Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 41 madaniyat va san‘at rivojiga, ijod ahliga ko‗rsatilayotgan yuksak e‘tibor misolida ham ko‗rish mumkin.Binobarin, davlatimiz rahbari ta‘biri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat va san‘at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi degan so‗zlarining zamirida keng ma‘no mujassamdir. Shunday ekan san‘at xususan tasviriy san‘at va uning mohiyati, tur va janrlari haqida bilmog‗imiz lozim. Ushbu maqolada ham bu haqida fikr yuritamiz.[1] San‘at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo‗ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go‗zallik hissi ortdi, voqelikdagi go‗zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o‗zgarishlar sodir bo‗ld, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san‘at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san‘at va san‘atkorlar shu davrda paydo bo‗ldi.San‘at esa o‗zining o‗ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning ideologiyasini targ‗ib etuvchi kuchli g‗oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan erishib chiqqan iste‘dodli jodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu istaklarini, ularning go‗zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag‗lubiyatlari ularning asarlarida o‗z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo‗lgan ana shunday san‘at hayot go‗zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da‘vat etdi. Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bo‗libgina qolmay, balki o‗zida inson aql-zakovati, hayot to‗g‗risidagi fikr- o‗ylarini aks ettiruvchi ko‗zgu hamdir. Jahon san‘ati tarixini o‗rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o‗tmish odamlarining his tuyg‗u, hayotiy tajribalarini o‗rganish g‗oyaviyestetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so‗zsiz, kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondashishga yordam beradi. Tasviriy san‘at turlariga rangtasvir, arxitektura, grafika, haykaltaroshlik kiradi.[2] Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling