Ta`lim tizimini moliyalashtirish


Download 208.26 Kb.
bet4/6
Sana22.06.2023
Hajmi208.26 Kb.
#1647767
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ta`lim tizimini moliyalashtirish

1. Ta`lim xizmati soxasi:

    • ta`limning tо`lov-kontrakt shakli;

    • oliy ta`lim muassasasiga kirishga tayyorlov;

    • korxonalar bilan shartnoma asosida mutaxassislarni taqsimlash;

    • ikkinchi oliy ma`lumot olish;

    • turli xil biznes-maktablar tashkil etish;

    • chet tillarni jadal о`rgatish kurslarini tashkil etish;

    • maxsus sertifikatlar beriladigan kurslarda qо`shimcha ta`lim berish (programmachilar, buxgalterlik auditorlik va x.k.);

    • jismoniy va yuridik shaxslar uchun tо`lov asosida konsultatsiyalar tashkil etish;

    • pulli qisqa muddatli kurslar va seminarlar tashkil etish.

2. Ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati:

    • xо`jalik shartnomasi asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlari;

    • konsalting va ma`lumotnoma-axborot faoliyati;

    • mintaqalarda yuqori texnologiyani joriy etish bilan bog`liq tadbiqiy faoliyat;

    • ilmiy jihozlar va uskunalar lizingini tashkil etish;

    • xukumat muassasalari, boshqaruvning xududiy idoralari yoki tijorat tuzilmalarining buyurtmasiga kо`ra fanlararo mujassam tadqiqotlar;

    • kichik va о`rta biznesga ilmiy-texnikaviy yordam kо`rsatish;

    • ilmiy-texnikaviy parklar va yangiliklar inkubatoriylarini tashkil etish;

    • tijorat va xо`jalik xisobi asosidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan yakka tartibdagi shartnoma bо`yicha ilmiy ishlar olib borish;

    • oliy ta`lim muassasasi olimlarining kashfiyot va ixtirolariga patent va litsenziya sotish;

    • tijorat firmalari va korxonalar bilan ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar tashkil qilish;

    • chet ellik investorlar bilan hamkorlikda qо`shma korxonalar tuzish;

    • tо`lov asosida ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar tashkil etish;

    • oliy ta`lim muassasalarining ta`lim va ilmiy-tadqiqot xizmatlarini reklama qilish;

    • auditorlik faoliyatini tashkil etish;

    • О`zbekiston Respublikasi qonunchiligida man etilmagan ilmiy-ishlab chiqarish tavsifidagi boshqa innovatsiya faoliyati turlari olib borish.

3. Tashqi iqtisodiy faoliyati:

    • chet ellik talabalar, aspirantlar, magistrlar va tajriba orttiruvchilar ta`limini tashkil etish;

    • xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultetlar tashkil qilish;

    • xorijiy sheriklar bilan qо`shma korxonalar tuzish;

    • chet el jamg`armalari bilan oliy ta`limni qо`llab-quvvatlash programmalarida qatnashish;

    • О`zbekiston talabalarini chet el oliy ta`lim muassasalariga yuborish;

    • turli xil chet el investitsiyasini jalb etish.

4. Tijorat faoliyati:

    • darsliklar, о`quv-uslubiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar chop etish;

    • davriy nashrlar chiqarish;

    • reklama faoliyati tashkil etish;

    • bо`sh xonalarni ijaraga berish;

    • xonalar uzoq muddatli ijarasi (lizingi);

    • ta`til vaqtida bо`shab qolgan yotoqxonalarni ijaraga qо`yish;

    • majlislar zali, auditoriyalarni konferensiya, pulli mashg`ulotlar о`tkazish uchun ijaraga berish;

    • talabalar, xodimlar va aholi uchun xizmat soxasi:

    • umumovqatlanishni tashkil kilish;

    • sog`lomlashtirish maskanlarining davolash, sog`lomlashtirish xizmati;

    • sport majmualari va о`yingoxlar xizmati;

    • maishiy xizmat (sartaroshxona, kimyoviy kir yuvish, kosibchilik va x.k.);

    • pulli bolalar bog`chasi va maydonchasi tashkil etish;

    • tijorat tashkilotlariga oliy ta`lim muassasasi ramzi, rekvizitlaridan foydalanish huquqini berish;

5. Xomiylik:

    • korxona, tashkilot va xususiy mulk barcha turidagi firmalardan xomiylik mablag`larini jalb etish;

    • jihozlarni beg`araz berish (audio-video, kompyuter orgtexnikasi, о`quv-amaliyot uskunalari, yozuv qog`ozlari va x.k);

    • kutubxona jamlanmasini tо`ldirish (darsliklar, о`quv qо`llanmalar, kataloglar, badiiy adabiyot va x.k);

    • chet el investitsiyasini jalb etish (kichik-bosmaxona, avtotransport, о`quv-amaliyot jihozlari, о`quv adabiyotlari);

6. Oliy ta`lim muassasalari Murabbiylar kengashini rivojlantirish jamg`armasi:

    • davlat korxonalarining kо`ngilli badallari;

    • kooperativ tashkilotlar kо`ngilli badallari;

    • fuqarolar kо`ngilli badallari;

    • chet el investorlarining kо`ngilli xomiylik badallari;

    • Murabbiylik kengashining chet el firmalari bilan qо`shma korxonalaridan keladigan daromad;

    • tijorat banklari va boshqa moliya muassasalari bergan kreditlar;

    • Murabbiylik kengashi nomiga kelgan boshqa tushimlar.

Faoliyat turli kо`rinishlarini va moliyalashning qо`shimcha manbalarini jalb etishni kengaytirish bо`yicha barcha choralarni kо`rib, oliy ta`lim muassasalari xaddan ziyod tijoratga berilib keta olmaydilar, chunki, oliy maktab jamiyatning muhim ijtimoiy institutidir, u jamiyatning aqliy va ma`naviy salohiyatini oshiradi. Shuning uchun uni tijoratlashtirish yо`nalishi ustavda kо`rsatilgan faoliyat maqsad va vazifalarga zid kelmagan taqdirdagina о`zini oqlagan bо`ladi, uning qayta shakllanishiga olib kelmaydi.


Download 208.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling