takelaj vositalarini hisoblash uchungina zarur bo`libgina qolmay, balki
mustahkamligini tekshirish uchun ham zarur, shuningdek, puxtalikni ta`minlovchi
buruvchi tayanch o`lchamlarini mo`ljallash uchun ham zarur.
Qurilmani
poydevorga mahkamlash katta e`tibor bilan tekshiriladi, chunki ularning qat`iy
vertikal holatidan ozginagina chetlashishi ham barqarorlikni
sezilarli darajada
yo`qolishga va ichki qurilmalarning normal ishlashining buzulishiga (ayniqsa
rektifikatsion tarelkalarning) olib keladi.
Tarelkali rektifikatsion kolonnalar uchun vertikal yasovchidan maksimal
ruhsat etilgan cheklanish qurilma balandligining 0,1% ga teng, lekin 15mm dan
ko`p emas; ichki qurilmalari bor bo`lgan qurilmalar
uchun va nasadkali
kolonnalar uchun u 0,3% ni tashkil etadi, lekin 35mm dan ko`p emas. Odatda har
bir qurilma uchun ishchi montaj chizmalarida qurilma o`qining vertikaldan
maksimal ruhsat ko`rsatilgan chetlanishi ko`rsatilgan bo`ladi.
Vertikallikka tekshirish teodolitlar
yordamida amalga oshiriladi, ular
tekshirilayotgan qurilma o`qidan o`tadigan ikkita o`zaro perpendikulyar
tekisliklarda o`rnatiladi. Xatoga yo`l qo`ymaslik uchun,
tekshirish shunday
amalga oshirilishi kerakki, bunda qurilma qobig’i devorlarining
quyosh nurlari
bilan bir tomonlama qizdirilishi imkoniyati mavjud bo`lmasin.
Qurilma tayanch tekisligining joylashuvi balandligini tekshirish,
nivelirda
amalga oshirilib, u nivelirli belgi chizig’idan olinadi.
Qurilmaga kerakli holatga kelgunga qadar,
uning tayanch yuzasi ostiga
po`lat qistirmalar qo`yiladi, shundan so`ng poydevorga,
poydevor boltlari
yordamida mahkamlanadi.Poydevor bilan qurilma tayanch yuzasi orasidagi tirqish
tsement qorishmasi bilan to`ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: