Bitlar bo„yicha aralashtirish bilan panjarada turbo kodli modulyatsiya. 1996 yilda Benedetto hammualliflari bilan birgalikda koder chiqishiga ma‘lumot bitining faqatgina bir marta paydo bo‗lishini ta‘minlaydigan simvollar perforatsiyasi qoidasini taklif qilishdi. Bundan tashqari, ortiqcha simvollar perforatsiyasi bilan simvollar bo‗yicha aralashtirishdan farqli ravishda ular ko‗pgina bitlar bo‗yicha aralashtirishdan foydalanishni taklif qilishdi. Ikki komponent kodlar uchun koderning tuzilish sxemasi 5.10-rasmda ko‗rsatilgan.
х у
v bit
5.10-rasm. Bitlar bo‗yicha aralashtirish bilan turbo panjarali kodli modulyatsiya uchun koderning tuzilish sxemasi
MAR (Maximum of A-posteriori Probability – aposterior ehtimollikni maxsimum algoritmi)ni dekodlash va bitli belgilar. Bitlar bo‗yicha aralashtirish panjarada turbo kodli modulyatsiya tizimi uchun
dekoder tuzilmasi ikkilik turbo kodning dekoderi tuzilmasiga o‗hshashdir. Asosiy farq iterativ protsedurada dekoderlar orasida bajarilishi shart bo‗lgan LLR birliklarni bitlardan simvollar bo‗yigacha va aksincha, simvollardan bitlar bo‗yigacha o‗zgarishidan iborat.
Bitlar bo‗yicha aralashtirish bilan panjarada turbo kodli modulyatsiyani dekodlash uchun alohida bitlar uchun hisoblangan LLR birligi simvollar bo‗yicha aprior ehtimolliklarga o‗zgartirilishi kerak. Aksincha, simvollar uchun aprior ehtimolliklar bitlar bo‗yicha LLR tashqi qiymatlarga o‗zgartirilishi kerak.
Nazorat savollari:
Bitlarni aralashtirish deganda nima tushunasiz?
Amaliy turbo panjarali kodli modulyatsiyaga tushuncha bering?
Simvollar bo‗yicha aralashtirish bilan panjarada turbo kodli modulyatsiyaga tushuncha bering?
Bitlar bo‗yicha aralashtirish bilan panjarada turbo kodli modulyatsiyaga tushuncha bering?
MARni dekodlash va bitli belgilarga tushuncha bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |