Таълим вазирлиги фарғона давлат университети “ижтимоий гуманитар фанлар ” кафедраси
Download 210.19 Kb.
|
18.kurs ishi asli
I bob bo’yicha xulosa
So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilinishi, eksportni qo`llab-quvvatlash, import o`rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida eksport tarkibida sezilarli o`zgarishga erishildi. Jumladan, xom-ashyo eksportidan, qo`shilgan qiymati yuqori hamda sarmoya talab tovarlar eksportiga yo`naltirilgan tashqi savdo amalga oshirilmoqda. Respublikaning jahon xo‘jaligi tizimiga shaxdam qadamlar bilan kirib borishi uchun, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy aloqalarining 29 o‘rnatilishi tashqi faoliyatni boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Ushbu ko‘rinish respublika tashqi siyosati oldiga qo‘yilgan ikki muhim holat bilan bog‘liq: Birinchidan, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tashqi iqtisodiy munosabatlar uchun o‘zining mustaqil siyosatini ishlab chiqishi va uni amalga oshirishi uchun javobgar bo‘lgan maxsus tashkilotlar tuzish takozo etildi. Ikkinchidan, Respublikada milliy iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirib, qaytadan ishlab chiqish, ya‘ni qayta qurish jarayoni tufayli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari kengaydi, ularga turli sohada tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzishda kengroq huquqlar berildi. Ushbu sohadagi shartnomalarni, bitimlarni faqat davlat idoralari emas, balki mulkchilikning boshqa shakllariga asoslangan turli birlashmalar, korxona-tashkilotlarga ham tuzish imkoniyati berildi. Ushbu omillarni hisobga olgan holda respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro moliya munosabatlarini boshqarish tizimi shakllanmoqda hamda uning tarkibiy qismiga kirgan tashkilotlar faoliyati takomillashtirilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning tarmoq tashkilotlari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus bulnmalaridan tashkil topgan. Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi. Ushbu tashkilotlarga: Davlat kimyo sanoati kontserni, Davlat metallurgiya sanoati kontserni, «Uzbeksavdo» uyushmasi, «Uzdonmahsulot», «Uzavtotrans», «O‘zbekiston temir yo‘llari», «O‘zbekiston havo yo‘llari», «Dori-darmon» hissadorlik uyushmasi va boshqalar. Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarilishida funktsional tashkilotlar ham muhim rol o‘ynaydi. Butashkilotlarga: Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy Bank, 30 Davlat soliq qo‘mitasi, Mexnat vazirligi, Davlat texnika qo‘mitasi va boshqalar kiradi. Download 210.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling