holda mafkuraviy ishlarni tashkil etishning 
yangi, samarali yо‗llarini izlash;  
-  bu  sohada  eski  uslublarning  mutlaqlashtirilishiga,  andozalashtirishga  yо‗l 
qо‗ymaslik; 
- mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish; 
-  mafkuraviy  jarayonlarni  tashkil  etishda  uchraydigan  rasmiyatchilik  va 
majlisbozlik kо‗rinishlariga baxram berish; 
-  mafkuraviy  faoliyatning  qanchalik  samarali  olib  borilayotganini  bilish 
maqsadida uning monitoringini tashkil etishdan iborat. 
Milliy  istiqlol  g‗oyasining  targ‗ibot-tashviqotini  tashkil  etishda  quyidagi 
tashkiliy tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:  
-  keng  qamrovlilik,  bunda  jamiyatning  barcha  a‘zolariga  g‗oyalar  xilma-
xilligi  asosida  mafkurani  singdirish,  bu  jarayonda  aholining  barcha  qatlamlarini 
qamrab olish nazarda tutiladi. Natijada, jamiyatning barcha bо‗g‗inlari mafkuraviy 
ta‘sir  doirasida  qamrab  olinadi;   -  umumiy  maqsadga  yо‗naltirilganlik;  -  faol 
insonni  tarbiyalash  va  inson  salohiyatini  yuzaga  chiqarish  mafkuraning  bosh 
maqsadi qilib olinadi; 
-  uzluksizlik  -  milliy  istiqlol  g‗oyasi  targ‗ibotining  makonda  va  zamonda 
doimiyligini,  uning  yaxlit  tizim  shakliga  keltirilishini  anglatadi.  Uzluksizlik 
tamoyili  milliy  istiqlol  g‗oyasini  xalq  ongiga  singdirish  uchun  mamlakatda 
muayyan  mafkuraviy  maydon  yaratishni  taqozo  qiladi.  Bu  maydondagi  har  bir 
holat  va  harakat,  jumladan,  ta‘lim  tizimidagi  о‗quv  rejalari,  dasturlar,  darsliklar, 
о‗quv  qо‗llanmalari,  sinf  va  auditoriyalar,  kо‗rgazmali  qurollar  milliy  istiqlol 
g‗oyasiga uyg‗un bо‗lishi talab etiladi; 
-  ketma-ketlik  -  har  bir  bosqich  uchun  istalgan  qadriyatlarni  singdirish 
maqsadida mafkuraviy tashviqot rejalashtiriladi; 
-  bosqichma-bosqichlik  -  milliy  mafkurani  targ‗ib  qilishning  ruhiy  jihatlari 
bilan  bog‗liq  bо‗lib,  ham  targ‗ib  qiluvchi,  ham  qabul  qiluvchining  muayyan 
tayyorgarlik  bosqichlaridan  о‗tishini  taqozo  qiladi.  Aytaylik,  boshlang‗ich  sinf 
о‗quvchisiga  milliy  mafkuraning  falsafiy  va  etnik  ildizlari  tо‗g‗risida  gapirish 
noо‗rin bо‗lishdan tashqari mutlaqo samarasiz hamdir. Shuning uchun bog‗chada, 
boshlang‗ich sinflarda, tо‗liqsiz о‗rta maktabda, yuqori sinflar, litsey va kollejlar, 
oliy  о‗quv  yurtlari  va  mehnat  jamoalarida  mafkuraviy  ish   tinglovchi  va 
о‗quvchilarning  yoshi,  bilimi,  ma‘lumoti  kabi  jihatlarini  hisobga  olib  aniq 
belgilangan reja asosida olib borilishi kerak; 


-  meyoriylik  –  aksil  targ‗ibotni  keltirib  chiqaradigan,  hayotdan  uzilib 
qolishga  olib  keladigan  balandparvozlik,  rasmiyatchilik  va  takrorlanishlarga  yо‗l 
qо‗ymaydi;  
-  shaxsiy  ibrat  -  mafkuramizni  targ‗ib  qilishda  muvaffaqiyatni 
ta‘minlaydigan  muhim  omillardan  biri.  Maktab  muallimi  darsda  о‗quvchilarga 
millat  manfaatlari,  orzu-umidlari,  intilishlari  tо‗g‗risida  balandparvoz  gaplarni 
gapirsa-yu,  о‗zi  hayotda  shu  manfaatlarga  zid  ishlarni  qilsa,  bu  targ‗ibotning 
samarasi  nolga  teng  bо‗ladi.  Mamlakat  va  millat  ravnaqi  tо‗g‗risida  og‗iz 
kо‗pirtirib  gapiradigan  boshliq  bо‗shab  qolgan  lavozimga  layoqatli  va  munosib 
xodim  qolib,  о‗ziga  qarashli,  lekin  bu  о‗ringa  nomunosib  odamni  tiqishtirsa,  u 
millatning  yuziga  oyoq  qо‗ygan  bо‗ladi  va  uning  milliy  mafkurani  aksiltarg‗ibot 
qilgan  bо‗ladi.  Shuning  uchun,  milliy  g‗oyani  aholi  ongiga  singdirishda 
targ‗ibotchilar  faoliyatida  ish  bilan  sо‗z  birligini  ta‘minlash,  ayniqsa,  rahbar 
xodimlarning  shaxsiy  ibrat  kо‗rsatish  tamoyiliga  amal  qilishi  muvaffaqiyatni 
ta‘minlaydigan  eng  muhim  omillardan  biridir.  Korxona,  tashkilot,  muassasa 
rahbari,  ular  davlat  sektori  yoki xususiy  sektorga tegishli bо‗lishidan qat‘iy  nazar 
о‗z jamoasidagi ma‘naviy-mafkuraviy jarayonlarga mas‘ul bо‗lishi kerak; 
-  ilg‗or  targ‗ibot-tashviqot  texnologiyalaridan  foydalanish  -  bunda 
mafkuraviy  targ‗ibotga  insonlarni  mohirona  boshqarish  usuli  sifatida  qaraladi. 
Milliy  istiqlol  g‗oyasining  targ‗iboti  qotib  qolgan  narsa  emas,  faol  jarayondir. 
Shuning uchun uni qadimdan qolgan va‘z aytish va ma‘ruza о‗qish kabi targ‗ibot 
shakllari  yordami  bilangina  keng  xalq  ommasi  ongiga  singdirib  bо‗lmaydi. 
Maqsadga 
erishish 
uchun 
targ‗ibotning  faol  shakllaridan,  zamonaviy 
texnologiyalardan  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  Yoshlar  orasida  targ‗ibot  olib 
borilganda  munozara,  bahs,  davra  suhbati  kabi  shakllardan  oqilona  foydalanilsa 
maqsadga  tezroq  va  tо‗laroq  erishish  mumkin.  Yoshlarning  fiziologik  va  ruhiy 
xususiyatlari  va‘z  va  ma‘ruzalarni  emas,  kо‗proq  interaktiv  usullar  va  sanab 
о‗tilgan targ‗ibot shakllaridan foydalanishni taqozo qiladi. 
Mazkur  targ‗ibot  tamoyillari  milliy  istiqlol  g‗oyasini  inson  ongi  va  qalbiga 
singdirishning  barcha  bosqichlari  uchun  umumiy  va  bir  xil  bо‗lib,  turli 
bosqichlarda, turli  shakl  va vositalardan  foydalanganda odamlarning  yoshi, kasbi, 
ma‘lumoti  kabi  xususiyatlari  hisobga  olinadi.  Targ‗ibot  olib  borishda  sanab 
о‗tilgan  tamoyillarning  muayyan  auditoriya  xususiyatlariga  mosligini  ta‘minlash 
targ‗ibot samaradorligini ta‘minlaydigan eng muhim omildir. 
Fanning  predmeti,  maqsad  va  vazifasini  talabalarga  tushuntirishda  ana  shu 
omillarga  tayanish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bir  sо‗z  bilan  aytganda,  milliy 
g‗oyani  yoshlar  ongi  va  qalbiga  singdirish  usullari,  vositalari,  texnologiyalari, 
ustuvor yo‗nalishlarini o‗rganish – milliy g‗oya targ‗iboti texnologiyalari fanining 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling