Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari


Download 68.11 Kb.
bet11/21
Sana18.06.2023
Hajmi68.11 Kb.
#1562551
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Ta\'lim tarbiyaning psixologik asosi {5-mavzu)

Birinchi vazifa — o’quvchilar o’z shaxsining ijobiy xislatlarini taraqqiy ettirishga va o’z xulq-atvoridagi yomon tomonlardan xalos bo’lishga intilish istagini uyg’otishdir. Agar bunday istak hali bo’lmasa, uning uz-o’zidan yuzaga kelishini kutib o’tirmaslik, bunday istakni uyg’otish, odam o’z xarakterini o’zi yuzaga keltirishini va uning uchun javob berishini ishonarli tarzda ko’rsatib, ba`zi kishilarning o’z-o’zini tarbiyalashda qanday yutuqlarga erishganliklarini aytib berish kerak. Tarbiyalash va o’z-o’zini tarbiyalash imkoniyatlariga ishonmaslik o’smirlar, yigit va qizlarning bir qismiga xos xususiyat bo’lib (yuqorida ko’rsatib o’tilganidek) bu xususiyat ma`lum darajada passivlikka sabab bo’ladi.
Ikkinchi vazifao’quvchiga o’z shaxsiga tanqidiy munosabatda bo’lshida, o’z xulq-atvoridagi xususiyatlarni diqqat bilan va odilona tushunib olishda, o’z kamchiliklarini yaqqol ko’rishda, o’z nuqsonlarini fahmlab olishda yordamlashishdir. O’z-o’ziga baho berish, bu bahoning ob`ektivligi yoki sub`ektivligi shaxsning tarkib topishi jarayonida muhim rol o’ynaydi. Odam o’z-o’zida ko’rib turgan narsasini o’zi uchun qimmatli va ahamiyatli narsa bilan solishtirish muhim. SHaxs o’zini o’ziga xos individual axloqiy etalon bilan doimo tekshiradi va ana shu tekshirish natijalariga qarab o’z xatti-harakatlarini tuzatadi.
Uchinchi vazifa - o’qituvchi, tarbiyachi o’z-o’zini tarbiyalash programmasini tuzishda, shaxs xulqatvori xislatining qaysi xususiyatlarini (masalan, o’zini ushlay bilish, qat`iylik va shuning singarilarni) taraqqiy ettirish, qaysilariga (masalan, o’jarlik, yalqovlik, qo’pollikka) barham berish kerakligini belgilab, hamda hal qilib olishda o’quvchiga yordam beradilar. Xuddi shu erda shaxs sifatlarini to’g’ri va ob`ektiv baholashda, ularni kelib chiqish sabablari hamda mazmuni jihatidan baholashda ham o’quvchilarga ko’maklashish muhimdir.
To’rtinchi vazifa — o’qituvchi, tarbiyachi o’z-o’zini tarbiyalashning oqilona yo’llarini ko’rsatib beradilar, o’quvchini shaxsning ijobiy xislatlarini tarkib toptirish va kamchiliklarga barham berishga oid zng maqsadga muvofiq va samarali ishlash usullari bilan qurollantiradilar. O’quvchini shaxsning real to’siqlarga barham berish jarayonida, kundalik mehnatg o’qish, jamoat ishida, hayotiy, hatto kundalik qiyinchiliklarga qarshi kurashda tarkib topishiga ishontirish lozim. O’quvchiga kundalik mayda chuydalar asosida o’z-o’zini tarbiyalashning zerikarli va qiziqarsiz bo’lib qolmasligi uchun, uning oldida istiqbolli maqsad hamda intilishlar sistemasini yoyib qo’yish, ayrim masalalarning asosiy hayotiy maqsadga erishish yo’lidagi zarur bosqich ekanligini, har bir zerikarli hamda mayda chuyda ish orqasidan o’zoq va qiziqarli istiqbollarning ko’rinib turishini ko’rsatib o’tish kerak.
O’quvchilar jamoasi ham o’z-o’zini tarbiyalash bilan muvaffaqiyatli shug’ullanishi kerak. Sinf jamoalari o’z zimmalariga konkret majburiyatlar (sinfda luqma tashlash, aytib turish va ko’chirib olish sistemasiga barham berish, dars hamda tanaffus vaqtlarida intizomning yaxshilanishiga erishish va hokazolar) olganliklarini muvaffaqiyat bilan bajarishlari katta axamiyatga ega.



Download 68.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling