Ta’lim va hayot o‘rtasidagi bog’liqlik tamoyili orqali o’quvchilarda kimyo faniga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish abdakim qizi Hilola Isroilova


Download 22.99 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi22.99 Kb.
#1417811
  1   2
Bog'liq
Isroilova Hilola 2-seksiya uchun


Seksiya 2. Tabiiy fanlar, tibbiyot, qishloq xo’jaligi fanlari.
TA’LIM VA HAYOT O‘RTASIDAGI BOG’LIQLIK TAMOYILI ORQALI O’QUVCHILARDA KIMYO FANIGA BO‘LGAN QIZIQISHNI SHAKLLANTIRISH
Abdakim qizi Hilola Isroilova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Kimyo o’qitish metodikasi yo’nalishi
4-bosqich talabasi
hilolaisroilovaegamqulova@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ta’lim oluvchilarni kimyo fanini hayot bilan bog’lab o’qitish orqali ularning kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Ta’lim va hayot, bilim, ko’nikma, malaka, muammoli vaziyat, hayotiy vaziyat, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.


FORMING STUDENTS' INTEREST IN CHEMISTRY THROUGH THE PRINCIPLE OF THE CONNECTION BETWEEN EDUCATION AND LIFE
ABSTRACT
Key words: Education and life, knowledge, skills, competence, problem situation, life situation, oxidation-reduction reactions.


ФОРМИРОВАНИЕ ИНТЕРЕСА СТУДЕНТОВ К ХИМИИ ЧЕРЕЗ ПРИНЦИП СВЯЗИ ОБУЧЕНИЯ И ЖИЗНИ


Ключевые слова: Образование и жизнь, знания, умения, компетенции, проблемная ситуация, жизненная ситуация, окислительно-восстановительные реакции.
Hozirgi kunda Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni zamon talablari asosida bilim olishi, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi, ma`naviyati yuksak, komil inson etib shakllantirishda ta’lim tarbiyaning va olib boriladigan amaliy ishlarning ulkan hissasi bor. Xususan, Yurtimizda Kimyo fanini o‘qitishni rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Bu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2020- yil 24 -yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. [2,8]
Ushbu konsepsiya xalq ta’limi tizimida kimyo fanini o‘qitishni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi.
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik o‟qitish texnologiyalarni va faol metodlarni qo’llash orqali o’quvchilarda: ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, yangi bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini rivojlantirishga erishish mumkin [1].
So‘nggi yillarda ta`lim oluvchilar o‘z hayotida kimyoviy moddalar va kimyoviy mahsulotlarini ko'p qo'llashiga qaramasdan, umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida kimyo faniga qiziqish pastligi e’tiborimizni tortadi. Shu bilan birga, kimyo fanini o'rganishga ajratiladigan soatlar kamayib, o'rganiladigan bilimlar hajmi ortib bormoqda.
Bugungi kunda kimyo fanini boshlang‘ich bosqichda o‘rganishning nazariy darajasining ortishi bilan mantiqiy fikrlashning yetarli darajada emasligi o`quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
Shuning uchun o`quvchilarda kimyoviy moddalardan foydalanish madaniyatini, ushbu moddalardan notanish va tanish bo`lgan vaziyatlarda ongli va xavfsiz ravishda foydalanishni, ehtiyot choralarini, yashash muhitdagi ekologik me'yorlar va xatti-harakat qoidalarini shakllantirish zarurati kimyo fanining asosiy vazifasidir.
Maktab o‘quvchilarining kimyo faniga bo‘lgan qiziqishini ta`lim va hayot o`rtasidagi bog’liqlik tamoyili asosida ularning bilish faolligini, qiziquvchanligini va mustaqil fikrlashini rivojlantirish zamonaviy maktabning eng muhim vazifasidir. Zamonaviy umumta'lim maktabining uslubiy adabiyotlari va amaliyotida bu masalaga katta e'tibor qaratilgan.
Quyida ta’lim va hayot o’rtasidagi bog’liqlik tamoyili asosida o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishni shakllantirish uchun topshiriqlar keltirib o’tamiz.

Download 22.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling