Ta`lim va tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish


Fazoni idrok qilish va fazoda mo‘ljal olishda so‘zining roli


Download 0.58 Mb.
bet6/6
Sana25.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1719805
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fazoda mo‘ljalga olishni shakllantirish vazifalari o‘ziga nisbatan tinch va harakat holatidagi asosiy yo‘nalishlarni farqlash

Fazoni idrok qilish va fazoda mo‘ljal olishda so‘zining roli. Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa va hodisalaming fazoda egallagan o‘mini, shaklini, miqdorini, bir-biriga nisbatan munosabatlar bilish jarayonining shaklidir. Voqelikni idrok qilish orqali inson boriiq to‘g‘risida, uning xususiyatlari, xajmi, masofasi (ich tomonni, chuqurligi) yuzasida muayyan ma'lumotlar, xossalar, axborotlar to‘plash, ulami farqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini, hajmini va o‘zaro munosabatlarini aks ettirishdir. Demak, fazodagi narsalar uch o‘lchovda idrok qilinadi; narsalarning shakli: uch burchakli, to‘rt burchakli, kub, kvadrat, doira, konus va boshqalar. Narsalarning hajmi katta, kichik, o‘rtacha, yirik, mayda va boshqalar. Narsalarning bir-biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o‘ngda, chapda, yuqorida, pastda, uzoqda va hokazo. Fazoni ko‘rish, teri, muskul-harakat organlari bilan idrok qilinadi. Fazoni bir ko‘z bilan yoki ikki ko‘z bilan idrok qilamiz. Monokulyar idrokda narsalarning chetlaridan kelayotgan nurlar bitta ko‘zning to‘r pardasida aks etadi. Bu nurlar ko‘z gavharlarida bir-birini kesib o‘tadi va uiaming kesishgan joyida ko‘rish burchagi hosil bo‘ladi. Bu burc'nakning katta-kichikligiga hamda uning ko‘zdan qanchalik uzoq-yaqinligiga bog‘liq. Ko‘z gavharlarining va umuman ko‘zning narsalami eng yaxshi ko‘rish uchun moslashuvini akkomadasiya deyiladi. Odatda fazodagi narsalarning shakli, hajmi va o‘zaro munosabatlarini ikki ko‘z bilan binokulyar idrok qilinadi. Biz bir narsaga ikki ko‘z bilan qaraymiz. Narsalaming fazo munosabatini binokulyar idrok qilishda konvergensiya nuhim ahamiyatga ega.
Konvergensiya - biror narsaga qaraganda ikkala ko‘z soqqasining qanshar omon bab-barobar burilishidir. Konvergensiya masofani, chuqurligini aniq, to‘Iiq drok qilishga imkon beradi. Vaqtni idrok qilish
Odamda inson tomonidan vaqtni idrok qilish asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar. xususiyatlaming o‘zaro o‘rin almashinuvi tufayli namoyon bo‘ladi va )’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining ob'ektiv haqqoniy, xolis) mazmuniga,. shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatiga bog‘liq bo‘lib, ;hu mezon orqali uning mahsuldorligi o‘lchanadi. Masalan, shaxsning ehtiyoji notivasiyasi, qiziqishi va intilishlariga mutanosib vaqt birligini, idrok birligini idrok lilgan taqdirdagina vaqt ob'ektiv jihatdan kechinmalar, his-tuyg‘ularga nisbatan ihaxsning ijobiy, haqqoniy munosabatlarida tez o‘tganday idrok qilinadi, odatda 'oqtirmaslik idrok maydoniga (qarmoviga) nomutanosiblik esa shaxsda zerikish, vaqt 'sekin" o‘tish tuvg‘usini uyg‘otadi. Biz idrok qilib turgan narsa-hodisalar muayyan vaht davomida paydo bo‘ladi, o‘zgaradi va o‘tib ketadi. Vaqt materiya mavjudligining asosiy shakllaridan biridir. /aqtni idrok qilish voqelikdagi hodisalar va ulaming muntazamligini aks ettirishdir. /aqtni idrok qilish ob'ektiv reallikni aks ettirib, kishini o‘rab olgan muhitda mo‘ljal olishiga imkon beradi. Vaqtni mo‘ljal olish orientirovkasi miyaning po‘st bo‘limlari 'ordamida amalga oshadi. Lekin vaqtni idrok qiluvchi maxsus a'zo mavjud emas. Vaqtni idrok qilishda turli analizatorlar qatnashadi, biroq vaqtlar oraliqinining oir muncha aniq farqini kinestezik va eshitish sezgilari beradi. Markaziy asab tizimida bosh miya katta yarim sharlarida qo‘zg‘alish va ormozlanishning ritmik almashinuvi vaqtni idrok qilish asosida yotadi. Agar bosh riiya po‘stida qo‘zg‘alish jarayoni ustunlik qilsa, vaqt "tez" o‘tgandek, agar ormozlanish ustunlik qilsa, vaqt "sekin" o‘tgandek idrok qilinadi. Vaqtning "tez" oki "sekin" o‘tishi kishining vaqtga va diqqati yo‘naltirilgan ob'ektga munosabatiga iam bog‘liq. Masalan. biror darsning o‘tishi, kinofilmni ko‘rish, avtobus yoki biror ishining kelishini kutish va hokazo. Odamlar vaqtni ob'ektiv belgilash, uning iraliqini to‘g‘ri farqlashga imkon beradigan narsalar oy, quyosh, yulduzlar tarakatidan foydalanib kelganlar.
Boshlang`ich sinf mehnat ta`limida qog`oz bilan ishlash darslarini tashkil etish ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga hisobga olgan holda qo‘l mehnati asosida tashkil etiladi. Mehnat ta`limi darslarida o‘quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, ahloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik va aqliy imkoniyatlarini aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan, natijada ularni mehnatga tayyorlashni keyingi sinflarda davom etilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qilinadi. Boshlang`ich sinflarda mehnat ta`limi darslarida o‘quvchilar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari mahsulotlari, qog`oz va karton turlari bilan ishlaydilar. o‘quvchilar qog`oz va karton turlari bilan ishlash darslarida qog`ozni buklash va unga ishlov berish kabi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, ularni ishlatishda foydalaniladigan asbob-uskunalardan foydalanish qoidalari texnologiyalarini bilishlari kerak. Shu sababli bitiruv malakaviy ish mavzusini «Boshlang‘ich sinf mehnat darslarida qog‘ozdan amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi» deb nomladim.o‘quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi mashg`ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to‘qnash keladigan materiallar bilan
tanishadilar. Bu barcha o‘quv anjomlari daftarlar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, bosiladigan qog`oz turlari: yoziladigan, muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va oynoma qog`ozlaridir. Ta`lim jarayonida o‘quvchilar turli qog`ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari; rangi, qalinligi, zichligi siyohni shimish xususiyati, sathining xarakteri – siliq g`adir-budirligi bilan tanishadilar.
Geometriyaga oid bilimlarni o‘qitishda, mustahkamlash va olingan bilim, ko‘nikma, malakalarni nazorat qilish uchun kerakli barcha ta’lim vositalari darsning didaktik ta’minoti deyiladi.
Didaktik ta’minot tarkibida darslik va bosma asosli daftardan tashqari ko‘rgazmali qurollar (geometrik figuralarining modellari, geometrik figuralarining rasmlari, qismlarga ajaratilgan geometrik figuralar tasvirlangan plakatlar), tarqatma materiallar (o‘chash, hisoblash ishlarini bajarishga oid geometrik figuralar modellari yoki ular tasvirlangan kartochkalar, testlar, geometrik masala yozilgan kartochkalar) nazorat qilish uchun kerakli materiallar (amaliy ishlar, testlar, diktantlar mustaqil ishlar, dars ishlanmalari, axborot texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar)
Geometrik materiallni o‘qitish jarayonining sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv-metodik kompleksi yaratiladi. Bu kompleksi tarkibida darslik va bosma asosli daftardan tashqari, matematikadan topshiriqlar yozilgan kartochkalar, o‘qituvchilarga mo‘ljallangan metodik tavsiyalar va ko‘rsatmalar va boshqalar kiradi.
Geometrik materiallni o‘qitish vositalari orasida geometrik topshiriqlar yozilgan kartochkalar muhim o‘rin tutadi. Bular darsliklarga qo‘shimcha tariqasida nashr qilinadi. Ularning asosiy maqsadi individual topshiriqlar bo‘yicha bolalarning mustaqil ishlarini tashkil qilishda, programmaning asosiy materiallarini puxta o‘zlashtirishda o‘qituvchiga yordam berishdan iborat. Shunday qilib, kartochkalar darsliklarni mashqlar bilan to‘ldirishgagina mo‘ljallangan bo‘lmay, balki bolalarning, darslikka yuklab bo‘lmaydigan, mustaqil o‘quv faoliyatlarini boshqarishning bir qator funksiyalarini hambajaradi. Kartochkalardan har xil foydalanish mumkin. Masalan, ulardan o‘qituvchi mustaqil va nazorat ishlarni o‘tkazishda, o‘quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni to‘ldirishda, frontal, gruppaviy va individual ishlarni tashkil qilishda, bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solishda, bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni hisobga olish va nazorat qilishda foydalanishi mumkin.Ko‘rsatmalilikning boshlang‘ich ta’limdagi roli o‘quvchilarning abstrakt tafakkurlarini ham, konkret tafakkurlarini ham rivojlantirishdan iboratdir. Bundan tashqari, ko‘rsatmalilikdan foydalanish o‘quvchilarni faollashtiradi, ularning e’tiborini, diqqatini qo‘zg‘atadi, o‘rganilayotgan materialni puxtaroq o‘zlashtirish imkonini beradi, o‘quv jarayonini boshqarish uchun yaxshi sharoit yaratadi, vaqtni tejash imkonini beradi.Geometrik figuralar modeli «Demonstratsionniy material po matematike dlya I klassa» (muallif M. I. Moro) komplektida, shuningdek, o‘quv sanoati tomonidan chiqarilgan matematik jamlanmalar tarkibida mavjud.Shuni ta’kidlash kerakki, ob’yekt shaklini to‘g‘ri idrok qilish uchun, predmet formalarini abstraktlashtirish qobiliyatini rivojlantirish uchun o‘quvchilarning shakllarning modellarini kuzatishlarigina emas, balki ularning o‘zlari tomonidan shunday modellarning mustaqil yaratilishi ham juda muhimdir. Bu o‘rinda mashhur geometr N. A. Izvolskiyning «Biror geometrik obrazni o‘rganishdan avval bu obrazni yaratish, ro‘yobga chiqarish kerak» degan fikrini keltirish o‘rinlidir. Shu maqsadlarda (mehnat ta’limi yoki matematika darslarida) dastlabki paytlarda geometrik shakllarning modellarini andaza (shablon) ustidan qalam yuritish yo‘li bilan hosil qilishdan foydalanish mumkin. Shuningdek, figuralarning modellarini, ularni oldindan nuqtalar (ko‘pburchak uchlarini) belgilab olib katakli qog‘ozdan qiyish yo‘li bilan hosil qilish mumkin. Geometrik figuralar modellarini qog‘oz varog‘ini bukulash yo‘li bilan ham hosil qilish mumkin. Masalan, qog‘oz varog‘ini (ixtiyoriy shakldagi) uchta kesishuvchi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha shunday buklash kerakki, bunda ikkinchi va uchinchi bukilish chiziqlari o‘zaro kesishsin va boshqa nuqtalarda birinchi bukilish chizig‘ini kessin. Natijada uchburchak hosil bo‘ladi. (To‘rtburcha, beshburchak va boshqalar shunga o‘xshash hosil qilinishi mumkin.)
Geometriyaga oid bilimlarni o‘qitishda, mustahkamlash va olingan bilim, ko‘nikma, malakalarni nazorat qilish uchun kerakli barcha ta’lim vositalari darsning didaktik ta’minoti deyiladi.
Didaktik ta’minot tarkibida darslik va bosma asosli daftardan tashqari ko‘rgazmali qurollar (geometrik figuralarining modellari, geometrik figuralarining rasmlari, qismlarga ajaratilgan geometrik figuralar tasvirlangan plakatlar), tarqatma materiallar (o‘chash, hisoblash ishlarini bajarishga oid geometrik figuralar modellari yoki ular tasvirlangan kartochkalar, testlar, geometrik masala yozilgan kartochkalar) nazorat qilish uchun kerakli materiallar (amaliy ishlar, testlar, diktantlar mustaqil ishlar, dars ishlanmalari, axborot texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar)
Geometrik materiallni o‘qitish jarayonining sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv-metodik kompleksi yaratiladi. Bu kompleksi tarkibida darslik va bosma asosli daftardan tashqari, matematikadan topshiriqlar yozilgan kartochkalar, o‘qituvchilarga mo‘ljallangan metodik tavsiyalar va ko‘rsatmalar va boshqalar kiradi.
Geometrik materiallni o‘qitish vositalari orasida geometrik topshiriqlar yozilgan kartochkalar muhim o‘rin tutadi. Bular darsliklarga qo‘shimcha tariqasida nashr qilinadi. Ularning asosiy maqsadi individual topshiriqlar bo‘yicha bolalarning mustaqil ishlarini tashkil qilishda, programmaning asosiy materiallarini puxta o‘zlashtirishda o‘qituvchiga yordam berishdan iborat. Shunday qilib, kartochkalar darsliklarni mashqlar bilan to‘ldirishgagina mo‘ljallangan bo‘lmay, balki bolalarning, darslikka yuklab bo‘lmaydigan, mustaqil o‘quv faoliyatlarini boshqarishning bir qator funksiyalarini hambajaradi. Kartochkalardan har xil foydalanish mumkin. Masalan, ulardan o‘qituvchi mustaqil va nazorat ishlarni o‘tkazishda, o‘quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni to‘ldirishda, frontal, gruppaviy va individual ishlarni tashkil qilishda, bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solishda, bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni hisobga olish va nazorat qilishda foydalanishi mumkin.
Ko‘rsatmalilikning boshlang‘ich ta’limdagi roli o‘quvchilarning abstrakt tafakkurlarini ham, konkret tafakkurlarini ham rivojlantirishdan iboratdir. Bundan tashqari, ko‘rsatmalilikdan foydalanish o‘quvchilarni faollashtiradi, ularning e’tiborini, diqqatini qo‘zg‘atadi, o‘rganilayotgan materialni puxtaroq o‘zlashtirish imkonini beradi, o‘quv jarayonini boshqarish uchun yaxshi sharoit yaratadi, vaqtni tejash imkonini beradi.
Geometrik figuralar modeli «Demonstratsionniy material po matematike dlya I klassa» (muallif M. I. Moro) komplektida, shuningdek, o‘quv sanoati tomonidan chiqarilgan matematik jamlanmalar tarkibida mavjud.
Shuni ta’kidlash kerakki, ob’yekt shaklini to‘g‘ri idrok qilish uchun, predmet formalarini abstraktlashtirish qobiliyatini rivojlantirish uchun o‘quvchilarning shakllarning modellarini kuzatishlarigina emas, balki ularning o‘zlari tomonidan shunday modellarning mustaqil yaratilishi ham juda muhimdir. Bu o‘rinda mashhur geometr N. A. Izvolskiyning «Biror geometrik obrazni o‘rganishdan avval bu obrazni yaratish, ro‘yobga chiqarish kerak» degan fikrini keltirish o‘rinlidir. Shu maqsadlarda (mehnat ta’limi yoki matematika darslarida) dastlabki paytlarda geometrik shakllarning modellarini andaza (shablon) ustidan qalam yuritish yo‘li bilan hosil qilishdan foydalanish mumkin. Shuningdek, figuralarning modellarini, ularni oldindan nuqtalar (ko‘pburchak uchlarini) belgilab olib katakli qog‘ozdan qiyish yo‘li bilan hosil qilish mumkin. Geometrik figuralar modellarini qog‘oz varog‘ini bukulash yo‘li bilan ham hosil qilish mumkin. Masalan, qog‘oz varog‘ini (ixtiyoriy shakldagi) uchta kesishuvchi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha shunday buklash kerakki, bunda ikkinchi va uchinchi bukilish chiziqlari o‘zaro kesishsin va boshqa nuqtalarda birinchi bukilish chizig‘ini kessin. Natijada uchburchak hosil bo‘ladi. (To‘rtburcha, beshburchak va boshqalar shunga o‘xshash hosil qilinishi mumkin.)
Ko‘pburchaklarning modellaridan foydalanish ko‘pburchaklar nima deb atalishi va nega shunday atalishini tushunib olish, ularning tomonlari, burchaklari, uchlarini ko‘rsatish va sanash imkonini beradi; ularning ba’zi xossalarini ochish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Geometrik figuralar modellari yordamida geometrik figuralarni tanish va farqlash, klassifikatsiyasi bilan, yangi figuralar (applikatsiyalar) va naqshlar tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator topshiriqlarni bajarish mumkin.
Uch yoshli kichkintoylar dumaloq buyumlarni va burchaklari bor buyumlarni farq qilishga, ya’ni buyumlarning shakllarini elementar tahlil qilishga o‘rgatiladi.
Qarash uchun geometrik shaklga ega bo‘lgan, detallari yo‘q oddiy shakldagi buyumlar tanlanadp. Buning uchun dastlab, har xil rangdagi, ammo bir xil shakldagi, bir xil buyumlardan, masalan: uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bayroqchalardan foydalanish maqsadga muvofiq, bu kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga yordam beradi. Shundan keyin har xil rangli bir xil buyumlarni sodda shakldagi istalgan buyumlar (koptok, ip koptok g‘ildiraklar)ni berish mumkin.
Tarbiyachi bolalarga buyumlarning shakllarini payqash — harakat yo‘li bilan, “shakl” so‘ziga urg‘u bergan holda tahlil qilishni o‘rgatadi. U buyum konturi (tashqi ko‘rinishi) ustidan ko‘rsatkichni yuritib chiqadi, oxirida u buyum ustidan qo‘lini o‘tkazib “dumaloq” (g‘ildirak), — deydi.
Bolalarni birgalikda harakat qilishga jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Kichkintoylar tarbiyachining qo‘l harakatini kuzatib, xuddi shunday harakatni havoda bajarishga “yordam” berishadi. Buyum konturi ustidan qo‘l yoki ko‘rsatkich barmoq aylantirib chiqiladi. Har galgi harakat buyum ustidan qo‘lni tekkizib chiqish bilan tugaydi, shunday qilinmasa, shakl haqidagi tasavvur kontur chizig‘i bilan bog‘lanib qolishi mumkin. Tarbiyachi bolalarda buyumlar konturini o‘rab olish ularni qo‘l bilan qamrab olish, qo‘lni sirt bo‘yicha siypalab chiqish, buyumlarni dumalatish, ularni har-xil holatga qo‘yish istagini uyg‘otadi. Natijada yumaloqlangan va burchakli buyumlarning xossalarini (turg‘un, turg‘un emas va h.k.) topadilar.
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling