ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (MAKTABGACHA ta‘lim) mutaxassisligi magistranti quvondiqova madina


III BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NAZMGA QIZIQISHINI RIVOJLANTIRISHNING TAJRIBA-SINOV ISHLARI NATIJALARI VA SAMARADORLIGI


Download 117.41 Kb.
bet2/7
Sana22.04.2023
Hajmi117.41 Kb.
#1376766
1   2   3   4   5   6   7
III BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NAZMGA QIZIQISHINI RIVOJLANTIRISHNING TAJRIBA-SINOV ISHLARI NATIJALARI VA SAMARADORLIGI
3.1-§ Maktabgacha yoshdagi bolalarda nazmga qiziqishni rivojlantirishning tajriba-sinov natijalari va samaradorligi...………....................................................
3.2-§ Maktabgacha yoshdagi bolalarda nazmga qiziqishni rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tajriba-sinov ishlarining natijasi va uning samaradorlik darajasi.......................
Uchinchi bob bo’yicha xulosalar..........................................................
XULOSA............................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.....................
ILOVALAR......................................................................................


KIRISH
Mavzuning dolzarblligi. Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish — davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Ma’naviyatning yuksalishi esa adabiyotning ,sa’natning yuksalishi bilan yanada ravnaq topadi.Shu o’rinda inson qalbida shunday savol tug’iladi. Ma’naviyatning yuksalishida adabiyotning o’rni qanday? Adabiyot nima uchun bizga kerak? Shu kabi savollarga javob tariqasida Cho’lponing adabiyot haqidagi fikrlarini esalab o’tishimiz joizdir.
Adabiyot har bir millatning hisli ko’ngil tarixining eng qorong’u xonalarida maishat (tirikchilik) har xil tusda va rangda bitishgan, fayzli til birga taqdir etula olmaydirg’on bir guldur. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda oning to’lquni odamning har xil maishatiga qarab o’zgaradur.
Adabiyot chin ma'nosi ila o’lgan, so’ngan, qoralangan, o’chgan, majruh, yarador ko’ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qarab singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg’on, o’tkir yurak kirlarini yuvadurg’on toza ma'rifat suvi, xiralagan oynalarimizni yorug’ va ravshan qiladirg’on buloq suvi bo’lg’onlig’idan bizga g’oyat kerakdir.1 Darhaqiqat inson qalbi ba’zida o’lib qoladi,ba’zan qush misoli yarador va majruh holga kelib qoladi ba’zan shu qadar kirlanadiki bu kirlarni faqat va faqat toza buloq suvi ya’ni adabiyot yuva oladi.Adabiyotning sehrli,sirli g’ozal olami va janrlari inson yuragidagi barcha g’uborlarni suv kabi yuvib uning qalbiga iliqlik va samimiyatni jo qiladi.Shu o’rinda adabiyotning lirik janri alohida o’rinni kasb etadi.
She'r — tuyg’ular, hayotdan olingan taassurot va tafakkurlar mevasi!
Tuyg’ular! She'r — tuyg’ular farzandi. Chuqur fikrlar, yoniq, samimiy hislar farzandi bo’ladi she'r.2 she’r tuyg’ular va hayotdan olingan taassurot, tafakkur mevasi ekan bu meva nafaqat katta yoshdagi insonlar, balki kichik qalb sohiblari uchun ham oziq bo’lib ularning ma’naviy ehtiyojlarini qondira olishiga aslo shubha yo’q. Bugungi taraqqiy etgan jadal tezlikda borayotgan glaballashuv zamonida bolajonlarimizni har tomonlama yetuk inson bo’lishida adabiyot,she’riyatning o’rni benihoya katta. Shu boisdan bolajonlarimizni maktabgacha yoshdan she’riyatga qiziqtirishimiz ularni mittigina ,yurg’ak qalblarida nazmga nisbatan chuqur muhabbat shakllantirishimiz lozim. Shu o’rinda taniqli adibimiz Oybekning quyidagi fikrlarini keltirishni joiz deb topdim.
Aziz va yosh do’stlarim!.. She'riyat quyoshi, musiqasining sehrli kuylari, bahor shabadasi kabi, sizning qalbingizga eng go’zal inson husnini beradi, eng nafis zavq bag’ishlaydi. She'r va muzika dunyosida xulqingiz nozik go’zalik, chuqur hissiyot kashf etadi.3 Haqiqatdan ham she’riyat quyosh kabi, uning zarrin nurlari kichkinyotlar qalbini yoritib, ularni qorong’ulik iskajasidan himoya etuvchi beqiyos kuchdir. Musiqaning jozibali sehri, bahorning yoqimli shabbodasi bolajonlarimiz qalbiga insoniy tuyg’ullarni shakllantirib ularning jajji yuraklariga o’zgacha husn bax etib ,zavq ulashadi. She’riyat va musiqa dunyosida bolajonlarga olam go’zalliklarini va ezgu hissiyotlarni kashf etishadi. Shu sababli ham bolajonlarimizni erta maktab yoshidan yani maktabgacha yoshdan she’riyatga oshno qilmog’imiz lozim . Prezdintimiz Shavkat Mirziyoyev shoirlar xiyobonida so’zlagan nutqlarida quyidagi fikrlarni keltirib o’tganlar ,,Shoirlar xiyoboni shunday joy bo’lishi kerakki, shoirlarimizning she’rlari bu yerda muntazam jaranglab turishi zarur. She’riyatga oshno bo’lgan inson aslo kam bo’lmaydi.’’
Darhaqiqat she’riyatga oshno insonlar aslo kam bo’lishmaydi sababi she’riyatga qiziquvchi insonlar qalbida yovuzlik, g’arazlik, ko’rolmaslik,hasad kabi tuyg’ular bo’lmaydi. She’riyatga oshno qalblar shu qadar go’zal bo’lar ekan biz mana shunday ilohiy kuchni bolajonlarimiz qalbiga maktabgacha yoshdan jo qilmog’imiz kerak.
She’riyat mazlumga homiylik qilding,
Qaroli bo’lmading zo’ravonlarning.
Olding panohingga notavonlarni,
Zolimlarni esa dushman deb bilding.4
R. Hamzatovining ushu she’rida ham ko’rinib turibdiki she’riyat doimo ezgulik uchun xizmat qilib, u mazlumlarga homiylik qiladi,zo’ravonlarni qoralaydi. Notavon kimsalarni panohiga olib,zolimlarni dushman deb biladi. Bu orqali esa bolajonlarda haqiqat ,adolat ,odillik kabi tushunchalarni anglagan holda ulg’ayishadi. Kelajada buyuk ishlarni amalga oshiruvchi ertamiz egalarini adabiyotga,nazmga oshno qilish barchamizning burchimizdir.

Download 117.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling