Ta’lim va taraqqiyot


Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
44 
haykalchalar ham plastik dekorativ haykallar hisoblanadi. Uni mayda – plastika 
deb ham atashadi. O‗zbekistonda haykaltaroshlikning bu turida usta kulollardan X. 
Raximova, U. Jo‗raqulov, A. Muxtorov kabo xalq kulol ustalari samarali mehnat 
qilganlar. 
Grafika. ―grafika‖ – lotincha so‗z bo‗lib, ―yozaman,rasm ishlayman‖ degan 
ma‘noni bildiradi va tasviriy san‘atning turlaridan biri hisoblanadi. Grafikaning 
turlaridan biri gravyuradir. Gravyura fransuzcha so‗z bo‗lib, ―kesish‖ ma‘nosini 
bildiradi. Metalda tayyorlanadigan gravyurani ofort, yog‗ochdagisini ksilografiya, 
lenoliumdagisini linogravyura, tosh orqali tayyorlanadiganini esa litografiya deb 
yuritiladi. 
Kitob grafikasining vatani Sharq hisoblanib, XII asrlarda bu sohada sharq 
musavvirlaridan Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzaxxib, Muhammad Murod, 
Samarqandiy, Sulton Muhammad, Qosim Ali, Abdullo kabilar katta shuhrat 
qozongan bo‗lsalar, XX asrda O‗zbekistonda I. Ikromov, B.Kedrin, T.Muhammedov, 
M.Kriakidilar bu sohada Respublika va undan tashqarida ham mashhur bo‗ldilar. 
Grafika san‘atida estamp katta o‗rinni egallaydi. Estamp fransuzcha so‗z 
bo‗lib, shtamplash ma‘nosini bildiradi. 
Grafika texnikasining keng tarqalgan turlarida biri illyustratsiyalardir.
Karikaturalar ham grafikaning bir turi hisoblanadi. Unda hayotdagi ayrim 
salbiy hodisa va ko‗rinishlar, shaxslar obrazi hajviy yoki hazil tarzda rasmlar orqali 
tasvirlanadi. 
O‗zbek grafikasida samarali mehnat qilgan rassomlarda yana biri T. 
Muhammedovdir. U asosan o‗zbek xalq ertaklariga nihoyatda jozibali 
illyustratsiyalar ishlab, katta shuhrat qozondi. Uning eng muvaffaqiyatli ishlaridan 
biri ―Nasriddin Afandi haqidagi latifalar‖ nomli kitobga ishlagan ―Eshakni o‗qishga 
o‗rgatish‖ nomli illyustratsiyasidir.[4]. 
Tasviriy san‘at janrlari 
Tasviriy san‘atda manzara, turmush, natyurmort, portret, tarixiy,animal, 
afsonaviy,marina janrlari mavjud. Janr rassom nimani tasvirlayotganiga qarab 
belgilanadi.
1. 
Manzara janri. Tasviriy san‘atda tabiat, shahar, industrial, interer 
ko‗rinishlarini tasvirlanishi manzara janriga taaluqlidir. Manzara janridagi 
asarlarning ayrimlari bevosita tabiat manzarasini haqiqiy ko‗rinishini tasvirlasa, 
boshqalari ijodiy tarzda xayolan ifodalangan bo‗ladi. Bu janrda ijod qilib Jotto, A. 
Verrokko, Leonardo do Vinchi, Rembrandtlar shuxrat qozonganlar. 
2. 
Turmush janri. Bu janrdagi asarlar kishilarning hayoti, mehnati bilan 
bog;liq bo‗lib, undan ko‗proq oila, maktab, dam olish, shaxsiy va jamoatchilikdagi 
hayot jarayonlar aks etgan bo‗ladi. Tasviry san‘atda turmush janri XVII asrda 
Gollandiyada paydo bo‗lgan.Turmush janrida ijod qiluvchi rassomlar nihoyatda ko‗p 



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling