Ta’lim va taraqqiyot


Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
46 
O‗zbekistonda hayvonlar tasvirini ishlash eramizdan avval VII-V asrlarda 
Afrosiyob freska va haykallarida (fil, ot, tuya, qushlar) yuksak badiiy saviyada 
ishlanganligini guvohi bo‗lamiz. XV-XVI asr Yevropada Uyg‗onish davri 
rangtasvirida A. Piznello, Leonardo do Vinchi, A. Dyurerlar hayvonlar tasvirini 
aniq realistik tarzda tasvirlashga harakat qilganlar.XVII asrga kelib Gollandiyada 
hayvonlarni tasvirlash alohida janrga aylandi. Keyinchalik, animal janrda rassom 
va haykaltaroshlardan P. Klodt, V. Serov, V. Vatagin, YU. Vasnetsovlar ham 
mehnat qildilar.
9. 
Afsonaviy janr.Afsonaviy janrdagi tasviriy san‘at asarlarida hayotda 
uchramaydigan, biror xalq tomonidan hayolan o‗ylab topilgan odam va hayvonlar
baliqlar voqea-hodisalar tasvirlanadi. Xususan, afsonaviy janrdagi asarlarda 
osmonda uchib yurgan qanotli farishtalar, norasida qanotli bolalar, uch boshi 
ajdarlar, yarmi odam, yarmi ot ―kentavr‖, yarmi ayol ayol, yarmi baliq rusalkalar, 
yarmi ayol, yarmi qush jonzotlar, odam shaklidagi shoxli ko‗zi bitta bahaybat devlar 
kabilar tasvirlanadi. Afsonaviy janrda ijod ilgan rassomlar qatoriga R. Santi, Sharq 
miniatyurachi rassomi S. Muhammad, M. Vrubel, V. Vasnetsovlarni kiritish 
mumkin.
10. 
Marina janri. (marina – fransuzcha so‗z bo‗lib, dengiz ko‗rinishi 
ma‘nosini bildiradi. Unda asosan dengiz ko‗rinishlari va undagi hodisalar 
tasvirlanadi. Marina janrini shakllanishida I. Ayvazovskiyning xizmatlari katta 
bo‗lgan. U o‗zining umrini faqat dengiz korinishlarini tasvirlashga bag‗ishladi. 
Uning ―To‗qqizinchi val‖, ―Chesmen jangi‖, ―Qora dengiz‖, ―To‗lqinlar orasida‖ kabi 
asarlari jahon tasviriy san‘atida munosib o‗rin egalladi. Golland manzarachi 
rassomlari marina imkoniyatlarini kengaytirib, dengiz tabiati va u bilan bog‗liq 
baliqchilar hayotini haqqoniy aks ettirdilar (Ya. Porsellis, S. de Vliger, X. Sigers va 
b.), marin turini yaratdilar.[5]. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling