Ta’lim va taraqqiyot


TADQIQOT OBYEKTI VA USULLARI


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 
TADQIQOT OBYEKTI VA USULLARI. 
Tadqiqot obyekti. Aholining ekologik savodxonligini aniqlash uchun 
tadqiqot obyekti sifatida To‘raqo‘rg‘on tumanining markaziy qismida joylashgan 
Yettikon MFY, Ohangrabo ko‘chasi tanlab olindi.
Tadqiqot usuli. Tadqiqot usuli sifatida biz so‘rovnoma usulidan 
foydalandik. Ya‘ni, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga doir hamma bilishi joiz 
bo‘lgan ekologik savodxonlikni aniqlovchi sodda holatdagi 5 ta savollar jamlanmasi 
tuzib chiqildi. Bundan tashqari, yana bitta alohida ahamiyatga ega bo‘lgan savol 
ham tuzildi. Ushbu savol quyidagicha edi: Atrof-muhitni muhofaza qilishga doir 
o‘zbek xalqining qanday urf-odatlari mavjud va siz ularga qat‘iy amal qilasizmi? 
Ekologik savodxonlikni aniqlash uchun tuzilgan 5 ta savol jamlanmasi 
quyidagilar edi: 
1. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish fani sizningcha qanday fan? 
2. Atrof-muhit nima sababdan ifloslanib bormoqda? 
3. Atrof muhitni muhofaza qilish uchun sizningcha qanday ishlarni amalga 
oshirish lozim? 
4. Sizningcha insonlar atrof-muhitni ifloslamaslik uchun vijdonan 
yondoshadilarmi? Insonlarning ekologik bilimlari qay darajada deb o‘ylaysiz? 


 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
68 
5. Insonlar atrof muhitni ifloslashdan to‘xtamasalar, tabiatni hozirgidek 
kuchli ifloslashda davom etsalar qanday ekologik muammolar yuzaga kelishi 
mumkin? 
TADQIQOT NATIJALARI 
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ya‘ni berilgan savollarga har bir fuqarolar xar hil 
javoblar berishdi. Har bir javoblarni umumlashtirib tahlil qilganimizda o‘ziga xos 
natijalar olindi. 
1. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish fani sizningcha qanday fan?
Ushbu savolga quyidagicha javoblar olindi: 
1. Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi fan 
2. Ekologiya tabiiy resurslardan samarali foydalanishni o‘rgatadigan fan 
3. Ekologiya ekologik bilimlarni o‘rgatadigan fan 
4. Ekologiya tabiatni asrash to‘g‘risidagi fan 
5. Ekologiya atrof-muhitni toza saqlash to‘g‘risidagi fan 
2. Atrof-muhit nima sababdan ifloslanib bormoqda? Ushbu savolga 
quyidagicha javoblar olindi: 
1. Atrof-muhit zavod va fabrikalardan chiqayotgan chiqindilar sabab 
ifloslanib bormoqda 
2. Atrof-muhit insonlarni befarqligidan ifloslanib bormoqda 
3. Atrof-muhit transport vositalaridan chiqayotgan chiqindilar sabab 
ifloslanib bormoqda 
4. Atrof-muhit antropogen omillar tufayli ifloslanib bormoqda 
5. Atrof-muhit insonlarni ekologik bilimlari kamligidan ifloslanib bormoqda 
3. Atrof muhitni muhofaza qilish uchun sizningcha qanday ishlarni amalga 
oshirish lozim? Ushbu savolga quyidagicha javoblar olindi: 
1. Atrof muhitni muhofaza qilish uchun hamma bir yoqadan bosh chiqarib 
atrof-muhit muhofazasi uchun kurashishi kerak. 
2. Atrof muhitni muhofaza qilish uchun tegishli tashkilotlar nazoratini 
kuchaytirish lozim. 
3. Atrof muhitni muhofaza qilish uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini 
kuchaytirish lozim. 
4. Atrof muhitni muhofaza qilish uchun suv, tuproq va atmosfera havosini 
ifloslantirmaslik kerak. 
4. Sizningcha insonlar atrof-muhitni ifloslamaslik uchun vijdonan 
yondoshadilarmi? Insonlarning ekologik bilimlari qay darajada deb o‘ylaysiz? 
Ushbu savolga quyidagicha javoblar olindi: 
1. Aholi tabiatni ifloslamaslik uchun vijdonan yondashmayaptilar.
2. Aholining ekologik bilimlari yetarli emas
3. Hamma o‘z manfaati uchun kurashmoqda 



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling