Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari


Download 68.11 Kb.
bet8/21
Sana18.06.2023
Hajmi68.11 Kb.
#1562551
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Ta\'lim tarbiyaning psixologik asosi {5-mavzu)

Tarbiyachilarning shaxsiy namunasi (shu jumladan, o’qituvchilarning shaxsiy namunasi) o’quvchi shaxsini tarkib toptirishda muhim ahamiyatga ega. Kichik maktab yoshidagi o’quvchi ko’pincha o’qituvchiga taqlid qilib, unga o’xshashga harakat qiladi, lekin birinchidan, buni ko’pincha tushunib etmasdan qiladi, ikkinchidan, o’qituvchining tashqi ko’rinishi va qiliqlariga taqlid qiladi, chunki u hali shaxsning namoyon bo’lishini tahlil qilishga va shaxsning barqaror xislatlarini anglab etishga qodir emas. O’smir va katta maktab yoshidagi o’quvchi ko’pchilik hollarda. namunaga ongli ravishda taqlid qiladilar. O’smir o’zini katta deb hisoblay boshlagandan e`tiboran kattalarning xatti-harakatlari va ishlariga taqlid qilishga intiladi. SHuning uchun unda tevarak-atrofdagi kishilarning, ayniqsa o’ziga eng yaqin va o’zi uchun eng obro’li kishilarning xatti-harakatiga qiziqish hamda e`tibor berish yuzaga keladi. O’qituvchi qanchalik obro’li bo’lsa, uning e`tiqodi, bilimlari fikrlari, didi o’quvchilarga shunchalik ko’p ta`sir qiladigan bo’ladi. O’smir kattalarning biror xislatlariga ongli ravishda taqlid qilayotib, ko’pincha bu xislatlarni shunchalik ilib olish bilan birga, ularning salbiy xislatlari va xatti-harakatlarini ham o’ziga singdirib oladi. Agar o’qituvchi muayyan maqsadni ko’zlaydigan va printsipial matonatli, o’z burchini qat`iyat bilan bajaradigan bo’lsa, xuddi shu narsalarni o’z tarbiyalanuvchilaridan ham talab qilish unga oson bo’ladi. Aksincha, o’qituvchining tajangligi, qo’polligi, o’zini qo’lga ola olmasligi, manmanligi o’quvchilarga salbiy ta`sir ko’rsatadi.
O’qituvchilar va ota-onalar ba`zan tarbiyaviy ishlarda o’zlarining shaxsan namuna ko’rsatishlarining ta`siriga etarlicha baho bermaydilar. Holbuki, ularning qilayotgan ishlari, o’zlarini qanday tutishlari ularning aytgan gaplariga, o’rgatgan narsalariga qaraganda kamroq emas, balki ko’proq ahamiyatga ega bo’ladi. A. S. Makarenko ta`kidlab o’tgan ediki, bu jihatdan odam xulq atvorining hamma tomonlari, hatto odamning qanday quvonishi va xafa bo’lishi, uning do’stlari hamda dushmanlari bilan qanday munosabatda bo’lishi, uning boshqa kishilar bilan qanday gaplashishi va boshqalar to’g’risida qanday gapirishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi xulq-atvorining o’z so’zlariga zid kelishi hollari ham tarbiya uchun juda zararlidir. Agar o’quvchi bunday holni bir necha marta, uning ustiga, har xil kishilarda kuzatadigan bo’lsa, unda ikki yuzlamalik tarbiyalanadi. U, odamning ishi gapiga to’g’ri kelmasligi mumkin, og’izda bir narsani gapirib, hayotda esa uning aksini qilishi mumkin, o’zining haqiqiy fikrlarini gap bilan yashirishi mumkin, bunday xatti-harakatlar kattalar dunyosida qabul qilingan, degan xulosaga kelishi mumkin.
Misol uchun: Kunlardan birida maktab direktori o’z oldiga yugurib kelib, unga telefon qilayotganlarini aytgan bolaga biznnng oldimizda shunday dedi: «Ha, rayonodan telefon qilayotgan bo’lsalar kerak, mening vaqtim yo’q, sen borginda, meni topa olmadim, maktabda yo’q ekanlar, deb ayt»,— dedi.
SHu tariqa kattalar o’zlari istamaganlari holda yolg’onchilik va ikki yuzlamalikdan o’smirlarga yaqqol saboq berdilar.
Ba`zi hollarda tez ta`sirlanuvchi o’smir bu «kashfiyot»dan qattiq qiynalishi mumkin. Matbuotda 15 yashar o’quvchining uyidan qochib ketgani tavsiflab berilgan edi. U o’z ota-onalarini, sevimli sinf rahbarini vijdonli, to’g’ri so’zli kishilar deb hisoblashga odatlanib qolgan edi. Buni qarangki, bir kuni u ularning so’zi ishiga to’g’ri kelmasligini, hurmatli kishilarning munofiqlik va ikki yuzlamalik qilayotganliklarini sezib qoldi. «Men uchun namuna bo’lgan kishilar yolg’onchilik qilayotgan bo’lsalar, boshqalardan nimani kutish mumkin? Umuman haqiqat bormi?»—deb xunob bo’lib O’z-o’zidan so’rar edi o’smir.
YUqorida aytilgan fikrlardan, o’qituvchilar va ota-onalar o’zlariga hamda o’z xulq atvorlariga nisbatan juda qattiq talab qo’yishlari, o’nlab bolalarning sinovchan ko’zlari ularni kuzatib turganligini hech qachon unutmasliklari kerak, kattalar maktab o’quvchilarini so’z bilangina emas, balki o’z xulqatvorlari bilan ham tarbiyalashlarini esdan chiqarmasliklari lozim, degan xulosa chiqarish kerak.«O’qituvchi—mutaxassisligi to’g’ri xulqatvordan tarkib topgan kishidir», deb bekorga aytmaydilar. O’qituvchi va ota-onalar o’quvchilar uchun o’zlarining printsipialligi; irodaviy xislatlari, kamtarligi, mehribonligi, mehnatsevarligi bilan, yaxshi ishlab chiqarish boshqaruvchisi va ijtimoiy faoliyatining aktiv boshqaruvchisi bo’lish bilan, yuksak ideallar va intilishlarga yo’l boshlovchi sifatida namuna bo’lishlari kerak,— bularning hammasi barcha yosh bosqichlarida shaxsning ijobiy xislatlarini tarkib toptirishga ko’p jihatdan yordam beradi.
Agar o’quvchilar ayniqsa yaxshi tarbiyalangan bo’lsa, ularda yuksak e`tiqodlar tarkib topgan, muayyan axloqiy odatlar mustahkamlangan bo’lsa, hamma vaqt ham kattalarning salbiy namunasi ularda taqlid qilish istagini keltirib chiqaravermaydi, ammo bunday xatti-harakatlarga yo’l qo’ygan kattalarning obro’ e`tibori o’quvchilarning ko’z o’ngida pasayib boradi, ba`zan esa butunlay tushib ketadi. Agar o’quvchi axloqiy jihatdan hali barqaror bo’lmasa( juda ko’p hollarda shunday bo’ladi) yoki bunga o’xshash namunalarni u bir necha marta qabul qilgan bo’lsa, unda uning xulq atvori o’sha namunalarga muvofiq tarzda yomon tomonga o’zgarishi mumkin.
Tabiiyki, hamma o’qituvchilar va ota-onalarning kamchiliklari bo’lmasligini hamda o’z xatti-harakatlarida xatolarga yo’l qo’ymasliklarini kutib o’tirish yaramaydi. Ammo o’quvchilar oldida bunday kamchiliklarni ko’rsatmaslikni talab etish mumkin va kerak. Agar shunga o’xshash hol bari bir yuz bersa, yahshisi o’zining nohaqligini qulay va nazokatli bir tarzda (bu— zaruriy shart) bo’yinga olish kerak. Ko’pchilik tarbiyachilar, o’z xatosini tarbiyalanuvchilar oldida bo’yinga olish ularning ko’z o’ngida o’z obro’sini yo’qotish demakdir, deb hisoblab, xato qiladilar. Eng yaxshisi xatoga yo’l qo’ymagan ma`qul, agar xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa, ikkinchi xatoni takrorlab o’tirish: o’jarlik bilan o’zining gunohsizligiga ishontirishga yoki o’z xatti-harakatini oqlashga intilish yaramaydi. Bunday qilish chindan ham obro’ni to’kadi. O’z xatosini oqilona va nazokatli bir tarzda ochiqdan-ochiq tan olish esa (agar shu kishi tajribasida bunday xatolar kamdankam uchragan hollarda) tarbiyachining obro’yiga putur etkazmaydi, salbiy namuna esa o’z kuchini yo’qotadi. O’smirlarda o’z aybi yoki xatosini mardlik bilan vijdonan va to’g’ridan-to’g’ri tan olgan katta kishiga nisbatan hurmat kuchayib ketadi.
Misol uchun: "Maktablardan birida direktor o’z xonasiga xovliqqan, achchig’langan holda kirib keldi. Sababi — uning kasallik holatidaligi va rayon maorif bo’limida ko’ngilsiz gap bo’lib o’tganligi edi. Unga vestibyul juda iflosga o’xshab tuyuldi (ehtimol, haqiqatdan ham shunday bo’lgandir). 5-6 sinf o’quvchilari oldida u o’zini tuta olmasdan farrosh ayolga qo’pollik bilan tanbeh berdi. Bu manzara o’z direktorini sevgan va hurmat qilgan o’quvchilarda yomon taassurot qoldirdi. Buni direktorning o’zi ham tushundi. Buning ustiga, u (bir oz o’ziga kelgandan keyin) qo’llanib bo’lmaydigan tanbeh formasidan foydalanishga nohaq ekanligini sezdi. Ertasi kuni direktor xuddi o’sha sinflarning o’quvchilari oldida farrosh ayol bilan samimiy gaplashdi va kecha unga nohaq tanbeh berganligini, buning uchun esa uning kasalligi sabab bo’la olmasligini, bu bilan o’zini oqlay olmasligini aytdi. Bularning barchasi zo’r nazokat bilan oddiygina va tabiiy qilib aytildi. Bu hol o’quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi, xatoga yo’l qo’ygan kishi o’zini qanday tutishi kerakligini ular tushunib oldilar.
To’g’ri xatti-harakatlarda amaliy tajribani uyushtirish, yuqorida ta`kidlab o’tilganidek, shaxsni tarbiyalashda muhim, asosiy omildir. Tarbiyachi o’quvchilarda xatti-harakatlarning shunday forma va usullarini tarkib toptirmog’i kerakki, bu forma va usullarda tarbiyaning hal qiluvchi ta`siri ostida yuzaga keladigan o’quvchi e`tiqodlari amalga oshsin. Xatti-harakatlarning aytib o’tilgan formalari motivlarni, o’quvchining ehtiyoj va munosabatlarini «moddiylashtirish» ifodasi, vositasi, formasiga aylanib qolgandagina barqaror omilga aylanib mustahkamlanadi. Tarbiyaviy tadbirlar sistemasi o’quvchilarni shunday bir sharoitga solib qo’yishi kerakki, ularning amaliy faoliyati o’zlashtirib olingan xulqatvor printsiplariga mos bo’lsin, ular o’z qarashlari va e`tiqodlarini o’z xatti-harakatlarida qo’llay olishga o’rgansinlar.
Agar o’quvchi yashaydigan va ish tutadigan sharoit undan, masalan, qat`iylik va jasurlik ko’rsatishni talab etmasa, unga qanaqangi yuksak darajadagi axloqiy printsiplar so’z bilan singdirilmasin, bari bir, unda shaxsning tegishli hislatlari hosil bo’lmaydi. Agar o’quvchi mardlik namoyish qilishi kerak bo’lgan va ko’rsata oladigan sharoitga solib qo’yilmasa, undan mard kishini tarbiyalab etishtirib bo’lmaydi. Bolaning hayot yo’lidagi barcha qiyinchiliklarga barham beruvchi tegma noziklik tarzidagi tarbiya hech qachon muayyan maqsadni ko’zlovchi kuchli shaxsni tarkib toptira olmaydi.



Download 68.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling