Таълим вазирлиги фарғона давлат университети “ижтимоий гуманитар фанлар ” кафедраси


Birinchidan, mahsulot eksport qiluvchilarning moddiy manfaatdorligi oshadi va buning natijasida eksportning umumiy hajmi ortadi. Ikkinchidan


Download 210.19 Kb.
bet8/18
Sana17.06.2023
Hajmi210.19 Kb.
#1525869
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
18.kurs ishi asli

Birinchidan, mahsulot eksport qiluvchilarning moddiy manfaatdorligi oshadi va buning natijasida eksportning umumiy hajmi ortadi.
Ikkinchidan, mamlakatimizda yanada qulay investitsiya iqlimi yaratiladi, xorijiy va ichki investorlarning eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishga investitsiya kiritishlari uchun qulay shart-sharoitlar yuzaga keladi.
Uchinchidan, iqtisodiyotning boshqa sohalarida o’tkaziladigan islohotlarni tezlashtirish imkoniyatlari yaxshilanadi.
Bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, albatta, moliya tizimi va valyuta bozorini yanada erkinlashtirishni talab qiladi. Shu sababli, birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalar hajmini kengaytirish zarurati paydo bo’ldi. Hozirgi paytda birjadan tashqari valyuta bozori banklararo valyuta bozorini, vakil banklar bilan ularning mijozlari o’rtasidagi operatsiyalarni, shuningdek, valyuta almashtirish punktlari orqali naqd pul, chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalarini o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda valyuta bozorini yanada erkinlashtirish maqsadida birjadan tashqari, valyuta bozorini kengaytirish, keyinchalik talab va taklif asosida ayirboshlash kursini shakllantirish to’g’risida muhim hukumat qarorlari qabul qilindi. valyuta bozorida faoliyat yuritayotgan barcha xo’jalik subyektlari uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, mijozlarning chet el valyutasidan foydalanishlari to’g’risida qarorlar qabul qilishlari uchun tijorat banklariga vakolatlar berish:
Respublika ichki valyuta bozorini valyuta operatsiyalari talab va taklif asosida yuzaga keladigan ayirboshlash kursi bo’yicha amalga oshiriladigan real bozorga aylantirishga o’tilmoqda. Valyuta operatsiyalari bozori qatnashchilariga aylanishni istagan mahalliy tijorat banklari, avvalo, o’zlarini yaxshi mijozlar bilan ta’minlashi kerak. Banklar uchun xorijiy valyuta bilan savdo qiladigan zarur tashkiliy tuzilma-diling bo’limini tashkil etish ham juda muhim. U front-ofis (mijozlar bilan ishlash), bekofis (ma’muriyat) va buxgalteriyaga bo’linishi kerak. Bu vazifalarni aniq taqsimlash imkonini beradi. valyuta operatsiyalari bitimini tuzishni tashkil etish va uning texnologiyasiga yetarli e’tibor berish kerak. Hozirgi zamon valyuta dilingini kompyuter va telekommunikatsiya texnikasiz, maxsus uskunalar va axborot agentliklarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Bank uchun o’z mablag’lari hisobidan xorijiy valyutani sotib olish va sotishdan maqsad valyuta kurslari o’zgarishidan foyda olishdir.Valyuta va foiz bitimlarida banklararo vositachilikni ko’pincha brokerlik idoralari o’z zimmalariga oladilar. Banklar bilan brokerlar hamkorligining afzalligi ular telefon yoki boshqa kommunikatsiya vositalari orqali doimiy aloqada bo’lishidadir. Broker bilan hamkorlik qiluvchi banklar unga valyutani sotib olish va sotish haqida topshiriqlar beradi va kurslarni belgilaydi. Shu tariqa tez bitimlar tuzish uchun real imkoniyatga ega bo’ladi.
Hozirgi O’zbekistonda xorijiy valyuta bilan savdo qilishning asosiy qismi birmuncha barqaror moliyaviy munosabatlar tarkib topgan eng yirik banklar qo’lida jamlangan. Ular tashqi iqtisodiy munosabatlarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq operatsiyalar va ichki valyuta operatsiyalarining aksariyat qismini amalga oshirmoqda. Yirik bo’lmagan tijorat banklari xalqaro operatsiyalarni yoki xorijiy vakil banklar bilan yirik banklarning O’zbekistondagi vakillik hisobvaraqlari orqali olib boradilar. Ularning ayrimlari esa valyuta operatsiyalarini o’zlashtirishda dastlabki qadamlarni tashlamoqda.
Yuqorida aytib o’tilgan chora-tadbirlar asosan birjadan tashqari valyuta bozorining qatnashchilari bo’lgan xo’jalik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi lozim. Hukumat qabul qilgan qarorlarga muvofiq korxona va tashkilotlarga chet el valyutasi sotib olish tartibi ancha soddalashtirilgan, ya’ni korxona va tashkilotlar ularga xizmat ko’rsatuvchi vakil banklarga o’zlarining so’mdagi mablag’larini chet el valyutasiga ayirboshlash xususida talabnoma topshiradilar. Shuni ham ta’kidlash kerakki, vakil banklar banklararo savdo sessiyalarida talab va taklifga ko’ra yuzaga keladigan erkin kursga asoslanib, ayirboshlash shoxobchalarida chet el valyutasini sotib olish va sotish kursini belgilaydi. Birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalarning quyidagi turlari amalga oshiriladi:

  • eksportchilarning valyuta tushumini majburiy ravishda so-tishlari;

  • uskunalar, butlovchi buyumlar, xomashyo materiallar vaxizmatlar importi uchun chet el valyutasi sotib olish;

  • jalb qilinadigan chet el kreditlariga xizmat ko’rsatish bo’yichahisob-kitoblar;

  • chet ellik kreditorlar bilan hisob-kitoblar;

  • chet ellik investorlar bilan oladigan foyda, dividendlar vaboshqa daromadlarni repatriatsiyalash uchun chet el valyutasini sotib olish.

Birlashgan barqarorlashtirish jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanishga oid operatsiyalar:

  • xizmat safarlari xarajatlarini to’lash uchun chet el valyuta-sini sotib olish va boshqa operatsiyalar.

Jamg’arma mablag’laridan birjadan tashqari valyuta bozorida valyuta ayirboshlash kursining ehtimoly oshishi uchun foydalanish mumkin. Jamg’arma valyuta bozoridagi ehtimoliy salbiy holatlar ro’y berishidan himoyani ta’minlashi lozim. Banklararo savdo sessiyalarida birjadan tashqari valyuta bozoridagi kurslar shakllantiriladi. Korxona va tashkilotlar chet el valyutasini sotib olish uchun so’mda yetarli hajmda mablag’ga ega bo’lishlari va uni vakil bankda maxsus hisobvaraqda zaxirada saqlashlari kerak. valyuta munosabatlarini yanada erkinlashtirishni amalga oshirib, milliy valyutamizni konvertatsiyalanishini ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratishga intilmoqdamiz. Izchil ravishda, qadam-baqadam amalga oshiriladigan ushbu chora-tadbirlar barcha mo’ljallangan islohotlarning aholi uchun bezarar tarzda amalga oshirilishiga imkon beradi va O’zbekiston jahon iqtisodiyotida o’zining munosib o’rnini egallaydi.



Download 210.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling