Harakat ko’nikmalarga jismoniy mehnat, sport va o’quv ko’nikmalari (xat yozish, tez o’qish va hokozo) kiradi.
Sensor ko’nikma va malakalarga o’lchov, yorug’lik, ovoz va simvolik ma’lumotlarni tez va to’g’ri qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan va boshqarish markazlarida takrorlab borishlar kiradi.
Aqliy ko’nikma va malakalrga–kuzatish usullari, malakalarni rivojlantirish, og’zaki va yozma hisob–kitobni ishlab chiqarish, harkatlarga yo’naltirish, ilmiy tajriba o’tkazish va hokozo, ko’nikmalar mashq natijasida yuzaga keladi, ya’ni bunda maqsad sari yo’naltirilgan (doimiy) qaytarish mustahkamlashga olib keladi va samarali usullar asosida qayta-qayta qaytarilishi amalga oshiriladi.
Inson tomonidan egallangan ko’nikma va malakalr yangi ko’nikmalarni shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan qonuniyatlar:
1. Ko’nikmaning hosil bo’lishining notekis jarayoni. Bu mashqlarning egri grafigida namoyon bo’ladi. YUqorida keltirilgan rasmda buni ko’rish mumkin.
2. Ko’nikmalarning ko’chishi. Ijobiy ko’nikmalarning yangilarini shakllanishiga ta’sir ko’chish deyiladi. Ko’nikmalarning yangilarini shakllanishiga ta’sir esa interferensiya deb ataladi, bunda eski ko’nikma yangisining shakllanishiga xalaqit beradi.
3. Ko’nikmani progessiv va regrissiv–ko’nikma uzoq va tarbiya miqdorida xizmat qilishi uchun undan foydalanish lozim. Aks holda deavtomatlashtirish yuzaga kelib, zarur harakatlar o’z tezligi, yangilig, aniqligi va avtomatlashtirilgan harakatlarni ta’minlovchi xususiyatlarini yo’qotadi.
Odatlar – bu shunday xatti–harakatlarki, ular o’z-o’zidan, avtomatik tarzda yuz beradi. Odatlarni insonning madaniy va aloqaviy xulqida ahamiyati katta.
Boshqaruv bu shunday yo’naltiriluvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy potensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib qo’yadi. Shunday ekan, o’qituvchining ta’lim–tarbiya jarayonini to’g’ri va oqilona boshqara olishi o’quvchi shaxsi kamolotida nihoyatda kattadir.
Faoliyatdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. O’quv jarayonining boshqarilishi ikkita asosiy maqsadni ko’zda tutadi. Ulardan birinchisi, o’quv jarayonini to’g’ri tashkil eta olish, ikkinchisi esa o’quvchilarning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlarini ikkinchisi esa o’quvchilarning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlarini qondirishdir. Anu shu maqsadlar boshqarishning vazifalarini belgilab beradi. Demak, o’quv jarayonini boshqarishning:
Do'stlaringiz bilan baham: |