Talim vazirligi buxoro davlat universiteti
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlari
Download 50.76 Kb.
|
hurmatoy kurs ishi(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB.
- XMni ijtimoiy munosabatlarni hududiy tuzilmalar doirasidan chekkaga chiquvchi ichki ijtimoiy munosabatlarning o‘zaro harakati turi sifatida ta’riflash mumkin.
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlari.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta'lim-tarbiya jarayoninigina qamrab olmay, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o'z ichiga oladi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o'zaro hamkorligi, ular o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi. Milliy modelning o'ziga xos xususiyati mustaqil ravishda to'qqiz yillik umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'liminining joriy etilishi bilan belgilanadi. Bu esa o'z navbatida umumiy ta'lim dasturlaridan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi dasturlariga o'tilishiga zamin yaratadi. I BOB.O’zbekistonda ta’lim tizimi va uning boshqarilishi. I.1. Munosabat tushunchasi va uni ta’lim jarayonidagi o’rni Munosabat (falsafada) — muayyan tizimdagi elementlarning joylanish xarakteri va ularning oʻzaro bogʻliqligini ifodalovchi falsafiy tushuncha; biror narsa yoki hodisaga nisbatan shaxs mavqeyining ifodasi; turli obyektlarni yoki biror obyektning turli tomonlarini fikran taqqoslash. munosabatlar tegishli elementlardan turli darajadagi murakkab tizimlarni keltirib chiqaradi. Masalan, har qanday qonun narsalar, hodisalar oʻrtasidagi muhim munosabat hisoblanadi va aksincha, ayni bir narsa boshqa narsalar bilan turlimunosabat.da boʻlishi mumkin. Bu esa u yoki bu narsaning koʻp xossaga ega ekanligini bildiradi. Har qanday narsani uni tashkil etuvchi elementlarning oʻzaro nisbati deb qarash mumkin. Bu nisbatning oʻzgarishi bilan narsalar ham oʻzgaradi. Jamiyatda kishilarning faoliyati jarayonida yuzaga kelgan oʻzaro munosabatlar ijtimoiy munosabatlar sanaladi. Mantiqda munosabat tabiiy tillardagi birdan ortiq egasi (yoxud bir ega yoki bir necha toʻldiruvchisi) boʻlgan gaplar kesimi bilan ifoda qilinadi. Gap egalari (ega va toʻldiruvchilar)ning soniga qarab binar (2 oʻrinli, 2 boʻlakli), ternar (3 oʻrinli, 3 boʻlakli) va umuman, p—ar (p — oʻrinli, p — boʻlakli) M.lar boʻladi. Bu turdagi M.larni munosabatlar mantiqi oʻrganadi. Matematik mantiqning formallashtirilgan tillarida M. tushunchasi oʻrnida predikat tushunchasi qoʻllaniladi.[1] “Xalqaro munosabatlar” tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. Masalan, xalqaro munosabatlar, bu - davlat tizimlari va davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, huquqiy, diplomatik va boshqa aloqalar hamda munosabatlar, shuningdek jahon maydonida harakatlanuvchi asosiy sinflar, asosiy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kuchlar, tashkilotlar va jamoatchilik harakatlari, umuman, keng ma’noda xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar majmuidir (Inozemtsev, 1978, - 11 b.); - inson hamjamiyatini shakllantiruvchi integrasion aloqalar majmui (Shahnazarov, 1978. – 19 b.); - davlatlar va nodavlat tashkilotlari, partiyalar, kompaniyalar va turli davlatlarning yuridik shaxslari o‘rtasidagi munosabatlar (Xalqaro huquq kursi 1989, – 10 b.). Bu ta’riflarning hech biri obyekt mazmunini to‘la ochib berolmagan. Ularning vazifasi faqatgina obyekt haqida dastlabki tasavvurni berishdan iborat. Shuning uchun tadqiqotchilar xalqaro munosabatlar tushunchasini talqin etishar ekan, nafaqat unga mukammal ta’rif berishga, balki uning mohiyati va spesifikasini aniglab olishga yordam beruvchi kriteriyalarni ajratishga intilishadi. XM tushunchasini ta’riflashga oid qayd etilgan yondashuvlar farqli xulosalarga olib kelishi mumkin va bunda o‘ziga xos har biri ustunlik va kamchiliklarga ega. Umuman olganda, xalqaro munosabatlarning turlicha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holati to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. XM, shuningdek sinfiylik mezoni, hukmronlik va tobelik munosabati, hamkorlik, o‘zaro yordam va o‘zgaruvchan munosabatlar asosida tasniflanishi mumkin. Quyidagi mezonlar asosida XMning ikki turi ajratiladi: 1. Kuchlar balansi; 2. Manfaatlar balansi. Xalqaro munosabatlar ijtimoiy hayot sohasi bo’yicha iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik, madaniy, mafkuraviy va boshqa munosabatlarga ajratiladi; ishtirokchilarga bog‘liq ravishda davlatlararo munosabatlar, turlicha xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolar tasniflanadi; intensivlik va rivojlanish darajasi asosida (yuqori, o‘rta, past) darajalarga bo‘linadi; geosiyosiy o‘lchov asosida global, mintaqviy (Yevropa, Osiyo va b.) xalqoro o‘zaro ta‘sirning submintaqaviy darajasi ajratiladi; keskinlik darajasi nuqtai nazaridan - barqarorlik va beqarorlik holati; ishonch va dushmanchilik, hamkorlik va nizo, urush va tinchlik va hokazolar tasniflanadi. XMning fanga ma’lum barcha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holatlari majmuasi ijtimoiy munosabatlarning alohida turi sifatida namoyon bo‘lib, o‘zining spesifikasi sababli XMning ishtirokchisi tarzidagi u yoki bu ijtimoiy jamoaga xos ijtimoiy munosabatlardan farq qiladi. Shu jihatdan XMni ijtimoiy munosabatlarni hududiy tuzilmalar doirasidan chekkaga chiquvchi ichki ijtimoiy munosabatlarning o‘zaro harakati turi sifatida ta’riflash mumkin. Download 50.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling