Ta`lim tizimini moliyalashtirish


Oliy ta`lim muassasalari byudjetdan tashqari mablag`ining shakllanishi


Download 208,26 Kb.
bet2/6
Sana22.06.2023
Hajmi208,26 Kb.
#1647767
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ta`lim tizimini moliyalashtirish

Oliy ta`lim muassasalari byudjetdan tashqari mablag`ining shakllanishi

Davlat oliy ta`lim muassasasi, «Ta`lim tо`g`risida»gi qonunga muvofiq tashkil etiladigan byudjet tashkiloti xisoblanadi va tо`liq yoki qisman davlat byudjetidan ta`lim» va ijtimoiy-madaniy hamda moliyaviy vazifani bajaradi.


Mutaxassislar tayyorlashga bо`lgan davlat buyurtmasi ta`lim muassasasiga byudjet mablag`i ajratish uchun asos bо`ladi, shunga muvofiq oliy ta`lim muassasasiga byudjetdan mablag` ajratiladi.
Oliy ta`lim muassasasining byudjet tizimi quyidagi tamoyillarga asosan tuziladi:

    • ichki moliya tizimlarining metodik birligi;

    • kirim va chiqimlar xisob-kitobining tо`laqonliligi;

    • oshkoralik;

    • rahbariyat miqyosi bо`yicha byudjet vakolatining taqsimlanishi.

Oliy ta`lim haqidagi qoidalar oliy ta`lim muassasasi­ning byudjet tuzilishi tamoyillari, xarajatlarni tasdiqlash tartibi, boshqaruv turli darajasi xuquqlarini belgilaydi.
OTMning byudjetdan moliyalashning meyoriy negizi «Ta`lim tо`g`risida»gi qonun, «Oliy ta`lim haqidagi qoidalar» va «Oliy ta`lim muassasasi haqidagi namunaviy qoidalar»da bayon etilgan bо`lib, ular oliy ta`lim muassasasi ichki moliya oqimi, xarajatlar meyori va rahbariyat huquqini tashkil etish ayrim masalalarini tartibga soladi.
OTM raxbariyati belgilangan huquq doirasida ichki moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi buyruq va farmoyishlar berish huquqiga ega.
OTM byudjeti-tegishli qoidalar bilan mustaxkamlangan oliy ta`lim muassasasi pul mablag`ining hosil bо`lish va sarflanish shakli. Byudjet oliy ta`lim muassasasi uchun yaxlit yoki qisman yuridik shaxs xuquqi berilgan ayrim bо`linma, aloxida moliya xisobi uchun ajratilgan ichki bо`linma uchun tuziladi.
Byudjet tizimi uch bosqichi farqlanadi:

    • umumta`lim muassasasi;

    • ayrim bо`linma miqyosi;

    • ayrim ishlar, ayrim tadbir, ayrim obyekt miqyosi.

Oliy ta`lim muassasasini moliyalash uchun mablag` davlat tuzilmalari (davlat mablag`i)dan, korxona va yakka fuqarolar (davlatga aloqalarsiz mablag`)dan kelishi mumkin. Oliy ta`lim muassasasi byudjet tizimining yagonaligi huquqiy negiz yagonaligi, tasniflashning yagona tizimidan foydalanish, xujjatlar xisobot va rejali shakli bir xilligi, umumiy byudjet tuzish uchun boshqaruv bosqichlari bо`yicha zarur stati­stik xisobot taqdim etish bilan ta`minlanadi.
Ta`lim muassasasi byudjetdan moliyalash mexanizmi byudjet tuzish va undan foydalanish yagona qoidasini qо`llashga asoslanadi, bu davlat iqtisodiy va moliyaviy siyosati bilan belgalanadi.
OTM byudjet tizimi yagonaligi turli bosqichlar daromadiga tushumlardan ajratmalar va boshqaruvning ancha yuqori bosqichidan maqsadli xisob raqamiga tushumlardan ajratmalardan belgilangan meyorlar orqali byudjetlar о`zaro birlashuvi bilan cheklanadi.
OTM byudjet daromadlari-ma`muriyat yoki aloxida bо`linmalarning raxbarlari tasarrufiga tushadigan pul mablag`i.
OTM xarajatlari-oliy ta`lim muassasasi, uning bо`linmasi yoki ayrim xodimlar extiyojini ta`minlashga yо`naltirilgan pul mablag`i.
Xarajatlarni daromaddan oshib ketishi oliy ta`lim muassasasi byudjetidagi kamomad (defitsit)ni tashkil etadi. Kamomadni qoplash manbai navbatdagi yil byudjetida tasdiqlanadi yoxud keyingi davrga karz sifatida о`tkaziladi.
Daromadning xarajatdan oshib ketishi oliy ta`lim muassasa foydasini tashkil etadi. Oliy ta`lim muassasasining foydasi olib qо`yilishi mumkin emas.
Davlat buyurtmasi bо`yicha ajratilgan mablag` xarajatlar ayrim moddalari bо`yicha cheklanadi. Mablag`ni resurs turlari о`rtasida qayta taqsimlashga yо`l qо`yilmaydi. Bu stipendiya fondiga, mexnatga xaq tо`lashga, oliy ta`lim muassasasini rivojlantirish uchun qо`yiladigan kapital mablag` va joriy xarajatlarga ajratilgan mablag`ga tegishli.
Korxona va tashkilot oliy ta`lim muassasasiga jixoz va materiallarni, transport va texnika vositalarini, moliyaviy resurslarni tekinga berishi mumkin. Oliy ta`lim muassasasi bu vositalarni mustaqil suratda tasarruf etishi mumkin.
OTM oqilona boshqaruv shartlari bilan yer maydoni, binolar, jixozlar va boshqa barcha tur moddiy resurslar (davlat byudjetidan unga ajratilgan), shuningdek korxona va fuqarolardan olingan yoki boshqa manbalar xisobiga xarid qilinganlardan foydalanadi hamda tasarruf etadi.
Oliy ta`lim muassasasi olgan mablag`lari xisobidan о`ziga zarur bо`lgan jixozlar va boshqa moddiy resurslarni istalgan korxona yoki xususiy shaxsdan xarid qilishi, ijaraga olishi, buyurtma qilishi, naqd pulsiz yoki pulli asosdagi xizmatlarga xaq tо`lashi mumkin.
Ilmiy faoliyatni amalga oshirish uchun olingan davlat (yoki davlatga aloqadorsiz) mablag`lardan foydalanish tartibini oliy ta`lim muassasasining о`zi belgilaydi, mexnatga xaq tо`lash va xodimlarni moddiy rag`batlantirish uchun yо`naltirilgan ulush ham tо`liq uning tasarrufida bо`ladi. Bunda olingan foyda ta`lim jarayonini rivojlantirishga, shu jumladan, turli ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy rivojlantirish, moddiy rag`batlantirish va boshqa fondlar tuzish orqali investitsiyalash mumkin.
Oliy ta`lim muassasasi davlat moliya mablag`i byudjet xisob-kitobi Moliya vazirligi, Oliy va о`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi, belgilangan qoidalar bu mablag`lardan maqsadli bо`lmagan extiyojlar uchun sarflanishiga yо`l qо`ymaydi. Maqsadli bо`lmagan foydalanish byudjetni olish shartlariga yoki oliy ta`lim muassasasi ichki byudjet tuzilishi qoidalariga mos kelmaydigan yо`nalish xisoblanadi. Masalan, byudjet mablag`ini ilgari olingan tijorat kreditiga yо`naltirish moliyaviy xiloflik xisoblanadi.
Mana shuning uchun oliy ta`lim muassasalar stipendiya va ish xaqi tо`lash uchun mablag` tushmay qolganda byudjetdan tashqari mablag`ni jalb eta olmaydi.
OTM kundalik faoliyatida byudjet mablag`ini taqsimlovchi bо`lib, rektor, shuningdek oliy ta`lim muassasasi bank hujjatlariga imzo qо`yish huquqiga ega lavozimdor shaxslari tuzilma bо`linmalarining tо`liq yoki qisman moliyaviy mustaqillikka ega raxbarlari xisoblanadi.
Bо`linmalarning moliyaviy mustaqilligi oliy ta`lim muassasasi maqsadlariga erishishining muxim vositasi hisoblanadi. Biroq bu mustaqillik quruq maqsaddan iborat bо`lmasligi kerak. Bо`linma va uning raxbari mustaqillikka ega bо`lgach, о`z zimmasiga о`z bо`linmasining ham, umuman oliy ta`lim muassasasining ham rivoji mas`uliyatini oladi. Moliyaviy mustaqillik bо`linma maqsadlarini aniqlashni, oliy ta`lim muassasasining boshqa bо`linmalari bilan о`zaro munosabat shartlarini, umuman oliy ta`lim muassasasi muvaffaqiyatiga kо`maklashuvchi majburiyatlarni kо`zda tutuvchi о`quv-ilmiy faoliyat programmalarini qabul qilish bilan qо`shib olib boriladi.
Oliy ta`lim muassasalarga beriladigan moliyaviy mustaqillik moliyaviy limit belgilash bilan birgalikda о`rnatiladi, bu vaqt muddatiga kо`ra (oy, uch oylik, yil) belgilanadi. Bu muddat ayrim bо`linmalar uchun xarajatlar xajmining chegarasi, faoliyat yо`nalishi yoki xarajatlar moddasi xisoblanadi. Limitlar oliy ta`lim muassasasi resurslari yoki maqsadli jalb etilgan mablag` asosida belgilanadi. Li­mitlar bir yilga bо`linmalar, faoliyat yо`nalishi yoki xara­jatlar moddasi bо`yicha chegaralab о`rnatiladi (bо`linmalar bо`yicha limitlarni о`rnatish oliy ta`lim muassasasi miqyosidagi buyruq bilan rasmiylashtiriladi).
Oliy ta`lim muassasasi byudjet daromadi quyidagilar xisobiga hosil bо`ladi:

    • qabul nazorat raqamlariga muvofiq mutaxassislar tayyorlash uchun davlat ajratmasi;

    • malaka oshirishni davlat moliyalashi;

    • maqsadli о`quv programmalarini davlat moliyalashi;

    • korxonalarning qо`shimcha ta`lim xizmatiga xaq о`tkazishi;

    • ayrim fuqarolarga qо`shimcha ta`lim xizmati kо`rsatish, ta`lim berishga xaq о`tkazish;

    • oliy ta`lim muassasasi maydoni va resurslarining ijarasi uchun mablag` о`tkazish;

    • grantlar;

    • ilmiy, konsultativ va ta`limga aloqadorsiz turli xizmatlarga xaq tо`lash;

    • moddiy bulmagan aktivlarni sotishdan kelgan daromad;

    • xususiy mulkni yoki oliy ta`lim muassasasiga xususiy mulk qilib qoldirilgan mulkni sotishdan tushgan daromad;

    • boshqa tashkilotlar faoliyatida qatnashishdan kelgan daromad;

    • madaniy-ommaviy tadbir о`tkazishdan kelgan daromad;

    • boshqa tashkilotlar beg`araz yordami.

Oliy ta`lim muassasalar qо`shimcha daromad yoki rejadan tashqari tushimga ega bо`lsa, ular birinchi galda qо`shimcha tushumlar xisobiga moliyalashtiriladigan sarflarga yо`naltiriladi, sо`ng kо`zda tutilmagan ishlarga tо`lanadi, nixoyat uzoq muddatli karzlarga ajratiladi. qо`shimcha mablag`lar yо`naltiriladigan tadbir va soxalar ustuvorligi Oliy ta`lim muassasasi kengashi va uning rektori tomonidan bel­gilanadi. Bu ustuvorlik oliy ta`lim muassasasining navbatdagi yillik iqtisodiy rejasini tayyorlashda kо`zda tutiladi.
Agar avval rejalashtirilmagan yangi tur xarajatlar qilish zarurati paydo bо`lsa, bunda ularni moliyalashtirish oliy ta`lim muassasasi kengashi qarori yoki moliyalash tartibi kо`rsatilgan oliy ta`lim muassasasi bо`yicha buyruq bilan bel­gilanadi. Rejada belgilanganidan ortiq miqdordagi xarajatlarni moliyalash zarur bо`lganda oliy ta`lim muassasasi bо`yicha moliyaviy tekshiruv tayinlanadi, uning natijasi bо`yicha moliyaviy qaror qabul qilinadi. Buxgalteriya xizmatining rejadagi yillik byudjet xarajatlari rо`yxatiga kirmagan sarflarni moliyalashga xaqqi yо`q.
OTM davlat idoralaridan olgan moliyaviy mablag` boshqa yuridik shaxsga berilishi mumkin emas, chunki ular maqsadli ajratilgan. Bu shart ustida nazorat vakolatli idora tomonidan amalga oshiriladi. О`z tijorat faoliyatidan olgan daromadlarni oliy ta`lim muassasasi о`z ixtiyoriga kо`ra, quyidagilarni xisobga olgan xolda, foydalanadi:

    • mablag`ni qо`ldan chiqarish riski;

    • kutilayotgan daromad miqdorini;

    • qо`llab-kuvvatlanayotgan faoliyat soxasining jamiyat, mintaqa va oliy ta`lim muassasasi rivoji maqsadlariga muvofiqligi;

    • oliy ta`lim muassasasini rivojlantirish bо`yicha tadbirlardan mablag`ni olish tufayli keladigan zararni;

    • foydani, ta`limni rivojlantirish uchun sarflanmaganlik uchun qо`shimcha soliq tо`lovlarini.

Oliy ta`lim muassasasi mablagini boshka yuridik shaxsga berish yoki sarmoyani boshka tashkilot ustav fondiga utkazish oliy ta`lim muassasasi kengashining karorini talab etadi.
Oliy ta`lim muassasalarga mutaxassislar tayyorlash buyurtmasi uchun davlat tо`lovi yoki qо`shimcha va boshqa xizmatlar uchun о`tkaziladigan mablag`lar umumoliy ta`lim muassasasi tadbirlariga va tuzilmaviy bо`linmalarga quyidagi tartibda taqsimlanadi:

    • davlat va davlatga aloqadorsiz moliyalashni aniq istiqboli;

    • mablag`ni manbalar bо`yicha tushishini baholash;

    • oliy ta`lim muassasasi faoliyati ustuvor yо`nalishini tanlash;

    • mexnatga xaq tо`lash va stipendiyalar berish xarajatlari rejaviy ehtiyojini belgilash;

    • xududni, binolarni, tarmoqlarni va boshqa umumoliy ta`lim muassasasi miqyosidagi obyektlarni tartibda saqlash bо`yicha ishlarni rejalashtirish;

    • boshqaruv xizmati va yordamchi tuzilmaviy qismlar standart xizmatlari majmui qiymatini, ya`ni oliy ta`lim muassa­sasi rejaviy moliyaviy byudjetini tuzish uchun yetarli unsurlarni (byudjetdan tashqari mablag`ni, markazlashgan maxsus xisob raqamiga tushadigan, uch qismga ajratilishi lozim: umumoliy ta`lim muassasasi tadbirlarini qо`llab-quvvatlash, boshqaruv va ta`minot xizmati, asosiy о`quv bо`linmalarini) belgilash. Bular davlat tashkilotlari uchun respublikada belgilangan xarajatlar funksional tuzilmasiga muvofiq shakllanadi;

    • rejadagi yoki xisobot vaqt oralig`ida tashkilot faoliyatini ta`minlovchi joriy xarajatlar;

    • tashkilot rivojini ta`minlovchi kapital ta`mirlash;

    • boshqa tashkilotlar bilan moliyaviy о`zaro munosabatlarni ta`minlovchi kreditlar bо`yicha tо`lovlar.

Joriy xarajatlar unsurlari bо`lib, quyidagilar hisoblanadi:

    • mexnatga xaq tо`lash, shu jumladan:

    • xodimlar asosiy maoshi;

    • ish xaqiga ustama;

    • mexnatga qо`shimcha xaq tо`lash;

    • lavozimdan tashqari xodimlar mehnatiga xaq tо`lash;

    • xodimlarga boshqa xil pul tо`lovlari;

    • ish xaqiga ajratmalar, shu jumladan:

    • davlat ijtimoiy cyg`urtasiga badallar;

    • Davlat bandlik fondiga badallar;

    • ta`minot narsalari va sarflash materiallari xarid qilish, shu jumladan:

    • devon anjomlari;

    • yumshoq jihozlar;

    • boshqa sarf materiallari;

    • xizmat safari va ish bо`yicha qatnov;

    • transport xizmati tо`lovlari;

    • aloqa xizmati tо`lovlari;

    • kommunal xizmati tо`lovlari;

    • boshqa xizmatlarga tо`lovlar, shu jumladan:

    • bino va xonalarni joriy ta`mirlash;

    • jihoz va uskunalarni joriy ta`mirlash;

    • qarzlar foiz tо`lovi;

    • aholiga transfertlar, shu jumladan:

    • moddiy yordam berish;

    • stipendiyalar;

    • ovqatlanish uchun tо`lovlar;

    • yozgi dam olishni qо`llab-quvvatlash ychun tо`lov;

    • boshqa transfertlar.

Kapital sarflar jihozlar sotib olish, kapital qurilish va kapital ta`mirlashdan yuzaga keladi.
quyidagilar kapital sarflarning unsurlari xisoblanadi:

    • jihozlar sotib olish, shu jumladan:

    • ishlab chiqarish uskunalari;

    • ishlab chiqarish bilan bog`liq bо`lmagan jihozlar;

    • kapital qurilish, shu jumladan:

    • turar joy;

    • ishlab chiqarish obyektlari;

    • ijtimoiy-madaniy va maishiy maqsadlardagi Obyektlar;

    • ma`muriy obyektlar;

    • kapital ta`mirlash, shu jumladan:

    • turar joy fondi;

    • ishlab chiqarish obyektlari;

    • ijtimoiy-madaniy va ma`ishiy xizmat obyektlari;

    • ma`muriy obyektlar;

    • yer sotib olish va moddiymas aktivlar, shu jumladan:

    • yer;

    • nomoddiy aktivlar.

Tashkilotlarning moliyaviy munosabatlari kredit va unga tо`lovlar orqali xisobga olinadi. Faoliyatning bu soxasini aks ettiruvchi sarflar unsuri quyidagilarni о`z ichiga oladi:

    • kreditlar berish;

    • kreditlar qaytarish;

Byudjet mablag`laridan foydalanish samaradorligini oshirish oliy ta`limni moliyalash tizimini takomillashtirishning zarur shartidir. Shu munosabat bilan birga ta`lim saviyasini oshirish, moliyaviy mablag`larni shakllantirish va sarflashning eng oqilona shakl va usullaridan foydalanish va ularni ish amaliyotiga tadbiq etish ayniqsa muximdir.


Download 208,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling