Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Download 1.79 Mb.
|
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted
Raqamli aloqa tizimlarida modulyatsiya turlari. Har qanday aloqa tizimida, shu jumladan raqamli aloqa tizimlarida modulyatsiya turini tanlashda quyidagi ikki bir-biriga qarama-qarshi bo‗lgan talabni e‘tiborga olish kerak. Birinchisi, ajratilgan chastotalar diapazonidan samarali foydalanish va ikkinchisi talab darajasidagi shovqinbardoshlikni ta‘minlashdir. Ma‘lumki, bir xil sharoitda signal uzatish sifati uning spektrining kengligiga bog‗liq, ammo ajratilgan chastotalar diapazonida abonentlar sonini oshirish elektromagnit moslashuvchanlikni va polosa birligiga to‗g‗ri keluvchi signal uzatish tezligini oshirish ajratilgan chastotalar diapazonidan samarali foydalanishni taqazo qiladi.
Raqamli radioaloqa tizimlarida odatda signal sifatida bir xil davomiylik 0 ga teng bo‗lgan takrorlanuvchi impulslar ketma-ketligidan foydalaniladi, ya‘ni S t S0 t i 0 cos2f0t i , (5.1) i bunda, S t – impuls o‗rovchisi; i -nchi impuls boshlang‗ich fazasi. 0 i Oddiy binar fazasi modulyatsiyalangan (BFM) signal (inglizcha BPSK – binary phase shift keying)) to‗g‗ri to‗rtburchaksimon davomiyligi 0 i va boshlang‗ich fazasi impulslar ketma-ketligidan iborat bo‗lib, fazasi faqat ikkita: 0 yoki qiymatga ega bo‗ladi. Shunday qilib, har bir 0 impuls bitta ikkilik simvolni uzatadi va davomiyligi , signal quvvati ma‘lum kattalikka ega bo‗lganda BFM 1 va 0 impulslari fazasi 0 va ga teng va qarama-qarshi bo‗lgani uchun ularning farqlanish darajasi eng yuqori shovqinbardoshlikni ta‘minlaydi. Ammo bu tur modulyatsiyadan chastotalar spektridan foydalanish samaradorligi juda ham past, chunki (5.1) signalning energetik spektri G chastota, impulslar o‗rovchisi to‗g‗ri to‗rtburchak shaklida bo‗lgan holat uchun chastota f ga bog‗liq ravishda juda sekin, 1/ f 2 ga proporsional ravishda kamayadi. Ushbu qabul qilinadigan fsp 1/ 0 ga nisbatan juda katta bo‗ladi, ya‘ni 0.99 0 f 18,5 / ga teng bo‗ladi. Shuning uchun ko‗p hollarda raqamli aloqa tizimlarida, shu jumladan mobil aloqa tizimlarida o‗rovchisi to‗rtburchak shaklidagi impulslardan foydalanilmaydi. Chastotalar spektridan samarali foydalanish uchun quyidagi 0 usullardan foydalaniladi. Bulardan biri impuls signallar davomiyligi ni vaqt birligida uzatiladigan ikkilik impulslar uzatish tezligi Ri avvalgi qiymatini saqlab qolish bo‗lib, bunda agar oddiy BFM usulida bir bit davomiyligini kattalashtirilganda avvalgi tezlikni saqlab qolish uchun i impulslar boshlang‗ich fazalari ning qabul qilishi mumkin bo‗lgan qiymatlari sonini oshirish kerak. Masalan, impulslar davomiyligi ikki 0 bit axborot, ya‘ni turli to‗rtta xabar uzatish kerak bo‗ladi. Bu holda impulslar 0, , / 2 , / 2 faza qiymatlariga ega bo‗lishi kerak. Bunday modulyatsiya turi kvadraturali FM – KFM (QPSK – quadrature phase shift 0 keying) deb ataladi. Bunda impuls signal davomiyligi dastlabki qiymatiga nisbatan ikki marta kattalashgani uchun energetik spektr shakli saqlangan holda kengligi ikki marta kichik bo‗ladi, ya‘ni chastotalar spektridan foydalanish samaradorligi ikki marta oshadi. Bunda avvalgi shovqinbardoshlik saqlanib qoladi. Buning sababi shundaki, misol uchun b agar BFMda impuls energiyasi E ga teng bo‗lsin. Bu holda qarama-qarshi impulslar orasidagi yevklid oralig‗i uning shovqinbardoshligini ta‘minlaydi va ularning birini biriga yanglish almashtirish ehtimolligi 2 qiymati bilan belgilanadi (5.13a-rasm). 5.13-rasm. FM signalni geometrik shaklda tasvirlash Kvadraturali FM (KFM)da to‗rt xil xabarga uzunligi ga teng bo‗lgan to‗rtta biortogonal vektor mos keladi (5.13b-rasm). Bunda signal quvvati saqlanib qolgan holda impuls energiyasi Eq KFM usulda BFMga qaraganda impuls davomiyligi 2 marta kattalashgani hisobiga Eq 2Eb bo‗ladi. KFMda qo‗shni vektorlar orasidagi masofa ularni bir-biri bilan almashib qolishiga olib keluvchi masofa dastlabkisidek qiymatga ega shovqinbardoshlik sezilarli yomonlashmaydi. Xuddi shunga o‗hshash impulslar davomiyligini uch marta oshirib xabar uzatish tezligini saqlab qolinsa, qo‗shni vektorlarning bir-biriga yaqinlashishiga olib keladi. Xabar uzatish tezligini saqlab qolingan holda signal davomiyligini uch marta oshirish natijasida impulslar energiyasi BFMga nisbatan uch marta oshadi, natijada vektorlar orasidagi farq 45 ( / 4 ) ga teng bo‗ladi (5.13v-rasm), ya‘ni yevklid minimal oralig‗i . Shunday qilib, chastotalar polosasidan foydalanish samaradorligini uch martaga oshirish signal vektorlari orasidagi masofani kichiklashishiga olib keladi. Dastlabki BFMdagi shovqinbardoshlikni saqlab qolish uchun signallar energiyasini 3 dBga kattalashtirish talab qilinadi. Signal davomiyligini yanada kattalashtirish orqali uning spektri kengligini kichiklashtirish energetik nuqtai nazardan ma‘qul emas, chunki chastotalar polosasidan foydalanish samaradorligining M marta oshishi 2M ta fazalardan foydalanishga asoslangan FM signaldan foydalanish uning energetik samaradorligining marta kamayishiga olib keladi, ya‘ni 2 . M 1 cos 2M 1 Umuman olganda energetik yo‗qotishlarni signal vektorlari orasidagi eng kichik masofani maksimal qiymatiga erishishni ta‘minlovchi usuldan, ya‘ni FMni bir vaqtning o‗zida amplituda bo‗yicha modulyatsiyalash natijasida signal vektorlari orasidagi masofani kattalashtirish usulidan foydalanishga asoslanadi. Bunday modulyatsiya turlari: amplituda-faza modulyatsiya (AFM) va kvadratura amplituda modulyatsiya (KAM)dan telekommunikatsiya tizimlari (kabel orqali va radiorele aloqasi)da keng foydalaniladi. Ammo fazalari soni 16 va undan katta bo‗lgan AFM va KAM signallardan mobil aloqa tizimlarida elektr manbaidan foydalanish samaradorligi kichikligi uchun foydalanilmaydi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling