Таълим вазирлиги бухоро муҳандислик – технология институти
III. Loyixa – konstruktorlik qismi
Download 200.13 Kb.
|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бух-hozir.org
III. Loyixa – konstruktorlik qismi.
III.1. Moyli fraktsiyalarni selektiv tozalash jarayoni moddiy balansi hisobi; Jarayon tavsifi. Moy fraktsiyalarini selektiv tozalash tayyor moylar ishlab chiqarish sxemasidagi asosiy bo`g’inlaridan biri hisoblanadi. Jarayon ekstraktsiyalashga asoslangan va undagi barcha fizik – kimyoviy qonuniyatlariga bo`ysunadi. Jarayon erituvchilar yordamida moylar tarkibidan smolali moddalarni, ko`p tsiklli aromatik uglevodorodlarni va boshqa keraksiz birikmalarni yo`qotishga mo`ljallangan. Natijada qovushqoqlik–temperatura xususiyatlari va rangi yaxshilanadi, moylar kokslanishi pasayadi va ularning umumiy sifati ko`tariladi. Ko`pincha fenol selektiv erituvchi bo`lib xizmat qiladi, ayrim holda furfurol qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda fenol xossalariga uxshash va ancha kam zaxarli N– metilpirolidon–2 erituvchisi qo`llanilmoqda. Jarayonni asosiy maxsuloti – rafinat, ya`ni keraksiz komopnetlardan ancha tozalanilgan moy fraktsiyasi hisoblanadi. Moylarni selektiv tozalashdagi yonaki maxsulot– ekstraktda smolali moddalar kontsentrlanadi. Jarayon xom ashyosi – vakuum distillyatlari va neftni to`g’ri haydashdagi deasfal’tizatsiyalangan qoldiqlardir. Jarayonni texnologik rejimi qo`llaniladigan erituvchiga, xom ashyo turi va sifatiga, tozalashni o`tkazish talablariga hamda olinadigan rafinat xususiyatiga bog’liq bo`ladi. Fenolli tozalash vaqtida ekstraktsion kolonnalar pastidagi temperaturasi 45 dan 80 0 S gacha oralikda bo`ladi, yuqori qismida esa 70 dan 100
S gacha. Kolonnalar balandligi buyicha temperatura farki ekstraktsiya temperatura gradienti deb ataladi va u distillyatli fraktsiyalarni tozalashda 10 – 15 0 S ni va deasfal’tizatlarni tozalashda 15 – 20 0
furfuroldan foydalanishda kolonna temperaturasi va temperatura gradienti 10 – 30 0 S ga yuqori bo`ladi.Xom ashyo sifati va rafinatga bog’liq holda fenol sarfi keng chegaralarida o`zgarib turadi. Odatda distillyatli fraktsiyalar uchun fenolni xom ashyoga ko`ra massa nisbati 1,5 – 2:1, deasfal’tizatlar uchun 2,5 – 3,5:1 ni tashkil etadi. Furfurol bilan tozalashda bu ko`rsatgich biroz yuqori bo`ladi. ekstarktsion jihozdan maxsulotlar rafinat va ekstrakt eritma chikadi. Download 200.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling