Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 1.79 Mb.
bet19/116
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1514322
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116
Bog'liq
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted

Yo„qotishsiz siqish usulida siqish algoritmi bilan kodlashtirilgan ma‘lumot (raqamli holatga keltirilgan video, audio, grafik hujjatli ma‘lumotlar ) oxirgi bit aniqligida dekodlashtiriladi. Bu usulda har bir turdagi raqamli axborot uchun optimal yo‗qotishsiz siqish algoritmi qo‗llaniladi.
Usul juda ko‗p ilovalarni siqishda va fayl arxivatorlarida ishlatiladi, hamda yo‗qotishli siqish algoritmlarida asosiy komponent sifatida ham qo‗llaniladi. Bu usul siqilgan ma‘lumot asl nusxa bilan bir xil bo‗lishi muhim bo‗lgan hollarda qo‗llaniladi, masalan bajariladigan fayl va uning kodlashtirilgan ko‗rinishi.
Umumiy ko‗rinishda yo‗qotishsiz siqish usuli quyidagicha izohlanadi:
Berilgan birlamchi ma‘lumotda iboralar ishlatilishining qonuniyati aniqlanadi va unga asosan birlamchi ketma-ketlikni to‗liq tavsiflaydigan ikkinchi ketma - ketlik generatsiya qilinadi. Masalan, ―0‖ iboralari ko‗p va
―1‖ iboralari kam ikkilik ketma-ketlikni kodlashtirishda quyidagi almashtirishlarni qo‗llash mumkin:

00 → 0


01 → 10
10 → 110
11 → 111

Bunda 16 bitli ushbu 00 01 00 00 11 10 00 00 ko‗rinishdagi axborot


13 bitli axborotga almashtiriladi 0 10 0 0 111 110 0 0.
Bunday o‗zgartirish quyidagi xususiyatga ega: siqilgan qatorni oraliqsiz yozib chiqilgan taqdirda ham unga oraliqlar qo‗yib, birlamchi ma‘lumotni tiklash mumkin bo‗ladi. Bunday usulda yaratilgan kod prefiksli kod deb yuritiladi. Bunday kodlashtirishga Xaffman kodini misol qilib keltirish mumkin.
Ko‗pchilik yo‗qotishsiz siqish algoritmlari ikki bosqichda ishlaydi:

  • birinchi bosqichda birlamchi ma‘lumotning statistik modeli generatsiya qilinadi, ko‗p uchraydigan elementlari va ularning ehtimollari aniqlanadi;

  • ikkinchi bosqichda statistik modelning ―bit‖dagi (ya‘ni, ikkilik sistemadagi) ko‗rinishi yaratiladi.

Tekst ma‘lumotlari uchun statistik model algoritmi quyidagilardan tarkib topadi:

  1. Barrouz-Uiler usuli bo‗yicha statistik model yaratish, ya‘ni bloklarga ajratish yo‗li bilan ajratish - siqish jarayonlarining samarasini oshiradi. Bunda ishlatiladigan algoritmlar quyidagicha nomlanadi: LZ77 va LZ78 (DEFLATE), LZW.

  2. Bitlar ketma-ketligini generatsiya qilish orqali kodlashtirish algoritmlari sifatida Xaffman va arifmetik kodlashtirish usullari qo‗llaniladi.

Odatda ma‘lumotlarni siqishning samaradorligi jihatidan yuqori bo‗lgan axborotni yo‗qotishsiz siqish usullarining ko‗plab turli usullari mavjud. Biroq, bu usullar uch nazariy algoritmlarga asoslangan:

    • RLE (Run Length Encoding- kodlash uzunligini shakllantirish) algoritmi;

    • KWE (Key Word Encoding- kodlash kaliti guruhlar) algoritmlari;

    • Xaffman algoritmi.

Quyidagi 2.5-rasmda yo‗qotishsiz siqish algoritmi keltirilgan.

2.5-rasm. Yo‗qotishsiz siqish algoritmi



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling