Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 79 yordam beradi. Og‘zaki bayon metodini afzalliklaridan biri shundaki unda 15-20 minutda katta xajimdagi material beriladi va vaqtdan samarali foydalaniladi. Og‘zaki bayon metodlarini qator yutuqlari bilan birga kamchiliklari ham mavjud. Msalan: og‘zaki bayon metodlari yordamida xaritalar bilan ishlash drslik bilan ishlash ko‘nikmalarini shakillantirib bo‘lmaydi. Ayrim vaqtlarda og‘zaki bayon metodlari o‘qitishning asosiy metodiga aylanib qolishi mumkin, bunga o‘quvchilar mustaqil ishlarni bajarish ko‘nikmalari shakillanmaydi yoki maskur ishlarga kam e‘tibor beriladi. Oʻquv materiali mazmunini o‘quvchilar o‘zlashtirishi osonlashtirish maqsadida o‘quvchilar diqqatini eng muxim narsalarga tortishi lozim. O‘quvchilarda eshitish ko‘nikmasi asta-sikin shakillanadi. SHuning uchun turli sinflarda og‘zaki bayon davomiyligi turlicha bo‘ladi. Quyi sinflarda og‘zaki bayon 5- 140 minut , yuqori sinflarda esa darsni to‘liq egallashi mumkin. O‘qtishning og‘zaki metodlari quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.Tushuntirish metodi 2.Xikoya metodi 3.Suxbat metodi 4.Ma‘ruza metodi 5.O‘qib berish metodi 1. Tushuntirish metodi Geografik qonuniyatlar, qonunlar va boshqalar hamda tabiiy va iqtisodiy geografik jarayonlar tushuntirish metodi orqali o‘rganiladi. Quyi sinflarda tushintirish metodi quyidagi mavzularni o‘rganishda qo‘llaniladi: plan va xarita, Yerning yillik xarakati, Yerning ichki tuzilishi, tog‘ jinslari, relef va uning turlari vulkanlar, okean suvlarning sho‘rligi va xarorati, quruqlik suvlari, atmosferaning tuzilishi, mussonlar, iqlimlar va passtlarning, past bosim va yuqori bosim oblastlarning xosil bo‘lishi va x.k Yuqori sinflarda esa tushintirish metodi xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlarni tuzilishi va ularni rivojlantirish qonuniyatlarni, mexnatni gelgrafik taqsimotini, iqtisodiy rayonlarni vujudga kelishini, transport tizimini va xalqaro iqtisodiy aloqalarni asosiy turlarini va boshqa mavzularni o‘rganishda qo‘llaniladi. Tushuntirish o‘quvchilarni bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda kata axamiyatga ega tushuntirish davomida o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini oshirish maqsadida ular oldiga savollar qo‘yadi va o‘z fikrini ifoda qilishni taklif etadi. Masalan, passatlar Afrika iqlimiga qanday ta‘sir ko‘rsatadi? havo yer yuzasidan ko‘tarilganda nima sodir bo‘ladi va x.k. Tushintirish davomida o‘qituvchi xaritadan, sinf taxtasidan va turli xil ko‘rgazmali qo‘rollardan foydalanadi. 2.Xikoya metodi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling