Ta’lim tizimini boshqarishning mohiyati. Maktab-boshqarishning obyekti sifatida. Pedagog kadrlar attestatsiyasi. Reja


Download 33.7 Kb.
bet8/10
Sana07.04.2023
Hajmi33.7 Kb.
#1340067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ta’lim tizimini boshqarishning mohiyati. Maktab-boshqarishning obyekti sifatida. Pedagog kadrlar attestatsiyasi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Metodika birlashmalari boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitta, V-XI sinflarda esa o’quv rejasidagi alohida fanlar bo’yicha tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan bo’yicha o’qituvchilar soni uch nafardan kam bo’lsa, u holda fan o’qituvchilari shu turkumdagi fan o’qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodika birlashmasiga birlashadilar, Akademik litseylarda ham Metodika birlashmalari xuddi shu tarzda tashkil qilinadi. Kasb-hunar kollejlarida esa kafedralarda o’qitiladigan fanlar bo’yicha Metodika birlashmalari tuziladi.
Metodika birlashmasiga ta’lim muassasasi pedagogika Kengashi qaroriga asosan ijodkor va tajribali o’qituvchilardan ta’lim muassasasi direktorining buyrug’i bilan rahbar tayinlanadi. Metodika birlashmalarining faoliyati quyidagi hujjatlar asosida tartibga solinadi (348-betga qarang).
Pedagog kadrlar malakasini oshirish. Fan-texnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni axborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi yangiliklar, psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o’qituvchilarning o’z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko’nikmasiga ega bo’lish va ijodkor bo’lishlarini talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da belgilab qo’yilganidek, har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash uchun bugungi kun o’qituvchisi siyosiy, ilmiy-metodik va umumpedagogik saviya, o’z ishig ijodiy yondashish, o’z burchiga nisbatan fidoiy bo’lishga bog’liqdir. Bu dolzarb masalani samarali hal qilish ko’p jihatdan ta’lim muassasasi rahbari, ularning ta’lim-tarbiyani boshqarish layoqatlari hamda pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilishga bog’liqdir.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad o’qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish, natijada esa o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini keskin oshirishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya ishlarining murakkablashib borishi o’qituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. SHunga ko’ra, pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga odatlantirish, ijodkorlikdagi faolligini rag’batlantirish maqsadiga muvofiq ish olib borish muhim ahamiyatga egadir. SHu maqsadda pedagogik kadrlar malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan nafaqat maktab pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbarlari ham xabardor bo’lishlari va ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish shakllariga quyidagi ikki guruhga bo’linadi:
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning kasbiy mahoratlarining o’sishini rag’batlantirish, ta’lim-tarbiyada ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni qo’llash, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlardagi natijalarni xolis baholash, egallab turgan yoki da’vogarlik qilinayotgan toifa va lavozimlarga munosiblikni aniqlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish maqsadida o’tkaziladi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi tarkibidagi «Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq ta’limi Vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi. Xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlar tarkibiga professor-o’qituvchi, o’qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va to’garak rahbarlari kiradi.

Download 33.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling