Ta’lim tugrisida
Amir Temurning ma’rifiy qarashlari va uning pedagogika fanida tutgan o’rni
Download 1.09 Mb.
|
pedagogika jami
50.Amir Temurning ma’rifiy qarashlari va uning pedagogika fanida tutgan o’rni. Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo‘ravonlikni yoqtirmas, insonparvar, adolatli hukmdor edi. Masalan, “Temur tuzuklari” hukmdoming hokimiyatni boshqarish qoidalari hamda odob-axloq me’yorini belgilab beruvchi yo‘riqnomadir. Taniqli olim Bo‘riboy Ahmedov “Temur tuzuklari” podsholaming turish-turmush va
axloq-odob nomialarini belgilovchi risoladir, deb ta’riflaydi. Haqiqatan ham, mazkur asami turmush odobi, hulq-odob qoidalari tartib berilgan an’anaviy asarlar qatoriga qo‘ysak bo‘ladi. Zero, tarixan ta’limiy-axloqiy asarlaming barchasida ham dastlab davlatni boshqarishga oid qarashlar, so‘ng axloq me’yorlari bayon etiladi. Shunga ko‘ra bu asardan ta’limiy-axloqiy asar sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amir Temur bu asarida insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolatlilik, vatanga sadoqat, jasorat, to‘g‘rilik, do‘stlik va hamkorlik, mehr va muruwat ko‘rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislaHami ulug‘laydi va xiyonat, bevafolik, sotqinlikni qoralaydi. Hayotda “rosti-rusti” qoidasiga rioya etgan, Amir Temurning o‘zi naqshbandiylik tariqatidagi “Dil ba yoru, dast ba kor” tamoyiliga ko‘ra ish tutib, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy, Jaloliddin Davoniy va boshqalar tomonidan targ‘ib etilgan va haqiqiy komil inson, adolatli hukmdor uchun zarur bo‘lgan quyidagi o‘n ikki qoidani o‘ziga yo‘riq qilib olganini ko‘ramiz: - Har yerda va har vaqt islom dinini quwatlash; - davlat va saltanatni boshqarishda o‘ n ikki tabaqa, toifadagi kishilarga tayanish; - dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik bilan ish ko‘rish, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko‘rsatish, saltanat ishini yurg‘izishda murosay-u madora, muruwat hamda sabr-toqat bilan ish ko‘rish; - davlat ishlarini yurg‘izishda davlat qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilish; adolat va insof bilan ish yuritish; - sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqil-u donolar, muhandislar, tarixchilami izzat-hurmat qilish; - azm-u jazm bilan ish ko‘rish (aytganiga rioya etish), buzuqchilikning oldini olish; - foqaroning axvolidan ogoh bo ‘ lib turish; - barchaga hurmat-e’tiborda bo‘lish, yaxshilik, muruwat, ehson, izzatu ikrom, haqqini ado etish; - farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do‘st birodarlami doimo yodda tutib, ular bilan yaqin aloqada bo‘lish; - sipohiylami hurmat etish va ularga g‘amxo‘rlik qilish. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling