Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 1.79 Mb.
bet82/116
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1514322
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116
Bog'liq
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted

Tashqi modemlar kompyuter
yoki boshqa terminlarga ulanadigan avtonom qurilma hisoblanadi.
Ichki modem - kompyuterning tegishli joyiga ulanadigan kengaytirish platasidan iborat qurilmadir.



235
Portativ modem – Notebook turkumiga mansub kompyuterlar bilan jihozlangan mobil foydalanuvchilar uchun mo‗ljallangan. Ular kichik o‗lchamli bo‗lib qimmat narxi bilan ajralib turadi, ularning funksional imkoniyatlari to‗liq funksiyali modem imkoniyatidan qolishmaydi.


Guruhli modem – umumiy modemlar jamlanmasiga birlashtirilgan, umumiy oziqlantirish blokiga, boshqarish va akslantirishning umumiy qurilmasiga ega bo‗lgan alohida olingan modemlar birligi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda modemlar kompyuterlar o‗rtasida umumiy foydalanishdagi kommutatsiyalanuvchi telefon tarmog‗i orqali ma‘lumotlarni uzatishda qo‗llaniladi.
Ma‘lumotlar uzatish tarmoqlarida axborot oqimining o‗sishi yuqori tezlikda ma‘lumotlarni raqamli telefon liniyasi orqali uzatish extiyojini paydo bo‗lishiga olib keldi. Natijada, sifati nisbatan past bo‗lgan ikki juftli mis simli telefon liniyasi orqali yuqori tezlikda axborotni uzatish imkonini beruvchi xDSL texnologiyasi bo‗yicha ishlaydigan modemlar paydo bo‗ldi.
DSL (Digital Subscriber Line - raqamli abonent liniya). DSL 5,4 km masofagacha ishlab turgan telefon mis simlari yordamida turli usullarda ma‘lumotlarni uzatish uchun mo‗ljallangan. x- belgisi o‗rnida hal qiluvchi ko‗rsatkichlar, masalan A, H, S, V va boshqalar bo‗lishi mumkin. xDSL texnologiyasi bo‗yicha ishlaydigan modemlarning turlariga qarab foydalanuvchilar 32 Kbit/s dan 50 Mbit/s gacha bo‗lgan tezliklarda o‗zaro axborot almashinish imkoniyatiga ega. xDSL texnologiyasi tashkilot yoki foydalanuvchilarga Internetdan foydalanishlari uchun, interaktiv TV, so‗rov bo‗yicha video, masofaviy o‗qitish kabi xizmatlarni yuqori tezliklarda tashkillashtirish imkonini beradi.
xDSL texnologiyasi bo‗yicha ishlaydigan modemlarning qo‗yidagi bir qator turlari mavjud:

  • ADSL (Asymmetric Digital Subscriber Line asimmetrik raqamli abonent liniyasi). Bu texnologiya asimmetrik hisoblanib, foydalanuvchining tarmoqga ulanish tezligiga nisbatan, tarmoqdan

ma‘lumotlarni qabul qilib olish tezligi yuqori. Ushbu texnologiya bo‗yicha
ishlaydigan modemlar 5,5 km masofaga 1,54 Mbit/s tezlikda ma‘lumotlarni uzata olish imkoniyatiga ega;

    • NDSL (yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi). Bu texnologiya ma‘lumotlarni uzatishda simmetrik liniya asosida ko‗rib chiqildi, ya‘ni

tarmoq orqali foydalanuvchiga va tarmoqdan foydalanuvchiga ma‘lumotlarni uzatish tezligi tengdir. NDSL texnologiyasi 3,5 – 4,5 km gacha ma‘lumotlarni uzatishi mumkin;

    • SDSL (bir liniyali raqamli abonent liniyasi) bu texnologiya ham NDSL texnologiyaga o‗hshab ma‘lumotlarni simmetrik uzatish

imkoniyatiga ega. SDSL texnologiyasi boshqa texnologiyalardan ikkita hususiyati bilan farq qiladi: birinchisi bir juftlik o‗ralgan simlardan foydalaniladi. Ikkinchisi maksimal ma‘lumotlarni uzatish oralig‗i 3 km gacha. Bu oraliqlarda videokonferensiya tizimini ishlashini, ikkita yo‗nalishda ham ma‘lumotlar oqimini kerak paytda qo‗llaydi;

    • VDSL (o‗ta yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi). Bu texnologiya xDSL texnologiyasiga qaraganda tez (yuqori) hisoblanadi. VDSL texnologiyasi bir juft o‗ralgan telefon simlaridan chiqishdagi

ma‘lumotlarni uzatish oqimi chegarasi 13 dan 52 Mbit/s gacha, kirishdagi ma‘lumotlarni uzatish oqimi chegarasi 1,5 dan 2,3 Mbit/s gacha uzatishi mumkin. Lekin, bu texnologiyani maksimal uzatish oralig‗i 300 metrdan 1300 metrgacha bo‗ladi. VDSL texnologiyani ADSL dan farqi video uchun so‗rovni va yuqori chastotali TV signallarini uzatishni ta‘minlaydi.
1948 yilda K. Shennon kanallarning o‗tkazish polosasi kengligi orasidagi munosabatni gerslarda va uzatish tezligini Bit/s kabi nisbatda o‗rnatgan.
Maksimal ruxsat etilgan qaysidir muhitdagi ma‘lumot uzatish tezligini aniqlaydigin asosiy faktorlardan biri uning o‗tkazish polosasi hisoblanadi.
Signal/shovqin munosabati ikkinchi faktor hisoblanadi (Naykvist – Shennon qonuniyatiga asosan):




Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling