Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Download 1.79 Mb.
|
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted
SSning markersiz usuli. Markersiz usulni 4.18-rasmdan foydalangan holda tavsiflash mumkin, ushbu rasmda n elementlarga P taqsimlagichlarga ega sinxron tizim keltirilgan.
Fazali kombinatsiyaning elementlari qabul qilishda fazali kombinatsiya deshifratoriga kelib tushadi, o‗z navbatida u ushbu kombinatsiyaga ta‘sir etadi. Agar taqsimlagich fazada bo‗lmasa, ro‗yhatga olinadigan kombinatsiya fazalidan farqlanadi va deshifrator ishga tushadi. Har bir sikl oxirida fazali kombinatsiya deshifratorining ishga tushmasligi siklli fazadagi farqni ko‗rsatadi. Bunda boshqaruvchi sxemadan impuls uzatiladi, ushbu impuls qabuldagi taqsimlagich fazasini siljitadi. Har bir siklning oxirida qabul qilishdagi taqsimlagichning bunday siljishi to‗g‗ri faza o‗rnatilmagunga qadar davom etadi. Mexanik taqsimlagich а)Mexanik taqsimlagich Rqabul
ulanishi б)
4.18-rasm. Siklli sinxronizatsiyaning markersiz usuli SSning markersiz usulidan faqat uzatishning sinxronli usulidan foydalanish mumkin. Bunda qabul qilgich taqsimlagichini sozlash odatda, birlik elementining davomiyligiga teng kattalikda amalga oshiriladi. SS ushbu usulda qabul qilinadigan kodli kombinatsiya uzunligi oldindan ma‘lum bo‗lganligi sababli ta‘minlanadi, kodli kombinatsiyaning boshlanish va tugash momentlari axborot uzatishning barcha seanslarida sinxronizm kiritilgandan keyin aniqlanadi. Markersiz usulning afzalliklariga SS axborot uzatish tezligini kamaytirmasdan amalga oshirilishi kiradi. Markersiz usul kamchiligi bo‗lib SSning har qanday buzilishlaridan keyin foydali axborotni uzatishni to‗htatishga, tizimni esa, faza rejimiga o‗tkazishga to‗g‗ri keladi. Bunda boshqariluvchi sxemadan blokirovka olib tashlangan bo‗lishi kerak. Boshqa kamchiligi bo‗lib axborotni uzatish vaqtida SS to‗g‗riligi uchun doimiy nazoratning bo‗lmasligi hisoblanadi. SSning buzilishi xatolarning katta soni paydo bo‗lishi bilan, ya‘ni sezilarli darajada kechikish bilan aniqlanadi. Yana bitta kamchiligi bo‗lib SS buzilishi to‗g‗risidagi axborotni uzatish uchun teskari kanal mavjudligi zarurligi hisoblanadi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling