Ta’lim va taraqqiyot


Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
45 
bo‗lib, ulardan eng mashhurlari K. Behzod, Leonardo do Vinchi, I. Repin, Z. 
Inog‗omov, J. Umarbekov, A. Sikeyrs, R. Kent va boshqalar hioblanadilar. 
3. 
Natyurmort janri. ―Natyurmort‖ so‗zi fransuzcha bo‗lib, ―o‗lik 
narsalar(natura)‖ ma‘nosini anglatadi. U asosan rangtasvir va grafika asarlarida 
ishlatiladi. Tasviriy san‘atning bu janrida gullar, mevalar va sabzavotlar, qushlar, 
baliqlar, oziq – ovqatlar, turli predmetlar aks ettiriladi va u mustaqil janr sifatida 
XV-XVI asrlarda Gollandiya va Ispaniyada paydo bo‗lgan. Bu janrda rassomlardan 
J. Sharden, F. Snayders, I. Mashkov, P. Konchalovskiy, I. Salimjonovalar, G‗. 
Abduraxmonovlar shuxrat qozonganlar. 
4. 
Portret janri. ―Portret‖ so‗zi fransuzcha ―portrait‖ so‗zidan olingan 
bo‗lib, kishilarni chexrasini huddi o‗ziga o‗xshatib tasvirlash ma‘nosini bildiradi. 
Portretda kishilarni yakka, ikki yoki bir guruh tasviri ishlanadi. Unda odamlarning 
boshi, beligacha yoki bo‗yi-basti bilan tasvirlanishi mumkin. Rassomlarning ijodida 
uning avtoportret xili keng tarqalgan. Avtoportretni rassom oynadagi o‗z aksiga 
qarab yaratadi. Portret janrida dastlabki portretlar Qadimgi yunonistonda mil.avv. 
VII-V asrlarda yaratilgan. U O‗rta asrlar Sharq miniatyurachilari va Evropa 
rangtasvirchilari va haykaltaroshlari ijodida keng rivoj topdi. Bu janrda K.Behzod, 
Leonardodo Vinchi, Mikkellanjelo, XVIII asrlarda O. Renuar, P. Pikasso, I. Repin 
XX asr o‗zbek rassomlaridan A. Abdullayev, Ch. Axmadov, V. Kaydalov kabilar 
samarali mehnat qildilar. 
5. 
Tarixiy janr. Rangtasvirning bu janrida insoniyat tarixidagi muhim 
voqealar va qahramonlar hayoti tasvirlanadi. Rassom birorta tarixiy voqealar 
ko‗rinishini tasvirlash uchun avvalo o‗sha voqeaning boshqa tarixiy voqealar 
orasidagi o‗rni va muhimligini anglab yetish kerak bo‗ladi. Jang manzaralarini 
ifodalovchi sur‘atlar ham tarixiy janrga kiradi va uni batal janri deb yuritiladi. Bu 
janrdagi asarlarda asosan jang manzaralari va xarbiy yurishlar aks ettiriladi. 
6. 
Jang manzaralarini tasvirlash qadimdan ma‘lum bo‗lsada, uning 
san‘atda ifodalanishi qadimgi Sharqda o‗z ifodasini topgan. Lekin bu janrni 
shakllanishi XV-XVI asrlarga to‗g‗ri keladi. Ayniqsa u Sharq miniatyura 
rangtasvirida alohida o‗rinni egallaydi. Bu janr XV-XVIII asrlarda yevropa 
rangtasvirida keng rivoj topgan. 
7. 
Tarixiy va batal janrlarda samarali ijod qilgan rassomlar qatoriga K. 
Behzod, M. Muzaxxib, D. Velaskes, K. Bryulov, P. Pikasso, P. Rubens, F. Goyya, 
V.Surikov, A.Deyneka, M. Nabiyev, R. Choriyev kabilarni kiritish mumkin.
8. 
Animal janr. Animal lotincha ―anima‖ so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib, 
―hayvon‖ demakdir. U tasviriy san‘atning deyarli barcha turlarida mavjud. Hayvon 
va qushlarning rasmini ishlovchi rassomlarni animalist-rassomlar deb yuritiladi. 
Hayvonlarni tasvirlashga qadimgi Misrda katta e‘tibor berilgan edi. Chunki, 
Misrliklar hayvonlarning ko‗pchiligini xudolar deb hisoblashgan.



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling