Таълим вазирлиги бухоро муҳандислик – технология институти


Download 200.13 Kb.
bet20/28
Sana31.10.2023
Hajmi200.13 Kb.
#1735859
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бух-hozir.org

Qobiqlarni ta`mirlash. 

Emirilish xarakteri. Ko`pgina kolonna qurilmalari yuqori temperaturada
va bosim ostida yoki vakuum ostida ishlaydi va portlashga xavfli muhitlardan 
tarkib topgan. Kolonna qurilmalarining qobiqlari va ularning ichki qurilmalari



korrozion, erozion va termik muhit ta`siri natijasida emirilishi mumkin. Emirilish


tezligi ko`pgina faktorlarga bog’liq, birinchi navbatda - muhitning fizik-kimyoviy 
xususiyatlariga, jarayon olib borilishi sharoitlariga, qobiq metallning sifati va
konstruktivlanishi, 
tegishli
korroziya 
ingibitorlarini
qo`llanilishiga 
bog’liq.Kolonnalar narxi odatda juda yuqori, ularni montaj va demontaj qilish -
ko`p mehnat talab etadigan, uzoq davom etadigan jarayon.Kolonna qurilmalarini 
almashtirish ko`p hollarda qobiq emirilishi natijasida amalga oshiriladi. SHuning
uchun ekspluatatsiya vaqtida qobiqlarni muddatidan avvalroq emirilishdan asrash 
uchun puxta chora-tadbirlarni qabul qilish kerak. Rektifikatsion kolonna qobiqlari
korrozion chidamliligi o`n balli shkala bo`yicha baholanganda, etti balldan 
oshmasligi kerak. Kolonnalar diametri va balandligi katta bo`lganda esa, besh
balldan kichik bo`lmasligi kerak, ya`ni korroziya tezligi 0,1 mm/yil dan 
oshmasligi kerak.Kolonna qurilmalari turli ko`rinishdagi korroziyalarga uchraydi.
U qobiq yuzasining hammasini yoki uning alohida uchastkalarini qamrab oladi. 
Neftni qayta ishlash zavodlarining rektifikatsion kolonnalarida, yuqori
temperaturalar sharoitida ishlovchi asosiy uchastkalar korroziyaga duch keladi. 
Kolonnalarda muhitning agressiv tashkil etuvchilari - bular oltingugurt birikmalari
va ularning parchalanish mahsulotlari hisoblanadi. Ular neftlarda naften 
kislotalaridan tashkil topgan bo`ladi. SHuningdek, degidratorlarda turib qolgan
burg’ulash suvlari tuzlaridan tarkib topadi.Gal’vanik bug’ hosil bo`lishi mumkin 
bo`lgan va korrozion elektr toki yuzaga keladigan rektifikatsion kolonna
uchastkalari elektrokimyoviy korroziyaga uchraydi. Bunday korroziya, aksari 
hollarda neftni qayta ishlash uchun atmosfera qurilmalarining rektifikatsion
kolonnalarining yuqori qismida kuzatiladi. Bu erda uglevodorod bug’lari bilan 
birga suv bug’lari intensiv ravishda kondensatsiyalanadi. Suv xom-ashyo va
distillyat tarkibidagi kal’tsiy va magniy xloridlarni gidrolizlaydi, buning natijasida 
hosil bo`lgan vodorod xlorid suv muhitida elektrolitni xlorid kislotasini hosil
qiladi.

Kolonna qobiqlarining errozion emirilishi suyuqlikning kuchli oqimi va


bug’ oqimi ta`siri natijasi hisoblanib, ularning tarkibida abraziv qo`shimchalari 


mavjud bo`ladi. erroziyaga uchragan qobiq uchastkalarini proektorlar va suyuqlik


va bug’ning kinetik energiyasini kamaytiradigan, maxsus qurilmalar bilan 
muhofaza qilinadi (ulitalar, matochniklar, va h.). Kolonna qurilmalarining
emirilishi faqatgina ularning puxtaligi, buzilganida xavfli bo`lib kolmaydi; hosil 
bo`lgan korroziya mahsulotlari, kichik oqimli truba kuvurlarini, issiqlik
almashinish qurilmalarini va kondensatorlarni ifloslantirish yoki jipslab berkitib 
qo`yish mumkin.

Download 200.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling