Таълим вазирлиги бухоро муҳандислик – технология институти


Ichki moslamalarni ta`mirlash


Download 200.13 Kb.
bet23/28
Sana31.10.2023
Hajmi200.13 Kb.
#1735859
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бух-hozir.org

Ichki moslamalarni ta`mirlash. 
Ta`mirlash vaqtida kolonnaning ichki qurilmalarini iflosliklardan, koksdan 
va boshqa cho`kindilardan tozalanadi. Qattiq va xamirsimon massani
lopatkachalar yoki qirgichli tozalagichlar yordamida sidirib olinadi, koksni 
pnevmatik uruvchi bolg’achalar yordamida chiqarib tashlanadi. CHo`kindilarni
chiqarib tashlash doimo kolonnada zararli gazlar kontsentratsiyasini oshishi bilan 


kuzatiladi, bu davrda kolonna ichida gazniqoblar bilan ishlash tavsiya etiladi.Ichki


qurilmalarni ta`mirlash ko`p marotaba yangi detallarni ko`tarish va emirilgan 
detallarni tushirish bilan bog’liq; bunday operatsiyalarni iloji boricha
mexanizatsiyalash zarur. Kolonna qobig’ining yuqori qismiga aylanuvchi yoki 
qo`zg’almas kran – ukosina mahkamlanadi (6.12-rasm). Kranni shuningdek,
zinapoyaning markaziy ustunlariga mahkamlash mumkin. Portlashga xavfsiz qilib 
ishlangan elektrodvigatelli elektrolebedkani yoki pnevmolebedkani kran-
ukosiniga kolonna asosi ichida yoki kran-ukosin xizmat ko`rsatayotgan 
maydonchaga o`rnatiladi.
III.7-rasm. Qurilma qobig’idagi kran-ukosin.
1-ustun; 2- kronshteyn; 3- blok; 4- rolik.
Emirilishni aniqlash va ichki qurilmalarni 

brakka
chiqarish

amaldagi usul 
va normalarga ko`ra amalga oshiriladi. Emirilgan detallar, ba`zan esa yaxlit
qismlarni ham yangilari bilan almashtiriladi. 
Qurumlangan tarelkalar va qaytargichlarni qismlarga ajratish bilan bog’liq
bo`lgan operatsiyalar anchagina sermehnat operatsiya hisoblanadi. Avval ularni 
koksdan (qurumdan) mexanik tozalash bilan tozalab (skrebok yordamida), so`ngra
kolonna ichida puxta konstruktsiyalarga osilgan (masalan: tayanch balkalari) 



zanjirli tallar yordamida har bir elementni kirgizilgan joyidan olib tashlanadi.


Bunday operatsiyalar uchun lebedkali troslar ko`llab bo`lmaydi: trosning 
egiluvchanlik kuchi hisobiga uzib olingan element tezda sakrashi va kolonnaga
zarar etkazishi mumkin yoki kolonna ichidagi ishchiga jarohat etkazishi mumkin.



Download 200.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling