Ta`lim va tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish


Download 0.58 Mb.
bet5/6
Sana25.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1719805
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fazoda mo‘ljalga olishni shakllantirish vazifalari o‘ziga nisbatan tinch va harakat holatidagi asosiy yo‘nalishlarni farqlash

Fazoda mo‘ljalga olish yo‘llari. Suhbatning borishida tarbiyachi bolalar e’tiborini xarakterli detallarga qaratadi. Masalan, mashina qaralayotgan bo‘lsin; oldinda kabina, orqada kuzov, pastda oldingi va keyingi g‘ildiraklar. Buyumlar tasvirlangan qirqma rasmlar, kubchalar mustaqil ravishda detallardan (qismlardan) butunni tiklash imkonini beradi, ya’ni ob’ektning fazoviy buyumlarini (ustida-ostida, tagida-yuqorisida, oldidan-orqasidan, bir tomoni - yon tomonidan va ikkinchi tomonidan) o‘zlashtirish imkonini beradi. Bolalar hali obyektning o‘ng va chap tomonlarini farqlay olishmaydi; bu murakkab malaka maktabgacha katta yoshda o‘zlashtiriladi. Kichik guruhda buyumning fazoviy xarakteristikasini tushunish qisman o‘zlashtiriladi. U holda, deb so‘raladi, bolalarni buyumlarga, boshqa odamga nisbatan mo‘ljal olishga o‘rgatish zarur. “O‘ziga” nisbatan mo‘ljal olishning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkin. 3-javob. Tevarak -atrofimiz, ya’ni atrofimizdagi fazo, odamlar, har xil buyumlar to‘plami to‘lib-toshib yotibdi. Mana shu fazoda mo‘ljal olish ularning har xil parametrlarini, jumladan, “oldidan”, “orqasidan”, “yonidan”,“ustidan”, “ostidan”, keyinroq buyumning “chap” yoki “o‘ng” tomoni kabi parametrlarini hisobga olish majburiyatini yuklaydi. Oldin o‘ziga, so‘ngra boshqa odamga, buyumlarga nisbatan qaramaqarshi tomonlarini ajratish, birinchidan, istiqbolda bolaning faqat “o‘ziga” nisbatangina emas, balki boshqa obyektlarga, boshqa odamga nisbatan mo‘ljal olish malakasini egallashnni ta’minlaydi. 4-javob. Sutka davomida tarbiyachi bolalar e’tiborini ular faoliyatlari xarakterlari bilan boglik har xil vaqt oraliqlari o‘rtasidagi munosabatlarga qaratadi.Tarbiyachi sutka qismini aytadi va bolalarning shu qismga mos keluvchi faoliyat turlarini sanab o‘tadi, masalan: “Hozir ertalab. Siz gimnastika qildingiz, yuvindingiz, nonushta qilasiz” yoki “Hozir kunduzi. Kunduzi ota-onalarimiz ishlashadi, biz esa shug‘ullanamiz” Tarbiyachi bitta bola bilan, kichik-kichik guruhlar bilan suhbatlashib, ulardan kechasi, ertalab (uyg‘onganlaridan keyin), kunduzi nima qilganliklarini gapirib berishni so‘raydi. Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga bagishlangan mashgulotlarda bolaning sutka kakidagi tasavvurlari mustahkamlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir vaqt oralig‘i uchun xarakterli bo‘lgan faoliyat turlari tasvirlangan rasmlar o‘zlariga ko‘rsatiladi va ulardan so‘raladi: “Rasmda tasvirlangan bolalar nima suhbatda?”, “Buni ular qaysi vaqtda qilishmoqda?” Ushbu savollarga javob berish taklif qilinadi: “Sen qachon dam olasan? Sayr qilasan? Uxlaysan? va boshqalar. Kichkintoylarga kunduzi, kechasi, ertalab, kechqurun tasvirlangai rasmlarni sutkaning berilgan qismi uchun xarakterli bo‘lgan amaliy faoliyatlari tavsiflangan hikoyalardan, she’rlardan parchalar o‘qishdan ham foydalanish mumkin.
5-javob. Bolalar hafta kunlarining nomlarini va ular tartibini yaxshi eslab kolishlari uchun, ularning e’tiborini hafta kunining nomi bilan uning tartibi orasidagi boglanishga karatish kerak. Masalan, chorshanba - haftaning o‘rtasi, payshanba-haftaning turtinchi kuni, juma esa haftaning beshinchi kuni va xk. Bolalar hafta qismlarini farqlash va aytishni o‘rganib olganlaridan keyin, kunning hamma nomlarini ketma-ket o‘zlashtirish ustida ish boshlash mumkin. Bolalar haftada hammasi bo‘lib necha kun borligini aniqlashadi, ularning tartibini aytishadi. Tarbiyachi bolalardan haftaning qaysi kunlarini bilishlarini, ular haftada nechta ekanligini suraydi. Haftaning hamma kuni tartibi bilan kelib ketishini tushuntiradi: birinchi kun dushanba, ikkinchi kun seshanba, uchinchi kun chorshanba va hokazo.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling