Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Signal/shovqin nisbatidagi farqlarni yo„qotish


Download 1.79 Mb.
bet49/116
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1514322
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   116
Bog'liq
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted

Signal/shovqin nisbatidagi farqlarni yo„qotish. CDMA-koderda 3.16-rasmda tasvirlangan to‗rtta kodlash zanjirlaridan bittasi yoki ikkitasi ishlatilishi mumkin:

      • o‗rama kod;

      • kaskadli kod (tashqi Rid—Solomon kodi + tashqi kodni navbatlash + o‗rama kod);

      • turbo kod;

      • maxsus kod.

Birinchisi oldin aytilganidek, nutq signallarini kodlash uchun, keyingi ikkitasi ma‘lumotlarni kodlash uchun, oxirgisi esa nomlanishiga muvofiq maxsus signallarni kodlash uchun ishlatiladi.
Nutqni kodlash qator prinipial o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Avvalo, real vaqt rejimidagi interaktiv aloqani ta‘minlash zarur, bunda ma‘lumotlarga ishlov berishga bog‗liq kechikish ruxsat etilgan qiymatdan oshmasligi kerak.



Moslashtirish va multiplekslash

O‗rama kodlash
10-3 (nutq)






QoS



3.16-rasm. Kodlash zanjirlari
Telekommunikatsiya tizimlarida ishonchlilikni oshirish usullari. Quyidagilarga asosan aloqa tarmoqlari va tizimlariga nisbatan bo‗lgan talab doimiy ravishda ortib boradi:

  • foydalanuvchilar sonining ortishi;

  • foydalanuvchilarni qiziqtirgan xizmat turlarining sonini ortishi;

  • xizmat ko‗rsatish sifatiga bo‗lgan talabning ortishi (qabul qilinadigan axborotlarning ishonchliligini, yetkazilish vaqti va maxfiyligiga bo‗lgan talab asosiy hisoblanadi).

Hozirgi kunda amaliyotda konferensaloqa, elektron pochta, axborotlarni qidirish va hokazo shunga o‗xshash kabi xizmatlar keng qo‘llanilmoqda.
Keng yo‗lakli raqamli kanalni amalga oshirishni talab etuvchi yangi turdagi xizmatlarga bo‗lgan talablar hosil bo‘lmoqda. Bular:

  • eng avvalo oq – qora va rangli videotelefon;

  • videokonferensaloqa;

  • rangli faksimil aloqa;

  • videopochta;

  • videoli axborotlarni qidirish;

  • qisqa vaqtda katta hajmdagi axborotlarni uzatish va hokazo kabi xizmatlardir.

Bundagi ko‗pgina talab etilayotgan xizmatlar, axborotlarni kompleksli yetkazish xizmati hisoblanadi. Bu esa, XTI standartlash sektori tavsiyasiga muvofiq multimedia deb yuritiladi.
Hisoblash tarmoqlarini takomillashtirish quyidagi o‗zaro bog‗liqlik asosida amalga oshiriladi:

  • birinchi tomondan lokal tarmoqlarining o‗zini ishlash tezligini oshirish bo‗lsa;

  • ikkinchi tomondan – har xil turdagi lokal tarmoqlarni shaxar, mahalliy va global tarmoqlarga birlashtirishdir. Bu esa har - xil turdagi axborotlarni almashish imkonini beradi.

Yangi axborot texnologiyalar multimedia texnologiyalarining yaratilishi telekommunikatsiya tizimlariga integratsiyalashuvning 3 – bosqichini boshlab berdi.
1 – bosqich, raqamli texnika asosida kommutatsiya va uzatish tizimlarining integratsiyalashuvi bilan bog‗liq. Bu esa integral raqamli tarmoqlar (ISDN) ni yaratish bilan yakunlanadi.
2 – bosqich, integratsiya xizmatlarini amalga oshiruvchi raqamli tarmoqlarni yaratishdan iborat: bunda abonent bitta tarmoqdan har - xil
turdagi axborotlar bilan ishlash vazifasini bajaruvchi bir qancha terminallardan foydalanish imkoniga ega bo‗ldi.
3 – bosqich esa har - xil turdagi terminallarning o‗zini bitta qurilmaga integratsiyalashdan iborat. Bu esa telekommunikatsiya tarmoqlarining hamma turdagi xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi PK asosida bajariladi. Demak, bu multimediani qo‗llash uchun asos bo‗ladi.
Telekommunikatsiya tizimlarida ishonchlilikni pasayish sabablarini quyidagicha izohlash mumkin:

  • diskret kanalning AChX, FChX va boshqa parametrlariga qo‗yilgan talab bajarilmaganligi;

  • diskret kanalda qisqa vaqtli va impulsli shovqinlar mavjudligi;

  • uzatish darajasi moslashmaganligi;

  • chastotalarning surilishi va boshqalar.

Ishonchlilikni oshirish usullarini shartli ravishda 3 guruhga bo‗lish mumkin:
I guruh – ekspluatatsiya va profilaktika aloqa kanallarining sifat ko‗rsatkichlarini oshirishga yo‗naltirilgan. Bu usul foyda bermasa hech bo‗lmaganda, diskret xabarlarni uzatishda hosil bo‗ladigan xatolar sonini kamaytirish, shovqin va so‗nishlarni kamaytirish mumkin.
II guruh diskret xabarlarni uzatishda birlik elementlar shovqinbardoshliligini oshirishga yo‗naltirilgan choralar:

  • amplituda o‗zgarishi signal/shovqin o‗sishi natijasida uning nisbatini ham o‗sishi;

  • foydali signal spektr chastotasi yoki uzunligi;

  • signallarni qabul qilishda rivojlangan va shovqinbardosh modulyatsiya usullarini ishlatish.

Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, xabarlarni uzatishda ishonchlilikni oshirish usullarini hammasi shovqinbardosh usullarda uzatish uchun ayrim xarajatlarga ega.
III guruh – diskret xabarlarni uzatishda ishonchlilikni oshirish uchun qabul qilingan xabarlarda xatoliklarni aniqlash va xatoliklarni to‗g‗irlash kiradi. Bu usullarni teskari aloqasiz va teskari aloqali tizim tashkil qiladi.
Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari ularga xalaqitlar, shovqinlar ta‘sir qilganda ham, o‗zlarining sifatli ishlash qobiliyatlarini yo‗qotmasliklari lozim. Shuning uchun axborotlarni kodlashda shovqinbardosh kodlar ishlatiladi.
Qurilmalarni ishonchliligi deb – qurilmalarni oldiga qo‗yilgan vazifalarini belgilangan vaqt oralig‗ida bajarishga aytiladi. Belgilangan
vazifalarni bajarilmasligi, yoki ishchi parametrlarini berilgan qiymatidan chiqib ketishiga qurilmalarning nosozligi deyiladi.
Qurilmalarni ishonchliligi quyidagi parametrlar orqali baholanadi:
O‗rtacha tiklanish vaqti. O‗rtacha tiklanish vaqti statistik tekshirish yo‗li bilan aniqlanadi. Tekshirish davrida qurilmada N marotaba nosozlik sodir bo‗lgan bo‗lsa, u holda





1
TT N



i1
Tnosozi

Bu yerda Tnosozii-nosozlik vaqti.


Qurilmaning o‗rtacha ishlash vaqti. Qurilmaning o‗rtacha ishlash vaqti bu ikki nosozlik orasidagi ishlash vaqtiga aytiladi. Tekshirish davrida qurilmada N marotaba nosozlik sodir bo‗lgan bo‗lsa, u holda:



Tish
1
N



i1
Tish




vaqti.
Bu yerda Tish i-nosozlikdan oldingi qurilmaning o‗rtacha ishlash


Tayyorgarlik koeffitsienti. Tayyorlik koeffitsienti bu berilgan vaqt

oralig‗ida qurilmalarni holatini ko‗rsatuvchi ehtimolligidir.



KT


Тish
Тish
Т


nosoz



Ishdan chiqish intensivligi. Ishdan chiqish intensivligi bu qurilmaning o‗rtacha ishlash vaqtiga teskari proporsional qimatdir:


  1
Тish


Tiklanish intensivligi. Tiklanish intensivligi bu qurilmaning o‗rtacha nosozlik vaqtiga teskari proporsional qiymatdir:
  1
Т nosoz

Qurilmani ishdan chiqmasdan ishlash ehtimolligi. Qurilmani ishdan chiqmasdan ishlash ehtimolligi bu berilgan vaqt oralig‗ida qurilmada nosozlik sodir bo‗lmaydi:


P(t)  et



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling