Таълим вазирлиги бухоро муҳандислик – технология институти
III.6-rasm. Kesib olinadigan belbog’ joylarida kolonnaning
Download 200.13 Kb.
|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бух-hozir.org
III.6-rasm. Kesib olinadigan belbog’ joylarida kolonnaning
kuchlanishi. a- ichki ustunli; b- tashqi ustunli; v- ustunlarni mahkamlash sxemasi, 1-panja; 2- ustun. Aniqlangan nuqson xarakteriga qarab, qobiqni ta`mirlash usuli va tarkibi aniqlanadi. Nozik bo`lgan payvand choklari yorib tashlanadi va tegishli elektrodlar bilan payvandlanadi. YAngi va eski choklarni to`g’ri yopish juda muhimdir.Emirilgan shtutser va lyuklarni yangilari va albatta ularga mahkamlovchi halqalar o`rnatilgan bo`lishi kerak. Iloji bo`lsa, yangi shtutserlarning mahkamlovchi halqalari eskilariga qaraganda birmuncha kattaroq diametrga ega bo`lishi kerak: bu ularni yangi joyda payvandlash imkonini beradi.Barcha shtutserlar, mahkamlovchi halqalardagi ekspluatatsiya vaqtida berkitib probkalar qo`yilgan signal teshiklari ham ta`mirlanishga muxtoj bo`ladi. Har bir ta`mirlashda ekspluatatsiya qilinayotgan kolonna qurilmasi qobig’i devor haqiqiy qalinliklari o`lchanadi. Klonna qobig’ining ko`proq emirilgan uchastkalari kesib tashlanadi, ularning o`rniga avvaldan kolonna radiusi bo`ylab juvalangan, yangi uchastkalar qo`yiladi.Payvandlash tutashgan holda amalga oshiriladi. Qobiqning katta uchastkalarini kesib tashlanishi oqim susayishiga va barqarorlikni yo`qolishiga olib keladi. SHuning uchun nuqsonli uchastkani olib tashlashdan oldin, uni yo ichkarida yo tashqarida qo`yilgan ustunlar bilan mahkamlanadi. Ustunlar soni, kesimi va tayanch panjalarining o`lchamlarini ularning qarshiliklarini kesilgan kesim qarshiligiga tengligi shartidan kelib chiqib hisoblanadi.Oraliq qobiqlarni quyidagicha almashtirish qulaydir. YUqorigi shikastlanmagan qismni ushlab turuvchi, ko`taruvchi machtalarni, ushbu qismni shikastlangan uchastkadan gazkeskich yordamida ajratib olinadi va erga tushiriladi. Kolonnaning shikastlangan qismi stropovka qilinadi va o`sha machtalar yordamida tushiriladi. Avvaldan tayyorlab qo`yilgan kolonnaning yangi qismi ko`tariladi va kolonna quyi qismi bilan tutashtiriladi, so`ngra uning yuqorigi qismi ko`tariladi. Montaj qilingan qismlarni tekshirilgandan so`ng ikkala tutash choklar payvandlanadi.Ko`pincha qobiq uchastkasini bunday almashtirish ishlari og’irligini hisobga olib, emirilgan kolonnani butunlay almashtirish maqsadga muvofiqligiga amin bo`ladi. Emirilgan kolonnalarni demontajlash, montaj qilishga qarama-qarshi tartibda amalga oshiriladi. Tegishli tekshiruvlardan so`ng demontaj qilinayotgan kolonna xuddi yangi kolonnani demontaj qilish uchun ishlatilganidek, montaj machtalarini o`rnatish uchun foydalaniladi. Download 200.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling