Ta`lim tizimini moliyalashtirish
Manba Buyuk Britaniya AQSH
Download 208.26 Kb.
|
Ta`lim tizimini moliyalashtirish
Ba`zi mamlakatlarda talabalarga kredit berish tizimi rivojlanmoqda. Talabalar uchun moliyalash vaziyatining keskinlashuvi oxir oqibatda, ular о`z ta`lim olishlari uchun sarflarning bir qismini о`z ish xaqlari hisobidan qoplashga intilmoqdalar. Bu о`z navbatida ta`lim muddati oshishiga va ta`limning ancha moslashuvchan modeliga talabni о`sishiga ta`sir etmoqda. Biroq talabalardan olinadigan xaq ta`lim harajatlarining, xatto, AqShda, davlat oliy ta`lim muassasalarida, 20%ni qoplamoqda (xususiylarda-33%). Harajatlarning qolgan qismi boshqa davlat va xususiy manbalardan qoplanadi. Kо`pchilik mamlakatlarda oliy ta`lim muassasasini davlat moliyalashdagi byudjet taqchilligi yildan yilga saqlanib kelmoqda. Shuning uchun oliy ta`lim muassasalariga moliyalashning qо`shimcha manbalarini izlab topish huquqi berilmoqda va bunda ularga har tomonlama yordam kо`rsatilmoqda. Tijorat faoliyati turli shakllarda amalga oshirilmoqda: universitet maydonlari va jihozlaridan konferensiya va boshqa jamoatchilik tadbirlari о`tkazishda foydalanish; oliy ta`lim muassasalariga qarashli yerlarga, oliy ta`lim muassasalaridan yoki ularga xizmat kо`rsatishda foydalanuvchi firmalar tuzish; oliy ta`lim muassasa mutaxassislarini tijorat kompaniyalariga konsultatsiyalar о`tishi; aholiga qо`shimcha ta`lim xizmat kо`rsatish; buyurtma ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqalarni bajarish. Buxgalteriya va soliq hisobotlari qonuniyligini ta`minlash uchun, oliy ta`lim muassasalariga tegishli tijorat firmalarida shunday ish olib borilmoqda va olingan foyda oliy ta`lim muassasasi tasarrufiga tushmoqda. Universitetlarga daromad keltiruvchi samarali tizim barpo qilish yо`lida amaliy murakkabliklar yuzaga kelmoqda, masalan, oliy ta`lim muassasalari va firmalar о`rtasidagi daromadni taqsimlash. Ma`lumki, agar universitet barcha daromadni olib qо`ysa, bunday dargoxda xech kim firma ochmaydi. Tijorat faoliyatidan kelgan daromad qayta investitsiyalansa, soliq imtiyozlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bino, labaratoriya, kutubxona, kompyuter markazlari va professorlar qо`shimcha lavozimini jalb etmay oliy ta`lim muassasasiga talabalar qabul qilish maqdorini oshirish oliy ta`lim muassasasi samarasini oshirishning eng oson yо`li. Bunday usuldan 70-80-yillarda Germaniya va Buyuk Britaniyada keng foydalaniladi. Bu о`zini oqlagan bо`ladi, qachonki, safarbar etilgan oliy ta`lim muassasasi xodimlari tomonidan qо`llab-quvvatlansa. Biroq kо`pchilik universitetlarda о`qituvchi-professor tarkibi ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashadi, ular kо`pgina tadqiqot institutlarida band, shu tufayli mazkur usul о`z imkonini tugatadi. Obyektiv sabablarga kо`ra universitet boshqa vazifasini cheklamay turib, о`qituvchilar yuklamasini oshirish mumkin emas; talabalar soni faqat qо`shimcha resurslar hisobiga oshirilishi mumkin. Mana shuning uchun masalan, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda 60-yillarda ta`lim tizimi juda qimmat usul-mutlaqo yangi institut (universitet)lar bunyod etish yо`li bilan kengaytirilgan. Ancha keyinroq e`tibor mutaxassislarni quyidagicha usulda tayyorlashni kо`paytirishga qaratiladi: kurslar muddatini qisqartirish; yozda о`qitishni ham qо`shganda akademik yilni chо`zish; kechki о`quv shaklidan keng foydalanish; katta guruxlardagi talabalarga ma`ruza о`qish (yetarli xajmdagi joysiz bu mumkin emas) va bunga qо`shimchasi sifatida kompyuterlarda о`qitishdan foydalanish, bu kо`p miqdordagi о`qituvchilarni talab etmaydi; sirtqi ta`lim shaklidan keng foydalanish. Bu tadbirlarning kо`pchiligi xali kо`rib chiqish yoki joriy etish arafasida, lekin ularga xizmat kо`rsatish omilining mavjudligi §arbda rasmiy fikrning rivojlanish yо`nalishini kо`rsatadi. Shubxa yо`qki, mavjud yondashishlar ba`zilaridan boshqa davlatlar yaqin kelajakda foydalanadilar. Shunisi yaqqol ayonki, yetarli resurslarsiz samaradorlikni oshirish uchun tazyiq о`tkazish, shunga olib kelishi mumkin, oqibatda ham ta`lim sifati, ham tadqiqotchilik faoliyati oliy ta`lim muassasalarida juda pasayib ketadi. Mana shuning uchun samaradorlik jadal sur`atlar bilan rivojlangan mamlakatlarda vaqti-vaqti bilan ta`lim va ilmiy jarayonning sifatini baholab berishga harakat qilinadi. Masalan, Buyuk Britaniyada, shunday baholash natijasida faqat oliy ta`lim muassasalariga о`z faoliyatini qanday yaxshilash tо`g`risida tavsiyalar berilibgina qolmay, balki byudjetda ham ayrim о`zgarishlar qilinadi. Xususan, bu mamlakatda muntazam ravishda barcha oliy ta`lim muassasalarni reyting baholash о`tkaziladi va bu toifadagi universitetlar guruxini milliy tenglashtirish jadvali nashr etiladi. Yuqori reytingli yoki ta`lim sifati uchun yuqori bal olgan oliy ta`lim muassasasi qо`shimcha mablag` oladi. Yaponiya tajribasiga nazar tashlaylik. Bunda byudjet mablag`ni qattiq tejalishiga kо`zimiz tushadi. Ta`lim tizimi mamlakat byudjeti majmui uchun nisbatan arzon tushadi: yapon xukumati yalpi milliy maxsulotning 5,5-6,0%ni ta`limga sarflaydi, bu raqam AqShda 7,1%ni, Buyuk Britaniyada 7,7%ni tashkil etadi. Shunga qaramay yapon о`quvchilari va talabalari kо`p kо`rsatkichlar bо`yicha (ta`lim olishga taalluqli) boshqa mamlakatlardagi о`z tengdoshlaridan ustunlik qiladilar. Yaponiya ta`lim tizimining asosiy afzalligi iqtisodga-institusional о`ziga xoslikka bog`liq. Davlat va xususiy shu`ba nisbati va ta`lim muassasalarini moliyalash о`ziga xos tarzda. Davlatga aloqadorsiz shu`baning ahamiyati boshlang`ich ta`limdan oliysiga tomon oshib boradi. Yaponiyadagi oliy ta`lim elitar bо`lib, barcha xoxlovchilar ham о`qiy olmaydi. U ham davlat, ham xususiy oliy ta`lim muassasalariga tayanadi. Yapon xukumati ta`limni oliy maktab tizimiga qoldirgan: davlat universitetlari asosan tabiiy fanlar, injenerlik fanlari asosida mutaxassislar tayyorlash bilan shug`ullanadi; davlatga aloqadorsiz universitetlar, odatda, gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy ixtisosliklar bо`yicha mutaxassis tayyorlaydi. Davlat kо`proq mablag` talab etadigan ixtisoslik olishni ta`minlaydi (Ma`lumki, zamonaviy muxandis tayyorlash, aytaylik yurist yoki buxgalter tayyorlashdan qimmatga tushadi). Shunday qilib, ta`lim tizimi о`zini ta`lim sohasidagi bozorning imkonsizligidan muxofaza qiladi. Xususiy ta`lim muassasalari kо`p mablag` talab etuvchi nazariy fanlar bilan bog`liq ixtisoslikka ega bо`lishga sharoit yaratmasligi mumkin, bunga boshlang`ich sarflarning tо`ldirilmasligi xolati sabab bо`lishi mumkin. Davlat ta`lim standartlarini davlatga aloqadorsiz shu`ba sarfi minimal darajada bо`ladigan qilib belgilandi. Bu ta`limga tо`lanadigan xaqning pasayishiga, davlatga aloqadorsiz ta`limga talab oshishiga, buning oqibatida davlatga aloqadormas universitetlar kо`payishiga olib keladi. Bunga dotatsiya siyosati ham kо`mak beradi, shuningdek qimmat tushmaydigan ixtisoslikda о`qitishga litsenziya berish siyosati, о`qituvchilar malakasiga qо`yiladigan talabning yuqori emasligi ham yordam beradi, bular hammasi oqibatda ish xaqini tejash, bitta о`qituvchiga tо`g`ri keladigan talabalar miqdori oshishiga imkon beradi. Shuni ta`kidlash kerakki, о`z muvaffaqiyati uchun yapon ta`lim tizimi sezilarli darajada ham xukumat boshqaruv tizimidagi, ham davlatga qarashli bо`lgan va bо`lmagan ta`lim muassasalarida menejment madaniyati yuqoriligidan minnatdor bо`lsa arziydi. Oliy ta`lim muassasalarini moliyalash manbalari (davlat va xususii manbalar) qaytib konsorsium, oliy ta`limni tadbiq etuvchilar va YUNESKOning oliy ta`lim bо`yicha Yevropa markazi (SEPES) fikrini kiritish о`rinlidir. Ular aralash moliyalash sof davlat yoki sof xususiy moliyalashdan afzaldir, bunda aralash moliyalash ham davlat, ham xususiy ta`lim muassasalari uchun ma`qul keladi degan fikrga keldilar. AqShdagi oliy ta`lim muassasalarni moliyalash tizimi bu borada ancha e`tiborga molikdir. Tarixdan shunday bо`ldiki, birinchi amerika kollejlari xususiy korporatsiyalar edi, ular о`z siyosati о`z standartlari va tartib-qoidalarini davlatdan xoli tarzda ishlab chiqganlar. Lekin urushdan keyingi davrda davlat oliy ta`lim muassasalarida talabalar soni kо`paydi. Agar 1950 y. barcha talabaning 49%i xususiy kollej va universitetlarda ta`lim olgan bо`lsa, keyin davlat maxalliy kollejlarning tarmog`i kengaygach, nisbatan о`zgardi: davlat oliy ta`lim muassasalaridagi talabalar xissasi 78%dan oshdi. Oliy ma`lumot olganlik haqida diplom beruvchi AQShning 3500 oliy ta`lim muassasasi yarmidan kо`pi xususiy korporatsiY. Bular bо`yicha mas`uliyat mashxur sobiq bitiruvchilar va boshqa xususiy shaxslardan iborat murabbiylar zimmasiga yuklangan, ular filantropik yordam kо`rsatadilar. AQShdagi kо`pgina mashxur universitetlar - Garvard, Stenford, Yels, Chikago universitetlari va kо`pgina nufuzli kollejlar-Anxerst, Uilyame, Charlston kollejlari xususiy shu`baga qarashli bо`lib, sezilarli darajada xayriyalarni oladilar va yuqori mavqega egadir. Bu xol ularga ta`lim uchun yuqori xaq olish va yig`imlarga (90-yillar boshida 20 ming dollardan yuqori) ega bо`lish imkonini beradi. Keyingi о`n yillikda AQShda xususiy oliy ta`lim muassasalarining soni davlatnikiga qaraganda ancha tez о`sdi, lekin unda taxsil oluvchi talabalar soni, birinchi galda, xaq tо`lash yuqoriligi va shunday diplomni davlat ta`lim muassasasida olish mumkinligi tufayli muntazam qisqarmoqda. Bundan tashqari AqSH xususiy oliy ta`lim muassasalari о`z xajmiga kо`ra davlatga qarashlilarnikidan ancha kichik Amerika oliy ta`lim muassasalarini moliyalash besh manbadan amalga oshiriladi: federal byudjet, shtatlar byudjeta va maxalliy xukumat byudjetidan ajratilgan mablag`lar; talabalarning ta`lim va xizmat uchun tо`lovlari; oliy ta`lim muassasasining о`z faoliyatidan kelgan daromadlar; filantropik tashkilotlar va xususiy shaxslar xayriyalari; xususiy tashkilotlar va shaxslar tuzgan maxsus fondlardagi jamg`armalardan foizlar. Oliy ta`limga davlat yordami о`rtacha 40-45%ni (oliy ta`lim muassasasi umumiy daromadida) tashkil etadi va quyidagicha taqsimlanadi; federal xukumat byudjetidan-10-15%, shtatlar byudjetidan-20-30% va xokimiyat maxalliy byudjetidan-2-5%. Federal yordam, amerikalik muttaxassislar xulosasiga kо`ra, aslida fonda tufayli emas, balki zarurat tufayli shakllangan va hozirgi miqdoriga yetgan, chunki bevosita ta`lim milliy manfaatlarga xizmat qiladi, milliy qadriyatning muhim unsuri hisoblanadi. Oliy ta`lim davlat yoki xususiy shubasining kо`p yoki kam samaradorligi xususida bir xil ma`lumot yoki da`volarning о`zi uchramaydi. Xususiy ta`lim muassasalari kо`p mamlakatlarda ham nisbatan davlat ta`lim tizimi ustun mamlakatlar natijasiga о`xshash natija kо`rsatadilar, xususiy ta`limning ancha keng tarqalgan na iqtisodda, na ta`lim sohasida ancha qanoatlanarlik natijasiga olib kelmaydi. Ta`limning ijobiy natijalari, odatda, tashkil etish omiliga bog`liq. Muammo xususiy shubani davlatning oliy ta`lim boshqarish tizimiga joriy etish dinamikasiga va о`z demokratik tavsifini yо`qotmasligiga erisha olishidadir. Shunday qilib, mumtoz universitetlar rivoji umumjahon yо`nalishi sо`nggi о`n yilliklarda ta`lim iqtisodida, quyidagi umumiy yо`nalishni ta`kidlashga imkon beradi; 1. Yevropa kо`pchilik mamlakatlarida keyingi qator yillarda oliy ta`limni moliyalashda, nisbatan, ba`zi bir joylarda mutloq pasayish yuz berdi. Bu Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi ba`zi umumiy iqtisodiy pasayish bilan bog`liq. Jaxonning yirik universitetlari faqat ijtimoiy sohada emas, balki о`z professorlarini xizmat safariga yuborish, chetdan taklif etishda ham tejamkorlik qilmoqdalar. Masalan, Germaniyaning faxri bо`lmish Geydelberg universiteti barcha о`quv-ilmiy laboratoriyalarida har bir laboratoriya universitetga qancha mablag` keltirishini muntazam tahlil etib boradi, о`zini oqlamagan labaratoriyalar yopiladi. 2. Kо`pchilik rivojlangan mamlakatlardagi oliy ta`lim muassasalari davlat moliyalaydigan о`quv-ilmiy va madaniy markazdan, tobora, korxonaga xos xususiyatlarga ega bozor iqtisodiyotining iqtisodiy subyektiga aylaimoqda; tarkibiy bо`linmalar samaradorligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash о`tkazilmoqda. Ta`limning turli shakllari bо`yicha mutaxassislar tayyorlash tarmog`i tadqiq etilmoqda, ta`lim uchun tabaqalashgan xaq tо`lash usuli kо`rib chiqilmoqda. 3. Keyingi yillarda oliy ta`lim muassasalari taklif etayotgan ta`lim xizmati keskin oshadi, shu jumladan oliy ta`lim muassasasini tugatgandan keyingi ta`lim doirasida. Bu jarayonni yuqori malakali mutaxassislarga talabi oshgan davlat ham, о`z xodimlari malakasini oshirishdan mafaatdor davlatga aloqadorsiz shu`ba ham qо`llab-quvvatlanmoqda. Oliy ta`lim muassasalar, shu jumladan iqtisodiylari ham, qо`shimcha ta`lim xizmati kо`rsatishdan manfaatdordirlar. AqShda, masalan, diplom olgandan keyingi va qо`shimcha ta`lim xizmati kо`rsatishdan bakalavriatdagi ta`limdagidan kо`ra kо`proq mablag`ga ega bо`linadi. 4. Oliy ta`lim muassasasining, о`zlari davlat moliyalashiga kamroq muxtoj bо`layotganlari, kо`proq xususiy ishlari evaziga mablag` topishlari tufayli muxtor bо`lishga intilishlari davlat tomonidan oshib borayotgan nazorat bilan muvozanatlanmoqda. Oliy ta`lim muassasasi faoliyati ustidan muntazam nazorat tartibi barpo etilmoqda. AqShda, masalan, turli akkreditatsiya agentliklarining (kasbiy yoki xududiy), ishi rag`batlantirilmoqda. Fransiyada ta`limni baholash bо`yicha maxsus milliy qо`mita tuzildi. Download 208.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling