Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Download 1.79 Mb.
|
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted
u
davomiyligi T ning 1/4, 1/8, 1/16, 1/32 qismini, ya‘ni himoya oralig‗i t u simvol davomiyligi T ning 3 dan 25% gachasini tashkil etishi mumkin. Himoya oralig‗i t ning qiymati, signal tarqalayotgan hudud tekisligi, past-balandligi, undagi qurilgan binolar balandligi va turlari, shu bilan birga teleuzatkichlar orasidagi masofaga bog‗liq. Himoya oralig‗i t qancha katta bo‗lsa, teleko‗rsatuv tizimi exolar (aks signallar)dan shuncha yaxshi himoyalangan hisoblanadi. COFDM ning 2K va 8K turlarida ortogonal tashuvchilar orasidagi farq mos ravishda 1116 va 4464 Gs ni tashkil qiladi. 2K va 8K turdagi modulyatsiyaning har ikkala turidan foydalanilganda ham radiokanaldagi signal spektri kengligi 7,61 MGs ni tashkil etadi. Analog televizion signal uchun ajratilgan chastotalar polosasi 8 MGs da, qo‗shni kanallar chegaraviy chastotalarigacha bo‗lgan himoya chastotalari polosasi 0,39 MGs ga teng bo‗ladi. Raqamli TV COFDM signalining asosiy ko‗rsatkichlari 5.1-jadvalda keltirilgan. 5.1-jadval. COFDM signalining asosiy ko‗rsatkichlari
5.1-jadval davomi
COFDM signalda ko‗p sonli tashuvchilardan foydalanish natijasida ularning katta shaharlar va undagi yer rel‘efining hamda yer usti raqamli uzatkichlarining bir-biriga ta‘sirida yuzaga keladigan signal ―ko‗p nurli‖ tarqalish natijasida yuzaga keladigan multiplikativ shovqinlarga bardoshligi keskin oshadi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, COFDM modulyatsiyaning 8K turi 2K turiga nisbatan shovqinbardoshligi yuqori bo‗lishiga asosiy sabab 8Kda foydalaniladigan tashuvchilar soni 2Kdagiga qaraganda 4 marotabaga ko‗pligidir. Modem – bu raqamli signalni biror bir ko‗rsatkichi bo‗yicha (amplitudasi, chastotasi, fazasi) analog signalga aylantirish va teskari amal bajaradigan qurilma. Bu jarayon modulatsiya va demodulatsiya deb ham yuritiladi. ―Modem‖ so‗zi modulyatsiya va demodulyatsiya jarayonini amalga oshiruvchi qurilmaning qisqartirilgan nomidir. Ya‘ni modulyatsiya so‗zidan MO bo‗g‗inini va demodulyatsiya so‗zidan DEM bo‗g‗inlarini birlashmasi hisoblanadi. Zamonaviy modemlar modulyatsiya va demodulyatsiya vazifalarini bajarishdan tashqari yana juda ko‗p qo‗shimcha vazifalarni ham bajaradi. Jumladan, bunday qo‗shimcha vazifalar sifatida quyidagilarni sanab o‗tish mumkin: birlik elementlarni to‗g‗ri qayd qilish; axborotni arxivlash, diskret axborotni shovqinbardosh kodlar bilan kodlashtirish; sinxronizatsiya qurilmasining vazifasini bajarish va b. Modemlarni shartli ravishda turkumlash imkoniyatini beruvchi bir qator belgilar mavjud bo‗lib ularga quyidagilar kiradi: qo‗llanish sohasi; uzatish usuli; tuzilishi bo‗yicha; qo‗llaniladigan protokollari. Qo‗llanish sohasi bo‗yicha modemlar bir qator guruhlarga bo‗linadi: kommutatsiyalanuvchi telefon kanallari uchun; ajratilgan (ijara) telefon kanallari uchun; qisqa masofalar uchun modemlar; uzatishning raqamli tizimlari uchun; mobil aloqa tizimlari uchun; paketli radiotarmoqlar uchun; lokal radiotarmoqlar uchun. Uzatish usuli bo‗yicha modemlar sinxron va asinxronga bo‗linadi. Modem kompyuter bilan asinxron holatda va masofadagi modem bilan sinxron holatda ishlashi mumkin va aksincha. Bu holatda, odatda modem sinxron-asinxron deyiladi, yoki sinxron-asinxron holatda ishlaydi deyiladi. Modemlar tuzilishi bo‗yicha quyidagi turlarga bo‗linadilar: tashqi modem; ichki modem; portativ modem; guruhli modem. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling