Ta’lim va taraqqiyot


Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
43 
tashqi devorlariga tempera bo‗yoqlari bilan ishlanadi. Monumental rangtasvir 
asarlarining freska, vitraj, mozaika, panno kabi turlari mavjud. 
Freskalar asosan bino devorlariga pannolar esa matolarga bo‗yoqlar biln 
ishlanadi. 
Vitraj esa binolarning deraalari, eshiklari, oynalari ustiga bo‗yoqlar 
yordamida ishlanadi. Vitrajlar uy ichkarisi va tashqarisidan ham bir xil ishlanadi. 
Mozaika turli tabiiy tashlandiq materiallar- rangli oyna parchalari, toshlar, 
sintetik materiallardan bino devorlariga yoki tekis materiallar ustiga ishlanadi. 
4. 
Dekorativ rangtasvir asarlari mustaqil amaliy ahamiyat kasb etib, u
binolarni ichki va tashqi devorlarini bezatishda qo‗llaniladi. Ular panno shaklida 
shuningdek, quticha, sandiq, padnis, shkaflarni bezatishda qo‗l keladi. Bino ichini 
bezatishga xizmat qiladigan naqshlar, frizlar, namoyn kabi mayda elementlar ham 
dekorativ rangtasvirga kiradi. 
5. 
Teatr bezagi o‗z ichiga spektakl dekoratsiyalari, unda ishlatiladigan
grim, butaforlar bilan bog‗liq. Ular teatr rassomi tomonidan tayyorlanib, spektakl 
mazmunini tomoshabin tomonidan keng va chuqurroq anglab yetishga yordam 
beradi. Bu beaklarda rassomlar sahnadagi yorug‗lantirish va ranglarni hisobga olib 
tasvirlaydilar. 
Tasviriy san‘at nazariyasi va amliyotida akademik rangtasvir iborasi ham 
ishlatiladi. Akademik rangtasvir asosan o‗quv jarayonida foydalaniladigan 
ko‗rgazmali rangtasvir ishlarini nazarda tutadi.[3]. 
Haykaltaroshlik. 
Xaykaltaroshlikrangtasvir kabi hayotiy voqea va xodisalarni turli uslub va 
tasvirlash texnikasi va materiallar yordamida ifodalaydi. Haykaltaroshlik tosh, 
gips, metal, yog‗och, vosk (mo‗m), sim kabi materiallar keng qo‗llaniladi. 
Haykaltaroshlik asarlari kesish, ulash, yopishtirish va o‗yish, quyish orqali 
bajariladi.
Relefni ikki xili bo‗ladi: 
1. Barelefda tasvirning qalinligi yarmidan kam bo‗rtb chiqqan bo‗ladi. 
2. Gorelefda esa tasvir uning qalinligining yarmidan ko‗prog‗i bo‗rtib chiqqan 
bo‗ladi.
Xaykallar shakl va mazmun jihatdan realistik, dekorativ va abstrakt 
yo‗nalishlarda bo‗ladi.
Xaykaltaroshlikning dastgohli, monumental, yodgorlik (me‘morial, dekorativ 
va monumental-dekorariv turlari mavjud. 
Plastik haykaltaroshlik – haykaltaroshlikning bir turi sifatida monumental 
haykallarda, yodgorlik hykallarda, shuningdek binolarning ichki va tashqi bezak 
ishlarida ishlatiladi. Ular o‗lchov jihatdan mayda bo‗lib, mustaqil amaliy ahamiyat 
ham kasb etadi. Maxsus loydan ishlanadigan kichik o‗lchovdagi o‗yinchoq 



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling