Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 44 haykalchalar ham plastik dekorativ haykallar hisoblanadi. Uni mayda – plastika deb ham atashadi. O‗zbekistonda haykaltaroshlikning bu turida usta kulollardan X. Raximova, U. Jo‗raqulov, A. Muxtorov kabo xalq kulol ustalari samarali mehnat qilganlar. Grafika. ―grafika‖ – lotincha so‗z bo‗lib, ―yozaman,rasm ishlayman‖ degan ma‘noni bildiradi va tasviriy san‘atning turlaridan biri hisoblanadi. Grafikaning turlaridan biri gravyuradir. Gravyura fransuzcha so‗z bo‗lib, ―kesish‖ ma‘nosini bildiradi. Metalda tayyorlanadigan gravyurani ofort, yog‗ochdagisini ksilografiya, lenoliumdagisini linogravyura, tosh orqali tayyorlanadiganini esa litografiya deb yuritiladi. Kitob grafikasining vatani Sharq hisoblanib, XII asrlarda bu sohada sharq musavvirlaridan Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzaxxib, Muhammad Murod, Samarqandiy, Sulton Muhammad, Qosim Ali, Abdullo kabilar katta shuhrat qozongan bo‗lsalar, XX asrda O‗zbekistonda I. Ikromov, B.Kedrin, T.Muhammedov, M.Kriakidilar bu sohada Respublika va undan tashqarida ham mashhur bo‗ldilar. Grafika san‘atida estamp katta o‗rinni egallaydi. Estamp fransuzcha so‗z bo‗lib, shtamplash ma‘nosini bildiradi. Grafika texnikasining keng tarqalgan turlarida biri illyustratsiyalardir. Karikaturalar ham grafikaning bir turi hisoblanadi. Unda hayotdagi ayrim salbiy hodisa va ko‗rinishlar, shaxslar obrazi hajviy yoki hazil tarzda rasmlar orqali tasvirlanadi. O‗zbek grafikasida samarali mehnat qilgan rassomlarda yana biri T. Muhammedovdir. U asosan o‗zbek xalq ertaklariga nihoyatda jozibali illyustratsiyalar ishlab, katta shuhrat qozondi. Uning eng muvaffaqiyatli ishlaridan biri ―Nasriddin Afandi haqidagi latifalar‖ nomli kitobga ishlagan ―Eshakni o‗qishga o‗rgatish‖ nomli illyustratsiyasidir.[4]. Tasviriy san‘at janrlari Tasviriy san‘atda manzara, turmush, natyurmort, portret, tarixiy,animal, afsonaviy,marina janrlari mavjud. Janr rassom nimani tasvirlayotganiga qarab belgilanadi. 1. Manzara janri. Tasviriy san‘atda tabiat, shahar, industrial, interer ko‗rinishlarini tasvirlanishi manzara janriga taaluqlidir. Manzara janridagi asarlarning ayrimlari bevosita tabiat manzarasini haqiqiy ko‗rinishini tasvirlasa, boshqalari ijodiy tarzda xayolan ifodalangan bo‗ladi. Bu janrda ijod qilib Jotto, A. Verrokko, Leonardo do Vinchi, Rembrandtlar shuxrat qozonganlar. 2. Turmush janri. Bu janrdagi asarlar kishilarning hayoti, mehnati bilan bog;liq bo‗lib, undan ko‗proq oila, maktab, dam olish, shaxsiy va jamoatchilikdagi hayot jarayonlar aks etgan bo‗ladi. Tasviry san‘atda turmush janri XVII asrda Gollandiyada paydo bo‗lgan.Turmush janrida ijod qiluvchi rassomlar nihoyatda ko‗p |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling