Ta’lim va taraqqiyot


Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
41 
madaniyat va san‘at rivojiga, ijod ahliga ko‗rsatilayotgan yuksak e‘tibor misolida 
ham ko‗rish mumkin.Binobarin, davlatimiz rahbari ta‘biri bilan aytganda
mamlakatimizda madaniyat va san‘at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi 
degan so‗zlarining zamirida keng ma‘no mujassamdir. Shunday ekan san‘at 
xususan tasviriy san‘at va uning mohiyati, tur va janrlari haqida bilmog‗imiz lozim. 
Ushbu maqolada ham bu haqida fikr yuritamiz.[1] 
San‘at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida 
paydo bo‗ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go‗zallik hissi ortdi
voqelikdagi go‗zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat 
vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o‗zgarishlar sodir bo‗ld, aqliy 
mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san‘at rivojida 
muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san‘at va san‘atkorlar shu davrda paydo 
bo‗ldi.San‘at esa o‗zining o‗ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron 
sinfning ideologiyasini targ‗ib etuvchi kuchli g‗oyaviy qurolga aylandi. Lekin 
shunga qaramay, omma orasidan erishib chiqqan iste‘dodli jodkorlar mehnatkash 
xalq ommasining orzu istaklarini, ularning go‗zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va 
insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning 
turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag‗lubiyatlari ularning asarlarida o‗z 
ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo‗lgan ana shunday san‘at hayot 
go‗zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi
ularni tenglik ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da‘vat etdi. 
Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy 
boyliklar bo‗libgina qolmay, balki o‗zida inson aql-zakovati, hayot to‗g‗risidagi fikr-
o‗ylarini aks ettiruvchi ko‗zgu hamdir. Jahon san‘ati tarixini o‗rgatish, uning 
taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o‗tmish 
odamlarining his tuyg‗u, hayotiy tajribalarini o‗rganish g‗oyaviyestetik 
qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so‗zsiz, kishilarda hayotiy 
tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondashishga yordam 
beradi. Tasviriy san‘at turlariga rangtasvir, arxitektura, grafika, haykaltaroshlik 
kiradi.[2] 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling