Ta`lim tizimini moliyalashtirish
Download 208.26 Kb.
|
Ta`lim tizimini moliyalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta`lim tizimini moliyalash
Ta`lim tizimini moliyalashtirish Reja: Oliy ta`lim muassasalari byudjetdan tashqari mablag`larining shakllanishi. Oliy ta`lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag`i. Oliy ta`lim muassasasining byudjetdan tashqari faoliyatini boshqarish. Ta`lim tizimini moliyalash Oliy ta`lim muassasalarining moliya resurslari ikkita manbadan hosil bо`ladi: davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag`. Byudjet xarajatlarini hisoblashda talaba (о`quvchi)lar qabul qilish fani; talaba (о`quvchi)lar miqdori; ta`lim muassasi moddiy-texnikaviy negizining xajmi asos qilib olinadi. Professor-о`qituvchilar tarkibi va tegishli maosh fondini belgilash uchun bitta о`qituvchiga belgilangan talaba soni kо`rsatkich sifatida foydalaniladi. Byudjet mablag`idan foydalanish ustidan nazorat xarajatlar moddasi guruhlari bо`yicha mablag` ajratish yо`li bilan amalga oshiriladi. Davlat byudjeti mablag`i hisobidan moliyalashtiriladigan». Tarmoqlarda iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, moliyalash mexanizmini takomillashtirish, byudjet mablag`laridan samarali va о`z о`rnida foydalanish uchun О`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Byudjet tashkilotlarini moliyalash tartibini takomillashtirish tо`g`risida» (1999 yil, 414-raqamli) qaror qabul qildi. Unda quyidagilarni kо`zda tutuvchi yangi tartib belgilandi: byudjet tashkilotlari raxbarlarining byudjet mablag`laridan tejab, samarali va о`z о`rnida foydalanish, byudjet intizomini mustahkamlash bо`yicha mustaqilligini kengaytirish va mas`uliyatini oshirish; mavjud mablag`larni ulardan foydalanish samaradorligini yuqori darajada oshirishga erishish maqsadida turlicha qо`llash uchun imkoniyat yaratish va byudjet tashkilotlarini moliyalash mexanizmini soddalashtirish; meyorlar bо`yicha birvarakay moliyalash usuli bilan byudjet tashkilotlarni moliyalashning yangi tartibini joriy etish; byudjetdan moliyalashni ta`lim muassasasi soxasiga mos tovarlar ishlab chiqarish (ish, xizmatlar bajarish) bilan qо`shib olib berish; ta`lim muassasasi xodimlari mehnatini rag`batlantirish, ular faoliyati natijalarini oshirish va mutaxassislarni joylashtirish uchun sharoit yaratish; rejaviy byudjetdan moliyalash xisobidan tushgan va hisobot yili oxirida byudjet tashkilot xisobraqamlarida qolgan, tejalgan (foydalanilmagan) mablag`; ta`lim muassasasi faoliyat soxasi bо`yicha tovarlar sotish (ish, xizmatlar bajarish), ishlab chiqarishdan keladigan daromadlar; yuridik va jismoniy shaxslar kо`rsatadigan xomiylik yordami. OTMlar faoliyatini tartibga solish, xususan, ular tashkiliy tuzilmasini, moliyalashni takomillashtirishning muhim shartidir. Bu shuni kо`rsatadiki, oliy ta`lim muassasalarda namunaviy lavozimlar faoliyat kо`rsatadi, oliy ta`lim muassasalarning о`zida va ular qoshidagi yotoqxonalardagi ma`muriy-boshqaruv xodimlari lavozimiga meyorlar joriy etilgan. Oliy ta`lim muassasalari lavozim birliklarida ozod qilingan dekan va dekan о`rinbosarlari birligi ajratilgan, ular lavozim maoshi belgilangan bо`lib, bular byudjetdan ta`minlanadi. Oliy ta`lim vazirligida marketing xizmati bо`linmasi tashkil etilgan, barcha oliy ta`lim muassasalarida esa marketing xizmati qismlari ishlab turibdi, ularni ham byudjet mablag`i xisobidan moliyalash ta`minlangan. Respublikada iqtisodiy isloxotlar о`tkazish davrida ta`limni moliyaviy sog`lomlashtirishning strategik yо`nalishi bо`lib, byudjetdan tashqari mablag`ni jalb etish xisobiga moliyalashning yangi manbaidan foydalanish xisoblanadi. Bu chora oliy ta`limni jahon miqyosida rivojlantirishning obyektiv qonuniyati xisoblanadi, о`tish davridagi shart-sharoit taqazosiga kо`ra faqat О`zbekistondagi zarurat emas. Oliy ta`lim muassasalariga, ularga davlat tomonidan berib qо`yilgan mulkdan foydalanish huquqi ta`sirchan yо`llardan biridir. Bu ularning berilgan mulkdan tо`liq begonalashmagan xolda tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishiga katta imkoniyatlar ochadi. Oliy ta`lim muassasasiga biriktilgan moddiy resurslar negizidagi tadbirkorlik-byudjetdan tayyorlashning muxim yо`nalishi. Oliy ta`lim muassasalari byudjetdan tashqari faoliyat natijasida olingan mablag` (asosan moliyaviy resurslar)dan foydalanishda ayniqsa keng erkinlikka egadirlar. Bu faoliyatning samaradorligi oliy ta`lim muassasalar uchun tamoman yangi faoliyat-moliyaviy aktivlarni boshqarish bilan bog`liq bо`lib, u Oliy ta`lim vazirligi iqtisod, investitsiya va marketing bosh boshqarmasi tomonidan boshqariladi. Mazkur xizmat oliy ta`lim muassasalar raxbariyati uchun byudjetdan tashqari mablag`ni jalb etish uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqdi, vazirlik mas`ul xodimlari, iqtisodiyot va tadbirkorlik bо`yicha prorektorlar va oliy ta`lim muassasalar marketing xizmati ishtirokida sayyor seminar-kengashlar о`tkazadi hamda byudjetdan tashqari mablag`larni uyg`unlashtirish jalb qilish va sarflash bо`yicha boshqa ishlarni olib boradi. Download 208.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling