Таълим вазирлиги фарғона давлат университети “ижтимоий гуманитар фанлар ” кафедраси
Download 210.19 Kb.
|
18.kurs ishi asli
II BOB . O’zbekiston Respublikasining valyuta siyosati va uni takomillashtirish 2.1. Valyutani tartibga solishning xorij tajribasi
Valyuta cheklovlari valyuta siyosatining shakllaridan biri sifatida muntazam ravishda ishlatiladi. Valyuta cheklovlari - bu, rezident va norezidentlarning valyuta hamda boshqa valyuta qimmatliklari bilan operatsiyalarini qonunchilik yoki ma'muriy jihatdan taqiqlash, limitlash va cheklashdir. Valyuta cheklovlari rezident va norezidentlar valyuta operatsiyalarini tekshirish orqali valyuta qonunchiligiga rioya etilishini ta'minlaydigan valyuta nazoratining tarkibiy qismidir. Valyuta cheklanishlari mavjudligida valyuta nazorati jarayonida lisenziya va ruxsatnomalarning bor-yo’qligi, rezidentlar tomonidan milliy valyuta bozorida xorijiy valyutalarning sotilishi bilan bog’liq talablarning bajarilishi, xorijiy valyutadagi to’lovlarning asoslanganligi, valyuta operatsiyalari bo’yicha hisobni yuritish hamda hisobotning sifati tekshiriladi. Valyuta cheklovlari mavjudligida valyuta nazorati funksiyalari odatda Markaziy bankka yuklatiladi, ayrim davlatlarda esa buning uchun maxsus organlar tashkil etiladi (masalan, Fransiyada ikkinchi jahon urushidan so’ng). Valyuta siyosatining turli-tumanligi sifatidagi valyuta cheklovlari quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi: 1) to’lov balansini birxillashtirish; 2)valyuta kursini qo’llab quvvatlash; 3)joriy strategik vazifalarni bajarish uchun valyuta qimmatliklarining davlat qo’lida to’planuvi. Valyuta cheklanishlari o’zining kamsitish xarakteri bilan ajralib turadi, chunki valyuta qimmatliklarini, mayda va o’rta tadbirkorlar hisobiga, ularni xorijiy valyutalar olishi uchun qiyinchiliklar tug’dirgan holda, davlat hamda yirik korxonalar foydasiga qayta taqsimlanishiga ko’maklashadi. Shu sababli monopollashmagan sektor valyuta cheklanishlari kiritilishiga odatda qarshi chiqadi. Valyuta cheklanishlari odatda hamkor savdogarlarga nisbatan qo’llaniladigan tazyiq va kamsitish siyosatining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Ushbularni qo’llanilishida siyosiy sabablar katta rol o’ynaydi. Yetakchi mamlakatlar boshqa davlatlarga tazyiq o’tkazish maqsadida valyuta blokadasidan foydalanadilar. Valyuta blokadasi - bu, boshqa davlatga nisbatan bir yoki bir nechta mamlakatlarning bir tomonlama valyuta cheklovlari shaklidagi iqtisodiy jazo choralaridir. Ushbu bir tomonlama cheklovlar davlatning valyuta-iqtisodiy mavqeiga putur yetkazish va ma'lum bir talablarni bajarishga majbur qilish maqsadida unga o’z valyuta qimmatliklaridan foydalanishga to’sqinlik qiladi. Valyuta blokadasining mohiyati xorijiy banklarda saqlanayotgan ushbu davlat valyuta qimmatliklarini muzlatib qo’yish va kamsituvchi valyuta cheklovlari qo’llanilishidan iboratdir. Ikkinchi jahon urushi davrida va urushdan so’ng Buyuk Britaniya sterling zonasi davlatlarining xorijiy valyuta (asosan funt sterling) saqlanayotgan bank hisobvaraqlarini muzlatgan. Ushbu hisob varaqlardagi mablag’lar faqat zikr etilgan valyuta guruhi a'zosi bo’lmish davlatlar orasidagi hisob-kitoblarda ishlatilishi mumkin edi. 1950-yillarning boshida Angliya-eron neft kompaniyasining milliylashtirilishi munosabati bilan Angliya banki eron uchun funt sterlinglarni AQSh dollarlariga almashtirilishini to’xtatdi va Italiya hamda Yaponiya davlatlariga ushbu mamlakat bilan funt sterlinglarda hisob-kitoblarni olib bormaslikka tavsiyalar berdi. 1956 yilda Sues kanalining milliylashtirilishiga javoban Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiya banklari Misrga qarshi, uning valyuta hisobvaraqlarini muzlatgan holda, valyuta blokadasini tashkil qildilar. Chilida 1971 yilda davlat boshiga Xalq birligi hukumatining kelishidan so’ng amerika banklari xorijiy valyutadagi barcha Chili avuarlarini muzlatib qo’ydilar va kredit blokadasini tashkil qildilar. 1979 yilning noyabridagi Amerika-eron mojarosi davrida amerikalik garovga olingan shaxslarni bo’shatishni talab etgan holda, AQSh eron bank avuarlarini (12 mlrd. dollar) muzlatib qo’ydi va ayrim zayomlarni bekor qildi. 1982 yildagi Folklend mojarosi davrida Buyuk Britaniya tomonidan Argentina valyuta aktivlari muzlatilgan. Natijada Argentina ham Buyuk Britaniyadan ibrat olgan holda o'xshash javob choralarini ko’rgan. 1986 yilning yanvarida AQSh ma'muriyati Liviya jumhuriyatini amerika banklari va ularning filiallaridagi valyuta aktivlarini muzlatgan holda uning valyuta blokadasi haqida e'lon qildi. Maqsad Liviya jumhuriyatini o’tkazilayotgan mustaqil tashqi siyosatdan voz kechtirish va Vashington diktatiga bo’ysundirishdir. Valyuta cheklovlarining bekor qilinishi va valyutalarni ayirboshlanishini kiritilishi. Milliy valyuta ayirboshlanishiga o’tishning jahon tajribasi ushbu jarayonni muhim bo’g’inlarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi, ya'ni ular: -valyuta ayirboshlanishini kiritish payti va sur'atini tanlash; -kim uchun - rezidentlar yoki norezidentlar uchun va qanday ketma-ketlikda; -qanday operatsiyalar bo’yicha - to’lov balansi joriy operatsiyalari yoki moliyaviy operatsiyalar bo’yicha. Download 210.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling