Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 135 Ushbu savollar murakkab emasligiga qaramay koʻplab fuqorolar atmosfera havosini muhofaza qilish borasida juda kam maʼlumotga, bilimga ega ekanliklari aniqlandi. Negaki, so‘rovnomada ishtirok etgan fuqarolarning savollarga bergan javoblari juda sayoz bo‘lib, ayrim savollarga javob ham bera olishmadi. Misol uchun ―Fuqorolar atmosfera havosini qanday yoʻllar bilan ifloslantirmoqda deb oʻylaysiz?‖ deb berilgan savolga so‘rovnomada ishtirok etgan qishloq fuqarolarining qariyb 99% i xazonlarni yoqish orqali deb javob berishdi. Faqatgina bir nafar ishtirokchi xazonlarni yoqish va transport vositalaridan chiqayotgan tutun orqali atmosfera havosini ifloslanib boroyatganligini ta‘kidlagan. ―Fuqorolar qishloq havosini muhofaza qilish uchun nimalar qilishi kerak deb hisoblaysiz?‖ deya berilgan 2- savolga esa ishtirokchilarning 50% dan oshiqroq qismi xazonlarni yoqmaslik kerak deya javob berishgan, qolgan qismi esa javob berishga qiynalgan. So‘rovnomada ishtirok etgan fuqarolarga ―Fuqarolarning atrof muhitga boʻlgan muhabbatini oshirib, atmosfera havosini ifloslantirmaydigan qilib tarbiyalash va ekologik madaniyatini oshirish uchun nimalar qilish zarur deb oʻylaysiz?‖ deb berilgan 3-savolga ishtirokchilarning 70% i insonlarga yoshligidan boshlab ekologik ta‘lim berish kerakligini, shunda ekologik savodxonlik yuksalishini aytishgan. Yana 10%i aholi hududlar boʻylab tushuntirishlar olib borish lozim ekanligi aytilgan. Ishtirokchilarning yana 10%i ekologiya sohasida kadrlar sonini koʻpaytirish lozimligini bildirishdi. Qolgan 10 % ishtirokchilar tomonidan esa maktabgacha ta‘lim muassasalarida ekologik tarbiyani yanada rivojlantirish kerak deya fikr bildirdi. ―Shaxsan oʻzingiz atmosfera havosini toza saqlash uchun nimalar qilasiz?‖ deya berilgan savollarga ishtirokchilarning ko‘pchiligi javob berolmay o‘ylanib qolganligi kuzatildi. Ular atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha deyrli hech narsa qilishmayotganligini ta‘kidlashdi. XULOSA Keltirilgan ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Namangan viloyati atmosfera havosiga ko‘p miqdorda chiqindi chiqarib yuborilmoqda. Bu albatta o‘zining salbiy ta‘sirini ko‘rsatishi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois, Namangan viloyati atmosfera havosini muhofaza qilish, unga tashlanayotgan chiqindi miqdorini qattiq nazoratga olish va kamaytirish choralarini ko‘rish juda muhimdir. Qishloq aholisining atmosfera havosini ifloslanishi va uni oldini olish bo‘yicha savodxonlik darajasini aniqlash yuzasidan olib borilgan so‘rovnoma natijalaridan ko‘rinib turibdiki, atmosfera havosining ifloslanishi, unga sabab bo‘layotgan omillar va uni muhofaza qilish chora-tadbirlari bo‘yicha savodxonlik darajasi ancha past ekan. Qishloq aholisining hazonlarni yoqish muammosidan tashqari transport vositalari, sanoat korxonalari, binolarni isitish pechlaridan chiqadigan zaharli tutunlar, qishloq xo‘jaligida olib boriladigan agrotexnik tadbirlar, chorvachilik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling