Таълим вазирлиги фарғона давлат университети “ижтимоий гуманитар фанлар ” кафедраси


Valyuta munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi, maqsadlari va shakllari


Download 210.19 Kb.
bet7/18
Sana17.06.2023
Hajmi210.19 Kb.
#1525869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
18.kurs ishi asli

1.3.Valyuta munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi, maqsadlari va shakllari
Har qanday davlatda valyuta munosabatlari davlat tomonidan tartibga solinadi. Bunda tartibga solish turli qonunlar yordamida amalga oshadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi hududida valyuta munosabatlarini tartibga solish maqsadida 1993-yil 7-mayda «O‘zbekiston Respublikasi hududida valyuta munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan. 2003-yil dekabrda ushbu qonun qayta qabul qilingan. Bundan tashqari, mazkur qonunlar harakatidan kelib chiqqan holda, tijorat banklari, jismoniy shaxslar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qator me’yoriy hujjatlari va yo‘riqnomalari mavjud.
Zamonaviy sharoitda valyuta jarayonlarini tartibga solish valyuta cheklovlari va soliqlarni hisobga olmagan holda valyuta kurslarini tartibga solish bilan bog‘liq. Bunday tartibga solishning amaliy instrumentlari davlatda unchalik ko‘p emas, ular rasmiy intervensiya deb atalmish valyuta bozori mexanizmiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuv va pul-kredit munosabatlarini tartibga solishning an’anaviy uslublaridan iborat. valyuta jarayonining muvozanatsizligi, valyuta kurslarining nazoratsiz ko‘tarilishi va pasayishi iqtisodiyotga tobora kuchayib boruvchi salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jumladan:

  • birlamchi ehtiyoj mollari bahosining oshishiga va mehnat-kashlar iqtisodiy ahvolining yomonlashuviga olib keluvchi import qilinayotgan inflyatsiya;

  • milliy valyuta kursining nisbatan o‘sganligi oqibatida mam-lakat tashqi raqobatdoshligining pasayishi;

  • valyuta zararlari oqibatida banklar va kompaniyalar moliyaviyholatining muvozanatsizligi;

  • rasmiy iqtisodiy siyosat samaradorligining pasayishi va shukabilar.

valyuta muvozanatsizligini davlat tomonidan cheklash bilan bog‘liq harakatlari amaliyotda qator qiyinchiliklarga duch keladi: barcha iqtisodiy jarayonlar o‘zaro chambarchas bog‘liq va hamma vaqt u bilan bog‘liq qo‘shimcha salbiy oqibatlar bo‘lish ehtimoli mavjud – davlat ma’lum bir jarayonlarni tartibga solgan holda boshqa jarayonlarga salbiy ta’sir etishi mumkin. valyuta bozorida davlat vakillari sifatida ko‘p hollarda zimmasiga mamlakatda pul-kredit siyosatini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan Markaziy bank maydonga chiqadi. Markaziy banklar hukumat organlariga valyuta operatsiyalari bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin yoki milliy valyutaga bo‘lgan talab va taklif balansini o‘zgartirish maqsadida xorijiy valyutalarning oldisotdi operatsiyalari bilan ham shug‘ullanishi mumkin. Hozirgi sharoitda rasmiy valyuta intervensiyasi deganda davlatning valyuta bozoridagi valyutaga bo‘lgan talab va taklifni hamda kurslar nisbatini o‘zgartira oladigan, bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati tushuniladi. Biroq amaliyotda valyuta intervensiyasi tushunchasi xorijiy valyutaning milliy valyutaga nisbatan oldi-sotdisi bilan bog‘liq rasmiy shartnomalardan iborat (shu jumladan, davlat tashkilotlariga xizmat ko‘rsatish, Xalqaro valyuta Fondi bilan munosabatlar, valyuta zaxiralari bo‘yicha foiz to‘lovlari, xorijiy valyutada olingan qarzlar va shu kabilar).
Har qanday intervensiyaning hozirgi paytdagi yakuniy maqsadi – valyuta bozorida muvozanatli sharoitni ta’minlash, valyuta kurslarining keskin tebranishi ehtimolini bartaraf qilishdir. O‘z navbatida, valyuta bozorining barqarorligi mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati va yalpi iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlashi lozim. Har qanday davlat o‘z iqtisodiyotining konkret xususiyatlaridan, tashqi iqtisodiy aloqalarda ishtirok etishi uchun uning ochiqlik darajasidan kelib chiqqan holda o‘z valyuta intervensiyasining vazifalarini belgilaydi.
Amaliyot shuni ko‘rsatib turibdiki, hozirgi sharoitda davlatlar valyuta bozoridagi o‘z faoliyatida qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni ko‘zlamoqda. Shu bilan birga, ular tomonidan valyuta bozoridagi kursning harakat tendensiyasini o‘zgartirishga urinishlar qilinmoqda. Markaziy bank tomonidan mamlakat valyuta zaxiralari bilan operatsiyalar o‘tkazishda ko‘plab davlatlarning ehtiyotkorligi ko‘zga tashlanmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, milliy valyutaning konvertatsiyalanishiga erishish – monetar, fiskal va tashqi savdo siyosatlari sohalarida qator o’zaro bog’liq choratadbirlar majmuasini talab qiluvchi juda murakkab jarayondir. Konvertatsiya tovarlar, xizmatlar va moliya aktivlari oqimlarining xalqaro harakati bilan chambarchas bog’liq. Konvertatsiyalashni joriy qilish tashqi savdoga va sarmoyalar harakatiga bo’lgan cheklovlarni olishga teng bo’lgan natijani beradi. Konvertatsiyalashga bo’lgan cheklovlarni olib tashlash iqtisodiyot uchun qator afzalliklarni ta’minlaydi, biroq buning uchun ma’lum bir to’lov to’lash kerak bo’ladi, u esa erkinlashtirishning tezligiga bevosita bog’liq. 2003-yil oktabr oyida milliy valyutani konvertatsiya qilish bo’yicha XVF talablari asosida XIII bandning imzolanishi mamlakat valyuta siyosatida muhim o’zgarishlarga olib keluvchi qadam bo’ldi. Bu konvertatsiyalash barcha iqtisodiy agentlarga xorijiy valyuta rejimini qabul qilishni anglatadi.
Milliy valyutaning konvertatsiyalanishiga erishishning boshlang’ich bosqichida quyidagilarni ta’minlash lozim:

  • to’lov balansining muvozanatiga zid kelmaydigan ayir-boshlash kursini belgilash;

  • yaqin istiqbolda to’lov balansida keskin buzilishlar ro’yberib qolganda xalqaro likvidlik (xorijiy valyutalarning zaxirasi, xorijiy valyuta qarzlariga bo’lgan yo’lning ochiqligi ) yetarli bo’lishi zarur.

Xorijiy valyuta zaxiralari o’lchamlarining ko’rsatkichlaridan biri sifatida ko’pincha oylarning soni qo’llaniladi (qoidaga ko’ra ikkitadan kam bo’lmasligi lozim), ya’ni mana shu oylar ichida mamlakatga zarur bo’lgan barcha import uchun to’lov to’lash imkoniyati mavjud bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001yil 22-iyundagi 263-sonli « valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi va 2001-yil 10-iyuldagi 294sonli «Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorlari mamlakatimiz moliya tizimini shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Mazkur qarorlar valyuta bozoridagi o’zgarishlarni tezlashtirib, iqtisodiyotimizning jahon kapital bozoriga chiqishiga ko’maklashadi. Oliy Majlisning 2003-yil dekabrdagi sessiyasida O’zbekiston Respublikasining « valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonun loyihasi yangi tahrirda ko’rib chiqilishi ham hukumat valyuta siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanishini tasdiqlaydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qator qarorlar, xo’jalik subyektlarining valyuta bozoridagi faoliyatlarini ancha kengaytirib, chet el valyutasini sotib olish tartibini soddalashtirmoqda. O’zbekistonda valyuta bozorini o’z vaqtida erkinlashtirish iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001yil 10-iyuldagi 294-sonli «Birjasidan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq qarzga olingan mablag’lar hisobidan konvertatsiyani amalga oshirish taqiqlanadi. Kreditga olingan mablag’larga chet el valyutasini sotib olish bozorda chet el valyutasiga bo’lgan talabni sun’iy ravishda oshiradi. Bu esa milliy valyuta barqarorligini izdan chiqaradi. Respublika hukumati va Markaziy bank milliy valyuta barqarorlashuvidan manfaatdordir. Bu esa, o’z navbatida, makroiqtisodiy barqarorlikni kafolatlaydi.
Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ijobiy natija berishi kerak.

Download 210.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling