Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy janr.
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 45 bo‗lib, ulardan eng mashhurlari K. Behzod, Leonardo do Vinchi, I. Repin, Z. Inog‗omov, J. Umarbekov, A. Sikeyrs, R. Kent va boshqalar hioblanadilar. 3. Natyurmort janri. ―Natyurmort‖ so‗zi fransuzcha bo‗lib, ―o‗lik narsalar(natura)‖ ma‘nosini anglatadi. U asosan rangtasvir va grafika asarlarida ishlatiladi. Tasviriy san‘atning bu janrida gullar, mevalar va sabzavotlar, qushlar, baliqlar, oziq – ovqatlar, turli predmetlar aks ettiriladi va u mustaqil janr sifatida XV-XVI asrlarda Gollandiya va Ispaniyada paydo bo‗lgan. Bu janrda rassomlardan J. Sharden, F. Snayders, I. Mashkov, P. Konchalovskiy, I. Salimjonovalar, G‗. Abduraxmonovlar shuxrat qozonganlar. 4. Portret janri. ―Portret‖ so‗zi fransuzcha ―portrait‖ so‗zidan olingan bo‗lib, kishilarni chexrasini huddi o‗ziga o‗xshatib tasvirlash ma‘nosini bildiradi. Portretda kishilarni yakka, ikki yoki bir guruh tasviri ishlanadi. Unda odamlarning boshi, beligacha yoki bo‗yi-basti bilan tasvirlanishi mumkin. Rassomlarning ijodida uning avtoportret xili keng tarqalgan. Avtoportretni rassom oynadagi o‗z aksiga qarab yaratadi. Portret janrida dastlabki portretlar Qadimgi yunonistonda mil.avv. VII-V asrlarda yaratilgan. U O‗rta asrlar Sharq miniatyurachilari va Evropa rangtasvirchilari va haykaltaroshlari ijodida keng rivoj topdi. Bu janrda K.Behzod, Leonardodo Vinchi, Mikkellanjelo, XVIII asrlarda O. Renuar, P. Pikasso, I. Repin XX asr o‗zbek rassomlaridan A. Abdullayev, Ch. Axmadov, V. Kaydalov kabilar samarali mehnat qildilar. 5. Tarixiy janr. Rangtasvirning bu janrida insoniyat tarixidagi muhim voqealar va qahramonlar hayoti tasvirlanadi. Rassom birorta tarixiy voqealar ko‗rinishini tasvirlash uchun avvalo o‗sha voqeaning boshqa tarixiy voqealar orasidagi o‗rni va muhimligini anglab yetish kerak bo‗ladi. Jang manzaralarini ifodalovchi sur‘atlar ham tarixiy janrga kiradi va uni batal janri deb yuritiladi. Bu janrdagi asarlarda asosan jang manzaralari va xarbiy yurishlar aks ettiriladi. 6. Jang manzaralarini tasvirlash qadimdan ma‘lum bo‗lsada, uning san‘atda ifodalanishi qadimgi Sharqda o‗z ifodasini topgan. Lekin bu janrni shakllanishi XV-XVI asrlarga to‗g‗ri keladi. Ayniqsa u Sharq miniatyura rangtasvirida alohida o‗rinni egallaydi. Bu janr XV-XVIII asrlarda yevropa rangtasvirida keng rivoj topgan. 7. Tarixiy va batal janrlarda samarali ijod qilgan rassomlar qatoriga K. Behzod, M. Muzaxxib, D. Velaskes, K. Bryulov, P. Pikasso, P. Rubens, F. Goyya, V.Surikov, A.Deyneka, M. Nabiyev, R. Choriyev kabilarni kiritish mumkin. 8. Animal janr. Animal lotincha ―anima‖ so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib, ―hayvon‖ demakdir. U tasviriy san‘atning deyarli barcha turlarida mavjud. Hayvon va qushlarning rasmini ishlovchi rassomlarni animalist-rassomlar deb yuritiladi. Hayvonlarni tasvirlashga qadimgi Misrda katta e‘tibor berilgan edi. Chunki, Misrliklar hayvonlarning ko‗pchiligini xudolar deb hisoblashgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling