Ta’lim tugrisida


Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asarining mohiyati


Download 1.09 Mb.
bet16/58
Sana31.01.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1142501
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
Bog'liq
pedagogika jami

19. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asarining mohiyati.
XI asrda yashagan ulug‘ olim Mahmud Qoshg‘ariytomonidan yaratilgan “Devonu-Iug‘atit-turk” asari orqali bizgachayetib kelgan.Turkiy xalqlarning tarixini yorituvchi qadimgi manbalarda
pand-nasihat va o‘gitlar etilgan asarlar ham ko‘plab uchraydi. Ana shunday asarlar jumlasiga Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonulug‘atit-turk” asari ham kiradi.Asarning mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi manbalamingaksariyatida Mahmud Qoshg‘ariyning qo‘shiqlami xalq orasidanyiqqanligi ta’kidlanadi.Pand-nasihat janridagi asarlaming mazmunida asosiy o‘rmni
ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini hurmat etishto‘g‘risidagi fikrlar egallaydi. O`gitlarda ilm-ma’rifat hamda muayyan hunar borasidagi ko‘nikmalarning ezgu maqsadlami amalga oshirishga xizmat qilishiga erishish kerak deyiladi. Ilm o‘rganish yo‘lida aziyat ehekkan, mashaqqat tortgan kishigina uni to‘laqonli o‘zlashtira olishi, kasb-hunar sirlarini
mukammal egallashi mumkin, deydi.“Devonu-lug‘atit-turk” asarida insoniy fazilatlarning yana biri - xushxulqlik alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bilim va hunar egasi bo`lish, ezgulik, yaxshilik yo‘lida hamda umum manfaati uchun mehnat qilish xushxulq insonga xos fazilat ekanligini alloma alohida qayd etib o‘tadi.

Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asarida ta’lim-tarbiya masalalari. Maqollar:


«Odamning olasi ichida - yilqiniki tashqi(sirti)da».
«Ho‘kizning ortin oyogl bolguncba, buzoqning boshi boigan yaxshiroq»
«Tirishqoqning labi yogliq, erinchoqning boshi qonlik».
«Odobning boshi - til».
«Ilon o‘zining egriligini bilmay, tuyaning bo‘ynini egri deydi».
«Ko‘kka suzsa yuzga tushun».
«Bir qarg‘a bilan qish kelmas».
«Keng to‘n to‘zimas, kengashli bilig artamas».
«Kichikda qatiqlansa ulg‘adu sevinur».
«Erdamsizdan qurt chertilur».

20. Mirzo Ulug‘bek merosining jahon fani taraqqiyotida tutgan o‘rni.

Samarqandda o‘z atrofida to‘plangan olimlamingbevosita ishtiroki va yordamida Ulug‘bek 1424—1428-yillarda shahar yaqinida Obirahmat anhori bo‘yida rasadxona qurdirdi. Doira


shaklida bino qilingan bu ulkan imoratning aylanasi 47 metr, balandligi 31 metr edi. Boburning yozishicha, u uch qavatli bo‘lgan.Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan qoplangan. Binoningichki sahni sudsi faxriy (sekstant) va koridorlar bilan to‘rt qismlargaajratilgan. Rasadxona ichki devorlarida koinot-u Er shariningumumiy manzarasi tasvirlangan bo‘lib, shu tufayli bu mavzu aholio‘rtasida ≪Naqshi jahon≫ degan nom bilan shuhrat topadi.
Samarqandda Ulug‘bek rahbarligida barpo etilgan bu ilmiydargoh matematika, ayniqsa astronomiya sohasida ilmiy dunyodaolamshumul ahamiyat kasb etgan natijalarga erishadi. Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 sobita (qo‘zg'a!mas) yulduzlaming o‘mi va holati aniqlanib, ulaming astronomik jadvali tuziladi. 0 ‘rta Osiyo, Yaqin va 0 ‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab joylashgan 683 geografik punktlaming Samarqand kengligiga nisbatan koordinatalari belgilab chiqildi. Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlaming natijalari asosida matematika va astronomiyaga oid qator nodir asarlar yaratildi.
«Ziji jadidi Ko‘ragoniy» dan tashqari Ulug‘bek «Tarixi arba’ ulus» (To‘rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola yozadi. Ulug‘bek davrida maktab islohoti. Ulug‘bek Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilm-u ma’rifat
dargohiga aylantirishga intiladi. Uning farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-yilda G‘ijduvonda madrasalar qad ko‘taradi. Hatto Buxoro madrasasining
darvozasiga «Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir» degan kalima o‘yib yozib qo‘yiladi. Alloma o‘z davlatida ta’lim sohasida jiddiy islohotlami tashkil etdi. U madrasalami davlat ta’minotiga o‘tkazdi, mudarris (o‘qituvchi)larga oylik ish haqi belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan. Muhammad Tarag'ay Ulug‘bek madrasa o‘quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Qur’on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fikh (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlami kiritadi. Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o'zi bevosita ta’lim bergan madrasalarda o‘qish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lgan:
1. «Anda» (kichik) - o‘qish muddati 2 yil.
2. «Aust» (o‘rta) - o‘qish muddati 3 yil.
3. «A’lo» (oliy) - o‘qish muddati 3 yil.
Bunday yondashuvda, bugungikun nuqtai nazaridan aytganda, bakalavriat va magistratura ko‘zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o‘rtaasr Yevropa universitetlari uchun ham xos bo‘lgan.

21.Alisher Navoiy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati.


Alisher Navoiy «qanoat» to‘g‘risida. Qanoat buloqdur-suvi olgan bilan kurimaydi; xazinadir - naqdisi sochgan bilan kamaymaydi, ekinzordir - urug‘i izzat va shavkat mevasi beradi; daraxtdir - shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi yetkazadi. Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-keldisidan ozod bo‘ladi... Qanoat qo‘rg‘ondir, u erga kirsang nafs yomonligidan qutularsan, tog'likdir - u yerga chiqsang dushman va do‘stga qaramlikdan xalos bo'larsan; tubanlashishdir - natijasi yuksaklik; zoriqishlikdir - foydasi ehtiyotsizlik urug'ining mevasi farovonlik...
Alisher Navoiy «sabr» to‘g‘risida. Sabr achchiqdir - ammo foyda beruvchi, qattiqdir - ammo zarami daf etuvchi... Satr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir.U o‘rtoqdir - suhbat zerikarli, ammo maqsadga olib boruvchi; ulfatdir - umidi uzun, ammo oxiri estakka eltuvchi.Ulovdir - yurishi taxir, ammo manzilga eltuvchi; tuyadir - qadami og‘ir, lekin bekatga tushirguvchi. Achchiq so‘zli nasixatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminda maqsad hosil bo‘ladi. Badxo'r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so‘ngida sog‘lik yuz beradi.
Alisher Navoiy «muruvwat va saxovat « to‘g‘risida. Saxovat insoniyat bog‘ining borvar shajaridur (boqiy ildizidir), balki ul shajaming mufid samaridur (hosilasidur). Odamiylik kishvarining bahri mavjvari (odamiylik dengizining mavjlari), balki ul mavj bahrining samin gavhari... Ma’dumlikda (insoniy fazilat sifatida) muruwat karamning urug‘ qayoshidur (qarindoshidir), balki tav’amon (umuman) qarindoshidur... Sohibi muruwat (muruwatli kishi) sharif xalqidin ayrilmaydurkim, u qayda bo‘lsa Tengri panohida boTsin - izzat va sharaf oromgohida.
Muruwat - barcha bermakdur, emak yo‘q, // Futuwat - barcha qilmoqdur, demak yo‘q. Shoir nazdida muruwat odamgarchilik yuzasidan qilingan yaxshilik, saxovat, himmatdir, o ‘zida bor narsalarni muhtojlarga berish, emay edirish, kiymay kiydirishdir. Futuwat esa barchaga yaxshilik ko‘rsatish, ammo evaziga hech narsa talab va ta’ma qilmaslikdir
22.Maxmudxo‘ja Bexbudiyning ma’rifiy-pedagogik faoliyati.
XX asr boshlarida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘n!ab «usuli jadid» maktablari ochildi. Uni bitirganlar orasidan Turkiston ma’naviy-ma’rifiy dunyosini milliy uyg‘onishiga kuchli ijobiy tasir qiladigan zabardast namoyandalar yetishib chiqdi. Ulaming«birinchisi», «Turkiston jadidlariniitg otasi» - Mahmudxo‘ja Behbudiydir. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida ruhoniv oilasida dunyoga keldi. Otasi Behbudxoja Solixo'ja о ‘g ‘li Ahmad Yassaviy avlodlaridanbo‘lib, onasi esa, asli xorazmlikbo‘lgan. Otasi 1898-yilvafot etgach, u tog‘asi, qozi Muhammad Siddiq tarbiyasida bo‘lib, undan arab, forsiy tllarini chuqur o‘rganadi. Behbudiy dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil oladi. Tinimsiz va qunt bilan o‘qib, imom-xatb, so‘ngra qozi, muftiy darajasiga ko‘tariladi. Bu mansablar shariatning yuqori maqomlari hisoblangan.Safardan qaytb kelgach, yangi usul maktablarini ochish yo‘lida g‘ayrat ko‘rsatadi. Shunday inaktablardan birini Behbudiy Samarqandda birinchilardan boiib 1904-yilda o‘z uyida tashkil qildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1911-yilda «Padarkush» nomli drama yozdi. U bu asarida o‘zining sevimli mavzusi - barchani ilmmarifatli bo'lishga chaqirish, ilmsizlik balosini daf qilish g'oyasini qalamga olgan.
23.Munavvar Qorining maorif tizimidagi faoliyati.
Munawar qori Abdurashidxonov Vatan va millat fidoyisi, mustamlakaehilikm ayovsiz fosh qiluvchi marifiy, siyosiy arbob, tolmas kurashchi, jadidchilik harakaming yirik namoyandasidir. Munawar qori ham «usuli savtya» maktabiga ixlos bilan qarab, chor hukumati Turkiston oikasidagi aholini qanday manaviy-madaniy uzlatda saqlayotganini va undan qutulish choralari faqat maktab ta’lim-tarbiyasidagi keskin islohotga bog‘liqligini to‘g‘ri tushungan holda chor hukumatning mustamlakachilik boshqaruv usuliga qarshi kurashda faoilik ko‘rsatdi: mana shu maqsad yo'lida Toshkentda ilg‘or fikrli ziyolilar va turli guruhlardan iborat «Turon» jadidlar jamiyatni tashkil etdi.Munawar qori ochgan yangi usul «Namuna» maktabida bir necha yuz bola origan. Bu maktabda tayyorgarligi ancha jiddiy bo‘lgan istedodli yoshlar o'qituvchilik qilishgan. Munawar qorining o‘zi esa jadid maktablari uchun yangi tovush («usuli savtya») usulida darsliklar - «Adibi awal» («Birinchi adib», 1907) alifbosi va «Adibi soniy» («Ikkinchi adib», 1907), «Yer yuzi» («Jug'rofiya»), «Havoyijon diniya» (1907) kitoblarini yozib, chop ettrgan. Bular o'lkadagi jadid maktablari uchun asosiy darslik sifatda bir necha bor qayta nashr etidi.
24.Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq” asari.
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) oʻlkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilgʻor ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniy (1878–1934)ning xizmatlari koʻp. U maktablar ochib, shaxsan oʻzi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan taʼminlash ishiga katta hissa qoʻshdi. Uning qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” “Maktab Gulistoni “asarlari bir necha bor nashr etildi. Bular ichida “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari oʻzbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy mazkur asarni fors klassik shoiri shayx Muslihiddin Saʼdiy (1184–1310)ning “Guliston” asaridan taʼsirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday deydi: “Ban bu asari nochizonami bir necha muallim birodarlarimning iltijolari ila yozmoq va nashr qilmoqgʻa gʻayrat va jasorat qilmish edim. Alhamdu lilloh val minna ikkinchi tabʼihada muvaffaq oʻldum, chunki Turkiston maktablarida oʻz shevamizda (oʻzbek tilida demoqchi) yozilmish mukammal “Axloq kitobining shunday asarga tashna va muhtoj ekanligʻi oʻzum muallimlar jumlasidan oʻldigʻimdan manga ham ochiq maʼlum oʻldi. Shuning uchun koʻp vaqtlar tajriba soʻngidan adibi muhtaram shayx Saʼdiy usulida yozmoqni, garchi ogʻir ish bolʼsa ham, oʻzimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan koʻtarmakni munosib koʻrdim”. Demak, aytish mumkinki, “Turkiy Guliston yoxud axloq” Saʼdiyning “Guliston” asari usulida oʻzbek tilida yozilgan axloq kitobidir.
Abdulla Avloniyning mazkur asari 1913 yilda Toshkentda Ilin bosmaxonasida litografik (toshbosma) usulida nashr etildi. Asar bunday darslikka boʻlgan ehtiyojni hisobga olib 1917 yilda ikkinchi marta chop qilindi. Har ikki nashr ham hajm jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. Faqat birinchisi kotib Abdusalom Abdurahmon oʻgʻli, ikkinchisi kotib Abdul Mannon ibni Abdul Majid (oʻzbek milliy teatrining mashhur aktyori Mannon Uygʻur Majidov) dastxatidir.
“Turkiy Guliston yoxud axloq”ning uchinchi nashrini 1967 yili “Oʻqituvchi” nashriyoti amalga oshirdi. Bunda asarda uchragan diniy iboralar, Hadisdan olingan hikmatlar davr talabiga koʻra tushirib qoldirildi. Asarni “Oʻqituvchi” nashriyoti 1992 yil asli nusxa yozuvida (arab yozuvi asosidagi oʻzbek yozuvida) va rus alifbosi asosidagi oʻzbek yozuviga oʻgirilgan matni bilan birga, shuningdek, qiyin soʻzlar lugʻati ilova qilingan holda bosib chiqardi.
“Turkiy Guliston yoxud axloq”ning qoʻlingizdagi beshinchi nashri sobiq nashrlar ichida eng mukammalidir. Bunda kotib Mannon Uygʻur dastxati matnining faksimeli, lotin yozuvi asosidagi yangi oʻzbek yozuviga oʻgirilgan matni, qiyin soʻzlar lugʻati berilgan. Bundan tashqari Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” “Maktab Gulistoni” asarlaridan tanlangan hikoya, sheʼrlari ham ilova qilindi.
Kitobni nashrga tayyorlashda iqtidorli shogirdlarimiz Tavakkalova Dilnoza va Boboxonova Feruzalarning xizmatlari boʻr.
Asar keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan maʼrifat darsligidir. Uning yoshlarning axloqiy tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanligiga ishonchimiz komildir.
25.Qadimgi yunon faylasuflarining ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari.
Suqrot er.av. (469-399y)da yashab ijod etgan. Suqrotning fikricha tarbiyadan kutilgan maqsad, buyumlar tabiatini o‘rganish bo‘lmay, balki kishining bilim olishi, axloqni kamol toptirishi bo‘lmog‘i lozim edi. Suqrot faylasuf bolishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. U keng maydonlarda so‘zga chiqib, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o ‘tkazar, tinglovchilami savol-javob yo‘li bilan haqiqatni topishlariga undar edi. Suhbatning bu usuli «Suqrot usuli»deb atalgan. U pedagogika olamiga ana shunday savol-javob metodini ya’ni «Evristik» suhbat metodini yangi (savol berish va savolni to‘ldirish) metodini olib kirdi. U tarbivada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha axloq faqat imtiyozli «mumtoz» largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bolganliklari uchun hokimiyat ham ularning qollarida b o lm o g l kerak deydi.
Platon er.av. (424—347) yillarda yashagan. U Suqrotning shogirdi b o iib «obyektiv idealizm» nazariyasining asoschisidir. U tanadan tashqarida mavjud boigan narsalar haqidagi nazariyani ilgari suradi. Platon arestokratiyaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari suradi. Uning fikricha ideal aristokratik davlat 3 xil ijtimoiy guruhlardan iborat bo‘lishi, ya’ni bular: faylasuflar, jangchilar,hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo‘lishi lozim.
Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar ulami har qanda dushmandan himoya qiladilar, uchinchi guruh esa mehnat qilib, m o l hosil etishtirib faylasuflar va jangchilami boqadilar degan fikmi ilgari suradi. Shuningdek, u qullami ham saqlanib qolishini aytib uning tasawurida qullar ham, xunarmandlar ham, huquqsiz doiralar, pastkashlik, qanoat va itoatkorlik fazilatlarigina hunarmand kosiblarga va dehqonlarga xos deb takidlaydi.
Tarbiya - deydi Platon davlat tomonidan tashkil etilm ogl, hukmron guruhlaming manfaatlarini ko‘zlamog‘i lozim. Platonning fikricha bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘yilgan tarbiyachilar rahbarligida tarbiyalanishini tavsiya etadi. 7 yoshdan 12 yoshacha esa davlat maktablarida taxsil olib, ularga o ‘qish, yozish, hisob, musiqa va ashula darslari o‘rgatiladi. 12-16 yoshgacha boigan bolalar jismoniy mashqlami o ‘rgatadigan «Polestra» maktabida, 18 yoshga qadar dunyoviy fanlarni o ‘qitadigan maktablarda, 18-20 yoshgacha esa «Efeb» maktablarida taxsil olib harbiy ta’lim o ‘rgatiladi. Uning fikricha, «Efeb» maktabini tugatgandan so‘ng qobiliyatii va iqtidori boigan yigitlar falsafa ilmini o ‘rgatadigan uchinchi bosqich oliy ta’limni olaydilar. Platon tarbiya tizimida asosan jismoniy mehnatga nafratni singdirish, quldorlar manfaatini himoya qilish maqsadi nazarda tutiladi. Uning pedagogika tarixida tutgan o‘mi shundaki, u dastlab maktabgacha tarbiya to‘g ‘risidagi g ‘oyani ilgari surib, yoshlarga ta’lim berishning izchillik tizimini ishlab chiqqanligidadi.
Yunon faylasuf olimlaridan yana biri Arastudir. U er, av. (384 -322) yillarda yashagan. Arastu uch xil tarbiya ya’ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya aqidalami ishlab chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Arastu birinchi bo‘lib yoshni davrlarga bo‘lish mezonini ishlab chiqishga uringan olimdir. U insonni yoshlik yillarini 3 davrga, ya’ni: 0 -7 yoshgacha; 7 -14 yoshgacha; 14-21 yoshgacha boigan davrlarga boladi. U oilaviy tarbiyaga doir bir kancha tavsiyalar beradi. Uning fikricha,bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanadi, g o ‘dakning yoshiga mos keladigan ovqatlar bilan boqish, turli xarakatli mashklar orqali uni chiniqtirib borish kerak deydi. 0 ‘g ll bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktablarida o ‘qishlari lozim deb uqtiradi. U jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya bir-biri bilan uzviy boglangan deb hisoblaydi. U bolalarga boshlang‘ich ta’lim berish vaqtida jismoniy mashqlar qilish bilan bir qatorda o‘qish, yozish, grammatika, rasm va musiqani o'rgatish kerak deb ta’kidlaydi. o ‘smirlar maktabda jiddiy ma’lumot olishlari, ular: adabiyot, tarix, falsafa, matematika, astronomiya va boshqa fanlarni o ‘rganishlari lozim deydi. Arastu xotin-qizlarning tarbiyasi erkaklaming tarbiyasiga o‘xshashi mumkin emas, chunki xotin-qizlarning tabiati erkaklaming tabiatidan farq qiladi deb hisoblaydi. Arastu Platondan farq qilib, bola tarbiyasida oila tarbiyadan chetlashtirilmaydi. Axloqiy tarbiya berish asosan oila zimmasida ekanligini uqtiradi.
Demokrit, er, av, (460-370) yillarda yashagan. U tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi b oiib ilgari surgan olim boiib , u «Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o'xshaydi» deydi. «Ta’lim mehnat asosidagina go‘zal narsalami hosil qiladi» deb tarbiya ishida mehnatning roli beqiyos ekanligini takidlaydi. Uning xizmati shundaki, u inson kamolatida mehnat tarbiyasining roliga katta e’tibor berib, yoshlarga mehnat tarbiyasi berishning usullarini ko‘rsatib berganligidadir.
26.G‘arbiyEvropadamaktab, maorifvapedagogikfikrlar.(YA. A.Komenskiy, J.Russo, G.Pestolotssi, A.Disterveg).
Tarbiyaning tabiatga mosligi haqidagi fikr dastlab Aristotel asarlarida uchraydi, lekin u bu masalani batafsil yoritmagan. Russo, Pestalossi, Disterveglaming asarlarida ham tarbiyaning tabiatga uyg‘unligi haqida fikr yuritilladi, lekin ular tarbiyaning tabiatga uyg‘un b oiish masalasini turlicha tushunadilar. «Buyuk didaktika» asarida bayon etilgan asosiy fikrlardan biri tarbiya va o ‘qtishning tabiatga uyg‘un boiishi haqidagi g ‘oyadir. Tarbiyaning tabiatga moslik tamoyilini birinchi marotaba Komenskiy nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqdi. Komenskiy inson tabiatining bir qismi va u tabiatining bir qismi sifatida uning eng asosiy umumiy qonuniyatlariga buysunadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, tabiatning bu qonuniyatlari o‘simliklar va hayvonot olamiga ham, shuningdek insonga nisbatan ham o ‘z ta’sirini o ‘tkazib turadi. Komenskiy maktabning aniq tartibini tabiatdan olmoq kerak, tabiatni ham o ‘z harakatlari da namoyon qilayotgan jarayonlarini kuzatishga asoslanib bilish lozim, deb ta’lim beradi. Ta’lim-tarbiya «Bolaning tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil va osonroq o ‘qitish mumkin» Komenskiy bolalarni 6 yoshga qadar Onalar maktabida tarbiyalashni taklif qiladi. Bolalik davrida jamoalar va qishloqlarda ona tilida olti yillik boshlangich maktab bolishi lozim. 0 ‘smirlar uchun shaharlarda lotin maktabi yoki gimnaziya b olish i kerak. Komenskiy hamma uchun umumiy maktab b olish i lozim degan fikmi ilgari surdi. Uning fikricha onalar maktabida bolalar boshlangich ma’lumot, tabiat ilmi sohasida suv yer, havo, olov, yom g‘ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o‘simlik, qush, ho‘kiz va hokazolar nima ekanligini bilib olishlari kerak. Bolalarni yoshlik chog‘idan.oq uy ruzg‘or ishlariga, mehnatga o ‘rgatish kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda ozodalikka, mehnatsevarlikka, kattalami hurmat qilishga, m o‘mmqobillik, rostgo‘ylik, odillikka o ‘rgatish kerak. Uning fikricha, lotin maktabi, gimnaziyada grek tillari, ona tili va hokazo fanlar o'qitilishi kerak. Akademiyada ilohiyot, yuridik va tibbiyot fakultetlari bolishi kerak. Komenskiy didaktik prinsiplar deganda quyidagilami nazarda tutadi:
I . Onglik va faollik.
2. Ko'rsatmalilik.
3. Izchilik va tizimlilik.
4. Mashq qilish, bilim va malakalami puxta egallash
27. Germaniyada ta'lim tizimi.
Germaniya – jahon ilm-fani va madaniyati o‘choqlaridan biri. Bu mamlakat ildizi asrlarga borib taqaluvchi ilmiy maktablarni, Gyote, Gegel, Betxoven, Nitshe, Eynshteyn singari olim va ijodkorlarni bilan dunyoga mashhur. Xalqaro doirada eʼtirof etilgan olmon taʼlim dargohlarida mustaqil fikr hamda keng dunyoqarash shakllanishiga alohida eʼtibor beriladi. Taʼlim tizimiga tatbiq etilayotgan yangi usullar, so‘nggi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanmaganlarga esa juda qiyin. Taraqqiyot manzili sari oshiqayotgan jamiyatda bilimsiz o‘z o‘rniga ega bo‘lish amri mahol. Darvoqe, olmonlarga xos temir intizom, birso‘zlilik xislatlari ham aynan taʼlim dargohlarida shakllanadi.
Tafakkur ustaxonasi
Germaniyada maktabgacha taʼlim muassasalari davlat tizimiga kirmaydi. Bolalar bog‘chasi xayriya jamg‘armalari, mahalliy hokimiyat hamda cherkov vasiyligida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga korxona va tashkilotlar ham o‘z bog‘chasiga ega bo‘lishi mumkin. Maktabgacha taʼlim tizimi 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Hali aqlini tanib ulgurmagan bolalarda o‘z fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlang‘ich taʼlimga tayyorlashda bog‘chalarning o‘rni katta. Shu bois ham olmonlar bog‘chalarni "tafakkur ustaxonasi" deb atashadi.
Bepul va majburiy talim
Germaniya Konstitutsiyasiga muvofiq, maktab taʼlimi davlat nazoratidadir. Mamlakatda 16 ta federal hududlar mavjud bo‘lsa, ularning har biri o‘zining taʼlim to‘g‘risidagi qonuniga ega. Shu sababli federal hududlarning maktab taʼlim tizimida ayrim farqlar bor. Masalan, aksariyat hududlarda boshlang‘ich taʼlim 4 yil (birinchi sinfdan to‘rtinchiga qadar), poytaxt Berlinda esa – 6 yil. Ammo bu kabi farqlarga qaramasdan, barcha hududlar uchun umumiy tartib-qoidalar amal qiladi. Germaniyada maktab taʼlimi majburiy va bepul. 6 yoshdan 18 yoshgacha fuqarolar majburiy tartibda taʼlim olishi shart qilib belgilangan. Maktab taʼlim tizimi esa boshlang‘ich, o‘rta va yuqori bosqichlarga bo‘linadi.
Bolalar 5-6 yoshdan boshlang‘ich maktabga qatnaydi. Boshlang‘ich maktabda o‘qish davri to‘rt yildan olti yilgacha. Maktablarda birinchi, ikkinchi sinf davomida o‘quvchilarga baho qo‘yilmaydi. O‘qituvchilar baho o‘rniga bolaning individual, psixologik rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi. O‘quvchilarga 3-sinfdan baho qo‘yila boshlaydi. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi qabul qilingan. Bunga ko‘ra,
1 – aʼlo;
2 – yaxshi;
3 – qoniqarli;
4 – yetarli;
5 – yetarli emas;
6 – qoniqarsiz.
O‘quvchilar fanlarni eng kamida "4"ga o‘zlashtirishi kerak. Boshlang‘ich bosqichda bolalarga matematika, nemis tili, tabiatshunoslik, musiqa, estetika fanlari o‘tiladi.
Tanlash imkoniyati
Olmon taʼlim tizimining o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘quvchilar boshlang‘ichni tugatgandayoq kelajak yo‘lini aniqlab olishi zarur. Ana shunga asoslanib, u bir necha turdagi maktabdan birida o‘qishni davom ettiradi.
Asosiy maktab. Bu yerda bolalar to‘qqizinchi sinfgacha o‘qitiladi. Asosiy maktablarda oliy taʼlim muassasalarida o‘qish niyati yo‘q bo‘lgan, biror bir kasb etagidan tutishni ko‘zlagan o‘quvchilar taʼlim oladi. Bu turdagi maktablarda bazaviy bilimlar beriladi va asosiy eʼtibor amaliy mashg‘ulotlarga qaratiladi. Asosiy maktabni tugatgan o‘smirlar tugallanmagan o‘rta taʼlim haqida shahodatnoma oladi. Ushbu hujjat bilan kasb-hunar maktablariga kirish mumkin. Bizdagi kasb-hunar kollejlariga o‘xshab ketadigan mazkur maktablarda talaba muayyan kasb-hunar bo‘yicha bilim va tajriba oshiradi.
Real maktab. Bu turdagi maktablarda matematika va tabiiy fanlarga moyil, kelajakda oliy maʼlumotli mutaxassis bo‘lishni niyat qilgan bolalar o‘qiydi. O‘qish 5-sinfdan 10- sinfgacha. Mazkur muddat mobaynida yoshlarga turli fan sohalari bo‘yicha kengaytirilgan bilim beriladi. Real maktabni tugatgan o‘smirlar o‘qishni gimnaziyada davom ettiradi.
Gimnaziyayu. O‘quvchilar o‘rta taʼlimning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan ushbu bilim maskanida to‘qqiz yil – 5-sinfdan 13-sinfgacha taʼlim oladi. Real maktabning 10-sinfini tamomlagan yoshlar esa gimnaziyada uch yil o‘qiydi. Mazkur taʼlim dargohida gumanitar, tabiiy fanlar va xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi. O‘quvchilar o‘n birinchi sinfdan tanlagan yo‘nalishidan kelib chiqib, asosiy vaqtini bir necha fanni chuqur o‘rganishga sarflaydi. Gimnaziya – oliy taʼlimga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichi. Negaki, gimnaziyani tugatganlik to‘g‘risidagi imtiyozli shahodatnoma universitetga imtihonsiz kirish huquqini beradi. Ammo imtiyozli shahodatnomani olish oson emas. O‘quvchiga ushbu hujjatni berishda uning o‘n uch yil davomidagi natijalari hamda to‘rtta fan bo‘yicha yakuniy imtihon baholari inobatga olinadi. Olmon zaminida oliy o‘quv yurtiga kirish uchun o‘n uch yil yaxshi natija bilan o‘qish kerak. Ana shundan keyingina universitet yo‘llari ochiladi.
28. Yaponiyada ta'lim tizimi
YAponiya ta’limining shakllanishi 1867—1868 yillarda boshlangan. YAponiya o’z oldiga ikki vazifani: 1—boyish, 2-G’arb texnologiyasini YAponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasini qo’yadi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o’zgartirish kerakligi aytiladi.
1872 yili «Ta’lim haqida Qonun» qabul qilindi. Bunda yapon ta’limi G’arb ta’limi bilan uyg’unlashtiriladi. 1908 yil YAponiyada boshlang’ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. 1893 yili kasb yo’nalishidagi dastlabki kollej paydo bo’ldi.
1946 yili qabul qilingan Konstitutsiya fuqarolarning ta’lim sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari shart ekanligi belgilab qo’yilgan. Hozirgi zamon yapon ta’lim tizimlarining tarkibi quyidagicha: bog’chalar, boshlang’ich maktab, kichik o’rta maktab, yuqori o’rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o’quv yurtlari. Bolalar yosh xususiyatlariga qarab 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadi. YAponiyada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9% xususiy, 40,8% munitsipal, 0,3% davlatnikidir.
Majburiy ta’lim. Ta’limning pog’onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’z ichiga oladi. 6 yillik boshlang’ich ta’lim va 3 yillik kichik o’rta maktab, 9 yillik majburiy ta’limni tashkil etadi va u bepuldir, tekin darsliklar bilan ta’minlangan. Muxtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o’quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Zarur bo’lgan taqdirda ularning oilalariga moddiy yordam ko’rsatiladi. SHu qatorda xususiy maktablar ham mavjud.
YUqori bosqich o’rta maktab 10, 11, 12 sinflarni o’z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi va kechki bo’limlari mavjud. O’quvchilarning 95% kunduzgi maktablarda o’qiydilar.
YAponiyada o’quv yili 240 kun (AQSH 180). O’quv yili 1 apreldan boshlanib martda tugaydi. YOzgi kanikul iyun oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar 7 soatdan o’tiladi.
Dorilfununlarga katta o’rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni tugatgan o’quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo’lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiy, 1-toifadagi universitetlarda har bir o’qituvchiga 8 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to’g’ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo’linadi: 1-bosqichi turar joyda o’tkaziladi: buning uchun yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, ximiya, jamiyatshunoslik, tarix bo’yicha test sinovlaridan o’tadilar.
Bu sinovlardan o’tgan o’quvchilar universitetlarga yo’llanma oladilar va yana sinovdan o’tadilar. Xususiy universitetlarga esa to’g’ridan-to’g’ri test topshiriladi. Bir qator xususiy universitetlar o’zining uzluksiz shaxobchasiga esa (bog’chadan boshlab hamma bosqichlarni qamrab oladi). Universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas. Lekin o’qish muddatini cho’zish mumkin (4 yillik o’qish 5-6 yilgacha cho’zilib ketishi mumkin).
Kollejlar:
1-kichik kollej;
2-texnik kollej
3-maxsus kollejlarga bo’linadi.
Uni bitirgan talabalar bakalavr diplomini oladi va universitetning 3 yoki 4 kurslariga qabul qilinadi.
29. O‘zbekistondata’limnirivojlanishistiqbollari.
Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”.
Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.
Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilm-fanning yirik o'choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o'quv yurtlari, dunyodagi etakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so'nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta'lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o'quv yurtlarining soni 125 taga etdi.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Aholi fikrini o'rgangan holda, sirtqi va kechki ta'lim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta'limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga etdi.
Professor-o'qituvchilarning xorijdagi oliy ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o'tashini ta'minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori
2018 yilga nisbatan o'rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy ta'lim muassasasi o'zini-o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tkazildi.
Oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko'paytirib, 2 mingtaga etkazilishi oliy ta'limga qamrab olish ko'lamini yanada kengaytirdi.

30.O‘quvchilar jamoasi - pedagogik jarayonnnng asosiy shakli




36.Xalq pedagogikasida ta’lim-tarbiyaga oid fikrlarning ifodalanishi.


Xalq pedagogikasi - tarbiyaning maqsad va vazifalari borasida muayyan xalqning hayotiy tajribasi hamda turmush tarzida shakllangan amaliy qarashlar majmui; muayyan jamiyatda yashash uchun har bir odam amal qilishi shart sanalgan va urfodat, udum, xulqodob, marosim, anʼana, turmush tarzi, badiiy ijod, uyin singari empirik vositalarda namoyon buladigan amaliy faoliyat hamdir. Xalq pedagogikasi fanda etnopedagogika deb ham yuritiladi. Ped. fanida Xalq pedagogikasiga xos eng muhim belgilaridan biri uning qadimiyligidir. Har qanday xalq muayyan etnos sifatida mavjud bulishi uchun oʻziga xos qiyofaga ega boʻlishi kerak. Xalqning ijtimoiy, maʼnaviy, intellektual qiyofasi esa uning ped. vositasidagina shakllanadi. Xalq pedagogikasi muayyan xalqning oʻzi bilan birga dunyoga kelgani uchun ham uning tarixi xalq tarixi bilan teng. Xalq pedagogikasining ikkinchi belgisi uning toʻliq amaliy xususiyatga egaligidir. Xalq taʼlim-tarbiya jarayoni va uning natijalariga pragmatik nazar bilan qaragani uchun Xalq pedagogikasi gʻoyalar shaklida emas, balki urfodat, anʼana, amal, udum, xulqodoblar tarzida namoyon boʻladi. Xalq pedagogikasi taʼlimtarbiya haqidagi fikrlar yigʻindisi emas, balki amal qilinishi majburiy boʻlgan va bajarilishi hamma tomonidan nazorat qilinadigan amaliy xulqiy koʻnikmalar va sh.k. majmuidir. Xalq pedagogikasining uchinchi xususiyati uning muallifi nomaʼlum, anonim ped. ekanligidir. Xalq pedagogikasi talablarining yaratuvchisi maʼlum boʻlmaganligi uchun ham muqaddas sanalgan va soʻzsiz bajarilgan. Etnopedagogikaga doyr biror talabning muallifi maʼlum boʻlsa, uning taʼsiri pasayib ketadi. Chunki u, kim boʻlsada, qandaydir bir odamning istagi sifatida qabul etiladi. Anonimlik esa urfodat, udum, xulqodatlarga sirlilik, muqaddaslik tusini beradi. Xalq pedagogikasining toʻrtinchi belgisi uning sinkretik (qorishiq) xususiyatga egaligidir. Xalq hayoti koʻp qirrali ekani holda yaxlit boʻlgani singari uning ped.si ham qorishiqdir. Xalqning turli yoʻnalishdagi pedagogik tadbirlari sinkretik tarzda birvarakaiiga olib borilgani uchun Xalq pedagogikasiga alohidalik emas, umumiylik xosdir. Xalq pedagogikasining beshinchi belgisi uning keng yoyilganligidir. Xalq pedagogikasiga oid amallar muayyan etnik birlikning hammasiga birday tatbiq qilinadi. Muayyan shaxslarning xohishirodasi qandayligidan qatʼi nazar, xalqning har bir vakili uning tarbiya va yashash tarziga doyr talablariga rioya etishga majbur. Xalq pedagogikasi talablarini bajarishda tarbiyalanuvchining istaklari inobatga olinmaydi. Muayyan etnik birlikning turmush tarzida namoyon boʻlishi Xalq pedagogikasining oltinchi xususiyatidir. Xalq pedagogikasi empirik tabiatga ega boʻlib, jamiyat aʼzolari hayotini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan va uning qoidalari muhokama uchun emas, balki turmush mobaynida amal qilish uchundir.
37..Avesto” ta’limiy-axloqiy asar sifatida.
Avesto» tarbiyaviy manba sifatida. «Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan.
Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta'kidlab o’tish lozim.
Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta'riflanib olov, suv, er, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi.
Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi.
«Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi.
«Avesto»dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo'1sa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasawurlariga batamom muvofiq bo’lib tushadi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasawurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning har qanday topshirig’ini bajarish uning a'zolari uchun mu-qaddas qonun edi.
Xulosa qilib aytganda, «Avesto» asarida insonning barkamol bo’lib etishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb xalqlarining ham muhim ma'naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolishiga olib kelgan.
31.Barkamolshaxsnishakllantirishdapedagogikaningo‘rni.Pedagogikaningmetodologikmuammosivatadqiqotmetodlari.
Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayonlariga ta‘sir etishni nazarda tutadi. Shuningdek, ta‘lim sohasidagi bilimlarni, pedagogik faoliyatga aloqador qonun va qonuniyatlarni ham o’rganadi, tahlil qiladi va bevosita bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga taryorlaydi. Demak pedagogika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta‘lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo’llarini o’rgatuvchi fandir. Pedagogik mahoratga erishish uchun aynan pedagogika faniga oid bilim, ko’nikma va malakalarni egallashgina emas, balki psixologiya fanini ham chuqur o’rgangan kishidagina pedagogik faoliyati davomida pedagogik mahoratga erishish mumkin. Tarbiyalash g’oyat nozik san‘at bo’lib, unga jiddiy yondoshmoq darkor. O’z ishining mohir ustasi bo’lgan pedagog-bu yuksak darajada madaniyatli, o’z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san‘atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o’qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir». Bu ta‘rifni yaxshi tushunib, uning ma‘no mohiyatini tahlil etadigan bo’lsak, ushbu ta‘rifda pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bo’ladi: Ijtimoiy pedagogika fani bundam 200 ming yil oldin x,am mavjud bo‘lgan. Faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Pedagogik sotsiologiya fanniing ilk ko‘rtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo‘lib emas. xozirda ped.sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya sotsiologiya fanining tarmogi sifatida. Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o‘sib chikadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan xolda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Amaliy faoliyat - bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir. Ijtimoiy–pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashqilotlari faoliyatida alohida o‘rinni egallaydi. «Milliy g‘oya–bizning g‘oya», «Istikbolimiz–istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o‘zgartirgan o‘n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo‘la oladi. Jamoat tashqilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ‘ibot va tashqilot ishlarining ko‘lamini kengaytiradi,o‘sayotgan avlod
40.Sharq mamlakatlarida madrasalarning paydo bo’lishi va ularning ilm-fan taraqqiyotidagi o’rni.
VII—VIII asrlarda islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida arab davlatlarida paydo boʻlgan. IX—XII asrlarda islom diniga eʼtiqod qilinadigan mamlakatlarda, jumladan, Markaziy Osiyoda tarqaldi. Madrasalarda milliy ziyolilar tayyorlangan. Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida aytib oʻtilgan 937-yilgi yongʻinda zarar koʻrgan Forjak madrasasi Markaziy Osiyodagi dastlabki madrasalardandir. Madrasalarning xon madrasalari, eshon madrasalari, xususiy madrasalar kabi turlari boʻlgan. Madrasa muassislari madrasani taʼminlash uchun maxsus mulk — vaqf ajratishgan va bu mulkni boshqaruvchi mutavvalini tayinlashgan. Madrasalarning vaqf daromadlaridan bir qismi vaqf mulkini saklab turish, madrasa binosini taʼmirlash uchun ajratilgan, maʼlum qismi mutavvali, mudarrislar, talabalar, masjid imomi, muazzini, sartaroshi, farroshi va boshqa xizmatchilarga berilgan.
Madrasaga maktabxonani tugatganlar qabul qilingan. Talabalar yoshi 10 dan 40 yoshgacha boʻlgan. Ular madrasa yotoqxonalarida yashash huquqiga ega boʻlgan kunduzgi boʻlim va darslarga erkin qatnovchi sirtqi boʻlim talabalari toifalariga ajratilgan. Madrasa oʻquv dasturining umumiy jihatlari X—XII asrlarda ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib borgan. Mashgʻulotlar, odatda, sentabrda boshlanib, may oyigacha davom etgan. Yoz oylari va ramazon oyida taʼtilga chiqilgan. Madrasada hafta kunlari tahsil (shanba, yakshanba, dushanba, seshanba) — mashgʻulot kunlari va taʼtil (chorshanba, payshanba, juma) — oʻtilganlarni takrorlash hamda dam olish kunlariga boʻlingan. Darslar quyosh chiqish payti (bomdod nomozidan keyinoq) boshlangan. Madrasada taʼlim 3 bosqichda: boshlangʻich (adno), oʻrta (avsat) va yuqori (aʼlo) guruhlarda olib borilgan. Adno bosqichi "Aqoid" kitobini oʻqishga oʻtguncha davom etgan, avsat bosqichi "Aqoid" kitobini oʻqishdan boshlanib, "Sharhi mulla" kitobini oʻrganguncha boʻlgan va undan keyingi murakkab qoʻllanmalarni oʻrganuvchilar aʼlo bosqichi talabalari hisoblangan. Madrasada oʻqish talabalar iqtidoriga qarab, 7—12 yil davom etgan. Markaziy Osiyodagi madrasalarda arab va fors tilida yozilgan kitoblar oʻqitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. Madrasa oʻquv kursi, odatda, "Avvali ilm" deb nomlangan fors tilidagi oʻquv qoʻllanmasini oʻzlashtirish bilan boshlangan. Keyin oʻrta asrlarning ilmiy tili hisoblangan arab tili grammatikasi (arab tili morfologiyasi — sarfi va sintaksisi — nahvi "Bidon", "Kofiya" kabi darsliklar asosida) oʻqitilgan. Arab tili grammatikasidan soʻng oʻquv kursi 2 boʻlimga: umumtaʼlim kursi — mushkulot va fiqh kursi — masala boʻlimlariga ajratilgan. Madrasalarda fiqh kursining faroiz — meros huquqi qismi bilan birga matematika fani ham majburiy oʻquv kursiga kiritilgan. Talabalar oʻz xohish-istaklari va qobiliyatlariga qarab mushkulot yoki masala boʻlimlaridan birini, agar istasalar har ikki boʻlimni oʻqib tamomlashlari mumkin boʻlgan. Madrasalarda toʻliq kursni oʻqib tamomlash uchun talabalardan falsafa va huquq fanlariga oid taxminan 137 darslik — qoʻllanmani oʻzlashtirish talab etilgan. Bu darsliklarning aksariyatini markaziy osiyolik allomalarning asarlari, jumladan, Imom Buxoriy va Imom Termiziylarning hadis toʻplamlari, Moturidiyning "Kitob attavhid", Burhoniddin Margʻinoniyning "al-Hidoya fi sharh al-bidoya", Najmiddin Ali ibn Umar Qazviniyning "ar-risola ash-shamsiya fil qavoid al-mantiqiya", Abdurahmon Jomiyning "al-Favoid ad-diyoiya", Mahmud ibn Ahmad Mahbubiyning "Viqoyat ar-rivoya fi masoil", Ubaydulloh ibn Masʼud Mahbubiyning "an-Nuqoya" ("Muxtasar al-viqoya") kabi asarlari tashkil etgan. Madrasalarda talabalarning qiziqishlari va mudarrislarning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa, tibbiyot, kimyo, jugʻrofiya, tarix, adabiyot, aruz ilmi, meʼmorlik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar ham oʻqitilgan. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Markaziy Osiyo madrasalari oʻquv dasturi birmuncha isloh etilib, ularda oʻqitiladigan fanlar tarkibiga turk, rus, fransuz, ingliz tillari, fizika, ziroatchilik, hisob, gigiyena, psixologiya, metodika, trigonometriya, siyosiy iqtisod, tijorat kabi fanlar kirib kela boshlagan. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Buxoro amirligida 336, Xorazmda 132, Turkiston general-gubernatorligida 348 madrasa boʻlgan. XX asrning 2-choragi boshlarida sovet hukumati tomonidan madrasalar diniy muassasalar qatorida davlatdan ajratilgan va "xurofot oʻchoqlari" tamgʻasi bilan tugatib yuborilgan. Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ixtiyorida qolgan bir nechta madrasa esa endilikda faqat ruhoniylar tayyorlaydigan oʻrta va oliy diniy oʻquv yurtlariga aylantirilgan.
39.Sharq Uyg’onish davri va bu davrda ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishi.
Sharq uyg’onish davrining mashhur allomalaridan biri Ahmad al-Farg’oniy bo’lib (IX asr), u Bog’doddagi Baytul Xikmada mudarrislik qildi, riyozat, falakkiyot, geografiyaga oid asarlar yaratdi. Uning mashhur "Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob"i arab tilida yozilgan dastlabki falakkiyotga oid asar bo’lgan, yana "Astrolyabiy haqida mukammal kitob", "Oy er ustida yoki uning ostida bo’lgan paytlardagi vaqtlarni o’rganish haqida", "Etti iqlim hisoboti" kabi asarlar yaratgan.
Buyuk olim, aljabr fanining otasi Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy (783-650) Xorazmning Zamaxshar shahrida tug’ilgan. U "Al-jabr la al mukobala" (Tenglamalar va qarshilantirish), "Xisob al kind" (Hind hisobi), "Kitob surat al-arz" (Er surati haqida kitob), "Kitob at-tarix", "Ustrurolob yulduzlarining harakatini kuzatish" nomli asarlar yaratgan.
Abu Nosr Forobiy (879-950) mashhur faylasuf va allomadir. Uning falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va boshqalarga oid 160 dan ortiq asarlari ma'lum. U "Al-muallim as-saniy" (ikkinchi muallim", "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo’lgan. Uning axloq, tarbiya, sha'riyatga oid asarlari ham bor. "Kattalarning aqli haqida", "Ilmning kelib chiqishi va tasnifi", "She'r va qofiyalar haqida", "Baxt saodatga erishuv yo’llari haqida", "Fazilatli xulqlar" kabi asarlari mavjud.
Forobiy o’z falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. U kishilarni guruhlarga bo’lgan va bunda ularning diniy mazxabga emas, balki avvalo, akliy iqtidoriga, ilm o’rganish va hayotiy tajriba to’plash jarayonida orttirgan bilim va ko’nikmalariga ahamiyat beradi.
Abulqosim Maxmud ibn Umar Zamaxshariy (1074-1144) Xorazmning Zamaxshar qishlog’ida tug’iladi. U yirik olim, adabiyotshunos, shoir va yozuvchidir. U Urganchda so’ngra Buxoroda o’qiydi. Bog’dod, Makka va ko’plab shaharlarda sayohatda bo’ladi. Uning asarlaridan "Al-Kashshof" (Oshkor qiluvchi), "Chechanlik poydevori", "Xadisdagi notanish so’zlarni o’zlashtiruvchi" (lug’at), "Tog’, manzil va suvlar", "Dori - darmon va tog’lar ismlari kitobi", "Adabiyot muqaddimasi", "Hikmatli so’zlar", "Ugit va nasihatlarning oltin munchoqlari", "Saxiy yoz" kabilardir
Zamaxshariyning "Al Kashshof" kitobi hozirda ham arab mamlakatlari diniy dorilfununlarida muhim qo’llanma sifatida ishlatilmoqda. Uning "Atvoq uz - zaxab fi-l mavoi'z va-l-xutab" (Ugit va nasihatlarning olting munchoqlari) asari tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Unda tarbiyaviy xarakterdagi 100 ta maqola berilgan
.32.O‘zbekistonRespublikasiningta’limturlarivafunksiyalari.
O’zbekiston Respublikasining talim tizimi quyidagilardan iborat:
1.davlat talim standartlariga muvofiq talim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat talim muassasalari;
2.talim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;
3.talim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.
Talim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek,Vazirlar Mahkamasi alohida oliy talim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti, shuningdek xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.O’zbekistonda talim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik - Xalq Talimi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Talim Vazirligi (OO’MTV) - amalga oshiradi.
XTV maktabgacha, maktabdan tashqari muassasalar va umumiy talim maktablari faoliyati uchun masuldir. XTV boshqaruvida o’qituvchilar malakasini oshirish 5 OTM va 16 instituti mavjud. Vazirlik joylardagi tegishli talim muassasalari faoliyatini metodologik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq talimi bo’limlariga ega.
OO’MTV respublikada oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar talimiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi
Vazirlik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Vazirlik tizimiga O’rta maxsus, kasb-hunar talimi markazi, Oliy va o’rta maxsus talim, kasb-hunar talimini rivojlantirish markazi, idoraviy mansub oliy o’quv yurtlari kiradi.
O’zbekiston Respublikasi talim tizimi yagona va yaxlitdir.
O’zbekiston Respublikasida talim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi:
maktabgacha talim;
umumiy o’rta talim;
o’rta maxsus kasb-hunar talimi;
oliy talim;
oliy talimdan keyingi talim;
malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash;
maktabdan tashqari talim.
33.Shaxs rivojlanishinipg umumiy qonuniyatlari
shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.
SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. YA’ni,
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufaylitug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin.
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.
SHunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni. SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi.
38.Eng qadimgi xalq og’zaki ijodiyoti yodgorliklarida inson tarbiyasiga oid fikrlar.
Eramizdan avvalgi taxminan 484-431 yillarda yashagan yunon tarixchisi Gеrodotning "Tarix" kitobida qadimgi forslar, saklar va massagеtlarning ta'lim - tarbiyaviy qarashlariga oid muhim ma'lumotlar bеrilgan.
Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - dеb yozadi olim, - shunga ko’ra ular ko’proq o’g’illarga ega bo’lishdan faxrlanishgan. 
Gеrodotning yozishicha forslar uchun yolg’onchilik va qarzdor bo’lish sharmandalik hisoblangan, ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto unda qo’l yuvmaganlar, daryolarni muqaddas sanaganlar.
Yana bir tarixchi Plutarx fors ayollaining qahramonona jasoratlari haqida yozadi. Yana uning yozishicha Alеksandr Makеdonskiy еrli xalqlarga yaqinlashish maqsadida 30 ming bolani ajratib olib, ularga yunon tili va harbiy san'atini o’rgattiradi. 
Syuan Szin Samarqand aholisi axloqi va xulq - odobi bilan boshqalarga o’rnak bo’lganligi haqida yozadilar. Bulardan qadimda bolalar o’qitiladigan savod maktablari bo’lganligi, bundan tashqari harbiy mashqlarga o’rgatilganligi ham ma'lum bo’ladi.
Bitiktoshlar ham mavjud bo‘lgan. Bitigda yana Bilga eng muhim insoniy xislatlar, hayotiy zaruriyatlar haqida pand - nasihat bеradi. Xalkni birlashishga chaqiradi, o’zaro do’stlik, ittifoqlik, vatan manfaati uchun kurashga chorlaydi.
Ikkinchi bitig Bilga hoqon haqida. Bu 735 yili o’rnatilgan. Bilga 734 yili o’ldirilgan. Bitig Yo’llig’ tеgin tomonidan zilgan. Bu bitigad Bilga hoqonning yurishlari ko’rsatiladi. Bilga elparvar hoqon dеb taniladi. U turk xalqining vatani abadiy bo’lishi uchun kurashadi. Hoqonga xos bo’lgan hislat va fazilatlar haqida gapiriladi.
Uchinchi - Tunyukuk bitigi 717 - 718 yillarda, Tunyukuk hayotligida yozilgan. Tunyukuk vatanparvar, insonparvar shaxs sifatida namoyon bo’ladi.
Bu bitiglar asosida turklarning turmush tarzi, jamiyat a'zosining axloqiy qiyofasini bеlgilovchi muhim sifatlar haqida ma'lumotlar olish mumkin.
Irq bitigi"da eng qadimgi ajdodlarimizning xalq og’zaki ijodiga xos, mifologik hamda totеmistik ifodalar o’z aksini topgan. Voqеalar tush va uning ta'birlari tarzida bayon etiladi.
Umuman bu yodgorliklarda inson kamolotini kuylashga e'tibor qaratilgan. Ularda ajdodlarimizning xulq - odobiga oid dastlabki tasavvurlari, ezgulikka bo’lgan intilishlari ifodalangan.
Avеsto" sof diniy mazmundagi kitobdеk tuyuladi, biroq u falsafa, tarix, axloq, xalq og’zaki ijodiyoti, gеografiya, biologiya, ruhshunoslik, tarbiyashunoslik, falakkiyot, tabobat va boshqa maslalarga doir qimmatli ma'lumotlarni o’z ichiga olgan. "Zardushtiylikda"Zardusht ta'lim - tarbiya masalalariga alohida ahamiyat bеrib dеydi: "tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishni va so’ngra esa yozishni o’rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin".

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling