Ta’lim va taraqqiyot


Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
69 
4. Atrof muhitni muhofaza uchun hamma befarq qaramoqda. 
5. Insonlar atrof muhitni ifloslashdan to‘xtamasalar, tabiatni hozirgidek 
kuchli ifloslashda davom etsalar qanday ekologik muammolar yuzaga kelishi 
mumkin? Ushbu savolga quyidagicha javoblar olindi: 
1. Juda ko‘plab kasalliklar yuzaga keladi 
2. Insonlarning umri qisqarib, o‘lim miqdori ortadi 
3. Barqaror taraqqiyot xavf ostida qoladi 
4. Atrof muhitni muhofaza uchun hamma befarq qaramoqda 
Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, aholining ekologik savodxonligi juda 
yomon ham juda yaxshi ham emasligi ma‘lum bo‘ldi. Insonlar bor bilimlariga ham 
amal qilmay, atrof-muhitga salbiy munosabatta bo‘layotganliklarini, tabiat 
muhofazasiga vijdonan yondoshmayotganliklarini o‘zlari so‘rovnomalarda tan 
oldilar.  
Aholining ekologik savodxonligini, aniqrog‘i, qishloq hududlari aholisining 
atmosfera havosini ifloslanishi va ularni oldini olish imkoniyatlari bo‘yicha 
savodxonlik darajasini baholash hamda qilinishi kerak boʻlgan ishlar haqida fikr 
almashish maqsadida Namangan viloyati Chust tumanining Chustnon qishlog‘ida 
ham maxsus tadqiqotlar olib borildi. Ya‘ni, bu bo‘yicha qishloq aholisi o‘rtasida 
ekologik soʻrovnoma tashkil qilindi. Soʻrovnoma Chust tumanining Chustnon 
qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 58 nafar, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on 
tumanining Naymancha qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 28 nafar hamda viloyatning 
yana bir qator qishloqlarida istiqomat qiluvchi 12 nafar fuqarolar o‘rtasida tashkil 
qilindi.
So‘rovnomada ishtirok etgan fuqarolarga ―Fuqarolarning atrof muhitga 
boʻlgan muhabbatini oshirib, atmosfera havosini ifloslantirmaydigan qilib 
tarbiyalash va ekologik madaniyatini oshirish uchun nimalar qilish zarur deb 
oʻylaysiz?‖ deb berilgan 3-savolga ishtirokchilarning 70% i insonlarga yoshligidan 
boshlab ekologik ta‘lim berish kerakligini, shunda ekologik savodxonlik 
yuksalishini aytishgan. Yana 10%i aholi hududlar boʻylab tushuntirishlar olib 
borish lozim ekanligi aytilgan. Ishtirokchilarning yana 10%i ekologiya sohasida 
kadrlar sonini koʻpaytirish lozimligini bildirishdi. Qolgan 10 % ishtirokchilar 
tomonidan esa maktabgacha ta‘lim muassasalarida ekologik tarbiyani yanada 
rivojlantirish kerak deya fikr bildirdi. 
Olib borilgan tadqiqotlar, so‘rovnomalar natijasida atrof-muhit muhofazasiga 
doir juda ko‘plab, ya‘ni 20 ga yaqin an‘analar aniqlandiki, ularga har bir inson amal 
qilsa tabiat yanada go‘zallashib borishi, yanada sog‘lomlashishi mumkin bo‘ladi. 
Ushbu an‘analar quyidagilardir: 
1. Suvga supurma 
2. Hazonlarni yoqma 



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling