Ta’lim tugrisida
Anbar Otin va Dilshod-Barnolarning ayollar ta’limining rivojlanishidagi o’rni
Download 1.09 Mb.
|
pedagogika jami
Anbar Otin va Dilshod-Barnolarning ayollar ta’limining rivojlanishidagi o’rni. Anbar otin Farmonqul qizi (1870 – Qoʻqon – 1906) – oʻzbek sho-irasi. Otasi Uvaysiyning jiyani. Onasi Ashurbibi oddiy kosib qizi. Anbar otin Farmonqul qizi Dilshod otin maktabida tahsil ol-gan. Anbar otin Farmonqul qizi she’rlar ijod qilish bilan birga mahal-lasidagi yosh qizlarga ta’lim va tarbiya bergani tufayli Otin nomiga ega boʻladi. A. O. oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Ijodda koʻproq Uvaysiyga ergashgan. Navoiyni birinchi ustoz hisoblagan. Zamondoshlari Muqimiy, Furqat, Zavqiylar bilan tanish boʻlgan. She’rlarida ularga murojaat qilgan, ular bilan bahslashgan. Oʻzbekcha she’rlari (48 ta)dan devon tuzgan. Undan 41 gʻazal, 4 muhammas, 1 qit’a, 1 masna-viy, 1 mu-stazod oʻrin olgan (1905). 70-yillarning boshida shoiraning 40 ga yaqin she’rdan iborat yana bir qoʻlyozma devoni, "Qarolar falsafasi" risolasi, 160 mis-ralik "yakka bayt"lari topildi, tojikcha gʻazallaridan devon tuzish niyati boʻlgan, ammo bor-yoʻqligi hozirgi noma’lum. AO. she’rlari aksariyat ijtimoiy mavzuda. Zamona adolatsizligidan, mehnatchi xalqogʻir ahvolidan soʻz ochadi, ma’ri-fatni ulugʻlaydi. "Qarolar falsafasi" asarida ayollarning ogʻir qismati haqida hikoya qilinadi. Kambag'al kosib oilasida tug'ilgan. Otasi Farmonqul asli marg'ilonlik bo'lib, shoira Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi qo'qonlik bir kosibning qizi bo'lgan. Anbar Otin yetti yoshidan o'z mahallasidagi Dilshod otinning maktabida ta'lim oladi. Dilshod otin o'z davrining bilimdon, shoirtabiat, dono ayollaridan bo'lib, «Barno» taxallusi bilan she'rlar ham yozgan. U Anbarning she'riyatga qiziqishini ko'rib, uni mumtoz adabiyot namunalari bilan tanishtirgan. Dastlab kichik she'rlar yoza boshlagan Anbar ijodda ko'proq Uvaysiyga ergashadi, uning g'azallarini diqqat bilan o'rganadi, muxammaslar bog'laydi. Ayniqsa Navoiyni birinchi ustoz hisoblaydi. Anbar otinning turmush o'rtog'i Zohidxo'ja ham adabiyotga ixlosmand kishi bo'lib, Muqimiy, Furqat, Zavqiylar anjumanida qatnashgan. Anbar otin ham bu suhbat va mushoiralarda ishtirok etgan. Uning «Mushoira» nomli risola yozganligi haqida og'zaki ma'lumotlar uchraydi. Anbar otin haqgo'y va oqilligi bilan mahalla ayollari o'rtasida obro' qozonib, otin, otincha nomini olgan. U boyvachchalarga qarshi hajviy she'rlar yozgan. Bundan g'azablangan boyvachchalar shoirani bir yig'inda rahmsizlarcha kaltaklab, keyin baland zinadan itarib yuboradilar. Natijada shoiraning ikki oyog'i sinadi. Shundan so'ng uning sog'lig'yi yomonlashib, o'pka k asaliga duchor bo'ladi. Biroq u umidsizlikka tushmaydi. She'r shoiraning butun umri davomida ajralmas do'sti, hamdardi bo'ladi. 1905-yilda Anbar otin devon tuzib, unga 41 g'azal, 4 muxammas, bir qit'a, bir mustahzod va she'riy tarjimayi holini kiritgan. Anbar otin haqiqatni aytishdan cho'chimaydi. U xalqni jaholatda tutuvchilarni, riyokorlarni qattiq tanqid qiladi:
Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling