Ta’lim va taraqqiyot


Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
80 
Xikoya metodi deb geografik borliq, voqea va xodisalarni jonli tasvirlashga 
aytiladi, bunda o‘qituvchining jonli so‘zi muhim o‘rin tutadi. Xikoya metodi bilan 
o‘quvchi geografik vaqea va xodisalarni, borliqni o‘quvchilar ongida jonli tasvirlarni 
shakillantirishda, o‘quvchilar geografik kashfiyotlar bilan, turli hil 
landshaftlar bilan, turli xil davlatlardagi axolining xayot iva faoliyati bilan
tanishtirishda foydalanadi. 
Xikoya metodi quyidagi talablarga javob berishi zarur: 
-xikoya qilinishi lozim bo‘lgan geografik borliq, voqea va xodisalar oldindan tanlab 
olinishi lozim; 
-xikoya o‘kuvchilar ongida o‘rganilayotgan geografik borliq, voqea va xodisalar 
haqida aniq tasavvur xosil qilishi lozim; 
- xikoya ishonchli bo‘lishi lozim, asosiy ma‘lumotlar ikkinchi darajali 
ma‘lumotlardan ajralib turishi zarur; 
- xikoya davomida turli xil ko‘rgazmali qurollardan foydalanish kerak; 
- quyi sinflarda ko‘proq o‘qituvchi o‘zi ko‘rgan geografik voqea va xodisalar xaqida 
xikoya qilib berishi kerak; 
-xikoya geografiya fanining eng so‘ngi yutuqlaridan foydalangan xolda bayon 
qilinishi lozim; 
- xikoya g‘oyaviy siyosiy jixatdan to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Unda kundalik 
matbuotda e‘lon qilingan ma‘lumotlardan foydalanmoq zarur. 
Xikoyaning samaradorligi ko‘p xollarda o‘quv materialini tanlashga dalillar 
va umumlashmalarni to‘g‘ri nisbatiga bog‘liq. Xikoya davomida o‘qituvchi turli xil 
ma‘lumotlarni bayon qilish davomida asosiy va eng muxim narsalarni, ya‘niy 
geografik tushunchalarni shakillantirishni esdan chiqarmasligi kerak. Beriladigan 
ma‘lumotlar qancha ko‘p va qiziqarli bo‘lmasin agar ular bir tizimga solinmagan 
bo‘lsa, ular orasidagi aloqalar va bog‘liqliklar ochilmasa va tegishli xulosalar 
qilinmasa xikoya ko‘zda tutilgan samarani bermaydi.
Xikoya metodi aloxida mamlakatlar va o‘lkalar geografiyasini o‘rganishda 
katta foyda beradi. 5-7 sinfarda mavzular ko‘proq tasviriy tarzda xikoya qilib 
beriladi. Masalan yirik shar-sharalardan Niagara va Vektoriya yangi Kongo 
xavzasidagi nam ekvatorial o‘rmonlarni yoki baland tog‘ o‘lkasi tabiat manzarasini 
tasvirlab berish mumkin. 6-7 sinflarda geografik borliq va xodisalarni tasvirlash
sharxlash ilmiy dalillar bilan qo‘shib olib boriladi, 5-6 sinflarda 3-10 minut, 6-7 
sinflarda 10-15 minut, 8-9 sinflarda15-20 minut bo‘lishi lozim. 
3. Suxbat metodi 
Suxbat metodi- o‘qitishning savol-javob shaklidir. Bu metoda o‘qituvchining 
savoli va o‘quvchilarning javobi asosiy o‘rin tutadi. O‘qituvchi suxbat davomida 
o‘kuvchilar fikrini o‘rganiladigan geografik borliq va xodisalarni asosiy belgilariga 
yo‘naltiradi va ularni bilish faoliyatini boshqarib boradi. O‘qituvchi darsda 



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling